• Kartoshkali parhez
  • Salatli parhez
  • Sulili parhez
  • Tvorogli parhez
  • O’zbekiston respublikasi oliy




    Download 3,47 Mb.
    bet8/20
    Sana16.12.2023
    Hajmi3,47 Mb.
    #120318
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
    Bog'liq
    kurs ishi

    Quruq mevalar parhezi
    Quruq mevalar parhezi arterial gipertenziya, qon aylanishi yetishmovchiligi, jigar va o’t qopi kasalligida tavsiya etiladi. 100 g ivitilgan qora olxo’ri (yoki turshak, mayiz va boshqalar) har kuni 5 mahal, hammasi bo’lib 0,5 kg.


    Tarvuzli parhez
    Tarvuz arterial gipertenziya, qon aylanishi yetishmovchiligi, nefrit, podagra, fosfaturiyasiz buyrak-tosh kasalligi, jigar va o’t yo’li kasalligi, semirishga qarshi yeb turish kerak. Kuniga 5 mahal 300–400 g dan tarvuzning o’rtasi, eng shirin joyi, hammasi bo’lib 1,5–2 kg iste’mol qilinadi.


    Kartoshkali parhez
    Kartoshkali parhez nefritlar, arterial gipertenziya, qon aylanishi yetishmovchiligida tavsiya etiladi. 300 g po’sti bilan qaynatilgan yoki tuzsiz pishirilgan kartoshka, hammasi bo’lib 1,5 kg yyeyish lozim.


    Bodringli parhez
    Bodring semirish, arterial gipertenziya, qandli diabetning II turi semirish bilan, nefritlar, jigar va o’t yo’li kasalligi, podagra, fosfaturiyasiz buyrak-tosh kasalligida tavsiya etiladi. 300 g yangi bodring tuzsiz, har kuni 5 marta, hammasi bo’lib 1,5 kg bo’lishi kerak.


    Salatli parhez
    Salatli parhez semirish, ateroskleroz, arterial gipertenziya, metabolik sindrom, nefritlar, jigar va o’t yo’li kasalligi, podagra, fosfaturiyasiz buyrak-tosh kasalligida buyuriladi. Yangi, xom sabzavot va mevalar, bir kunda 5 mahal 250–300 g dan, tuzsiz, o’simlik yog’i yoki smetana qo’shilgan holda tavsiya etiladi.


    Sulili parhez
    Suli semirish, aterosklerozni bartaraf etishda yordam beradi. Bir kunda 5 mahal 140 gr dan suvda pishgan sulili bo’tqa, jami 700 g. Shuningdek 1–2 stakan choy yoki na’matak qaynatmasi ichiladi.


    Oqsilli, yengil parhezlar quyidagi tartibda belgilanadi:
    Sutli parhez
    Sutli (kefirli) parhez semirish, ateroskleroz, arterial gipertenziya, metabolik sindrom, qon aylanishi yetishmovchiligi, nefritlar, jigar va o’t yo’li kasalligi, podagra, fosfaturiyasiz buyrak-tosh kasalligida tavsiya etiladi 200–250 g dan sut yoki kefir, prostokvasha (yog’i kam bo’lishi mumkin) kuniga 6 mahal, jami 1,2–1,5 litr ichgan ma’qul.


    Tvorogli parhez
    Tvorog — semirish, qandli diabetning II turi, ateroskleroz, arterial gipertenziya semirish bilan, qon aylanishi yetishmovchiligi, jigar va o’t yo’li kasalligida foydali. 70 g 9% yog’li yoki yog’siz tvorog, bir kunda 5 mahal. Bundan tashqari, 2 stakan choy, 1 stakan na’matak qaynatmasi, 2 stakan yog’siz kefir (hammasi bo’lib 1 l) suyuqlik ichish mumkin.



    Download 3,47 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




    Download 3,47 Mb.