• 10.Qatiqli dieta
  • Parhez taomlar
  • Parhez № 2.
  • Parhez № 4.
  • Parhez № 6.
  • O’zbekiston respublikasi oliy




    Download 3,47 Mb.
    bet5/20
    Sana16.12.2023
    Hajmi3,47 Mb.
    #120318
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
    Bog'liq
    kurs ishi

    9.Ochlik kunlari
    Eng tezkor va samarali dieta turlaridan biri, shubhasiz, ochlik kunlaridir. Bu dieta 3 kundan iborat bo’lib, 5 kg ortiqcha vazn yo’qotiladi. Uning birinchi va uchinchi kunlari dietaga kirish va chiqish kunlaridir. Ular organizmni asta-sekin ochlikka tayyorlab, yana me’yorida ovqatlanish rejimiga qaytishga yordam beradi. Bu kunlarda meva-sabzavotlar, yengil sho’rvalar tanovul qilish mumkin. Non, dukkakli mahsulotlar, yog’li va xamirli taomlardan voz kechiladi. Dietaning ikkinchi kuni asosiy ochlik kuni bo’lib, kun davomida faqat suv ichish mumkin. Dietadan so’ng oqsilli va yog’li mahsulotlarni rasionga oz miqdordan asta-sekinlik bilan kiritish tavsiya qilinadi.


    10.Qatiqli dieta
    U tezkor va samarali bo’libgina qolmay, salomatlik uchun g’oyat foydali hamdir. Qatiq tarkibiga kiruvchi qator vitamin va mikroelementlar organizmni tozalab, ichaklar faoliyatini va moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Dieta bir hafta davom etadi. Xar kuni taxminan 1,5 l qatiq ichish talab qilinadi. Natijada 4-5 kg ortiqcha vazn bilan xayrlashasiz. Bundan tashqari, dieta davomida dorixonalarda sotilayotgan ozdiruvchi fito-choylardan ham ichishni unutmang. Ular dieta samaradorligini oshirish bilan birga organizmni tetiklashtirib, moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Parhez kunlari sog’ligingizga nihoyatda e’tiborli bo’ling. Noto’g’ri tanlangan yoki me’yoridan oshgan dieta salomatligingizga putur etkazishi mumkin. Istalgan natijaga erishgach, me’yoriy vazningizni saqlab qolish uchun yarimtayyor mahsulotlar, fast-fud va gazlangan ichimliklardan butunlay voz kechishingiz kerak. Yodda tuting: ortiqcha vaznni butunlay yo’qotishda hech qanday dieta doimiy sog’lom turmush tarzi va to’g’ri ovqatlanish kabi yordam berolmaydi.
    Parhez taomlar.
    Kasallik turiga qarab beriladigan ovqatlar parhez taomlar deyiladi. Ular parhez stollari bilan belgilanib, 15 ta parhez stoliga bolinadi.


    Parhez № 1.
    Qaytalanuvchi me’da va o’n ikki barmoqli ichakning yara kasalligi, qaytalanuvchi surunkali gastrit, o’tkir gastritning 1-2-kunida qo’llaniladi. Shuningdek, yuqoridagi kasalliklarning tuzalish davrida ham tavsiya etiladi. Ovqat tarkibi: 4-5 stakan sut, 70-80 gr yog’, qaynatilgan 2 dona tuxum, sutli manniy bo’tqa, meva sharbatlari, quritilgan oq non, tvorog, qaynatilgan go’sht va baliq.


    Parhez № 2.
    Surunkali gipoatsid gastrit, surunkali enterit va kolitning tuzalish davrida tavsiya etiladi. Ovqat tarkibi: Yog’siz go’sht, kotlet, baliq, tiftil, meva va sabzavotlar, oq non, pechenye, sariyog’, tuxum, qatiq, limon.


    Parhez № 3.
    Surunkali ich qotganda qo’llaniladi. Ovqat tarkibi: Qora non, sariyog’, o’simlik yog’i, meva va sabzavot, yog’li va go’shtli ovqatlar, grechkali bo’tqa, kefir.


    Parhez № 4.
    Qaytalanuvchi enterit va kolit kasalligida beriladi. Ovqat tarkibi: Quritilgan oq non, sariyog’, guruchli va manniy bo’tqa, go’shtli, baliqli va tovuq go’shtli ovqatlar, limon choy.


    Parhez № 5.
    Jigar va o’t yo’llari kasalliklari, ularning qaytalanuvchi davrida va pankreatit kasalligida tavsiya etiladi. Ovqat tarkibi: Biroz qotgan (suvi qochgan) oq yoki qora non, grechkali va sabzavotli bo’tqalar, sariyog’, tvorog, kefir, qaynatilgan go’sht, baliq, dimlangan kotlet, quruq pechenye.


    Parhez № 6.
    Podagra kasalligida qo’llaniladi. Ovqat tarkibi: Suvi qochgan oq yoki qora non, grechkali va sabzavotli bo’tqa, sariyog’, qaynatilgan go’sht, baliq.


    Parhez № 7.
    Nefrit, piyelonefrit, sistit, uretrit kasalliklarining o’tkir va surunkali, hamda sog’ayish davrida tavsiya etiladi. Ovqat tarkibi: Sut-qaymoq, tuzsiz non, qaynatilgan go’sht, baliq, sabzavot va mevalar, cheklangan miqdorda tuxum, sog’ayish davrlarida esa sutkasiga 2-3 grammgacha ovqatga tuz qo’shib beriladi.



    Download 3,47 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




    Download 3,47 Mb.