• Parhez № 10.
  • Parhez № 12.
  • Parhez №14.
  • O’zbekiston respublikasi oliy




    Download 3,47 Mb.
    bet6/20
    Sana16.12.2023
    Hajmi3,47 Mb.
    #120318
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
    Bog'liq
    kurs ishi

    Parhez № 8.
    Semizlik (semirish) kasalligida tavsiya etiladi. Ovqat tarkibi: Sutli ovqatlar, yog’siz go’sht, sabzavot va mevalar.


    Parhez № 9.
    Qandli diabetkasalligida qo’llaniladi. Ovqat tarkibi: Tuxum, sir, pishloq, ko’katlar, shirin bo’lmagan mevalar.


    Parhez № 10.
    Kompensatsiya holati buzilgan yurak-qon tomirlar tizimi kasalliklarida beriladi. Ovqat tarkibi: Sutli mahsulotlar, oq va qora non, qaynatilgan yog’siz go’shtli, baliqli sho’rvalar, sabzavotlar va mevalar.


    Parhez №11.
    Sil, kamqonlik va boshqa qonkasalliklarida beriladi. Ovqat tarkibi: Yuqori kaloriyali ovqatlar (tuxum, go’sht, baliq). Oqsil sutkasiga 120 grammgacha ko’paytiriladi.


    Parhez № 12.
    Nerv tizimi kasalliklarida qo’llaniladi. Ovqat tarkibi: Turli-tuman mahsulotlar, biroq achchiq, sho’r, nordon mahsulotlar cheklanadi, kofe berilmaydi.


    Parhez № 13.
    O’tkir yuqumli kasalliklarda tavsiya etiladi. Ovqat tarkibi: Ko’p miqdorda suyuqliklar (mineral suv, sharbatlar), qaynatilgan sho’rva, tvorog, tuxum sarig’i.


    Parhez №14.
    Siydik-tosh kasalligida buyuriladi. Ovqat tarkibi:a) siydikda fosfor cho’kmasi bo’lganda un va go’shtli mahsulotlar miqdori cheklanib, ko’proq loviya, no’xatmahsulotlari beriladi.
    b) siydikda oksalat cho’kmalari bo’lganda, bemorga loviya, no’xat mahsulotlari berilmaydi chunki, bular tarkibida shavel kislotasi mavjud.Shuning uchun bemorga olma, nok kabi tarkibida shavel kislotasi kam bo’lgan mahsulotlar beriladi.


    Parhez №15.
    Sog’lom va kasallikdan sog’aygan bemorlar uchun tavsya etiladi. Ovqat tarkibi: Turli-tuman mahsulotlar.

    1. Oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor taomlaming shifobaxsh xossalari Ayrim oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor taomlar, shuningdek, ratsionlarning shifobaxsh xossalari juda qadim zamonlardan beri ma’lum. Qadimgi misrliklar va boshqa xalqlarning bemorlarga shifo berish uchun turli masalliqlar va tayyor taomlardan keng foydalanganligi to‘g’risida qadimgi qo’lyozmalarda ma’lumotlar bor. Masalan, Qadimgi Misrda odamning ichi qabziyat bo’lib qolganida, asaldan juda ustalik bilan foydalanilgan. Tabobat ilmining atoqli namoyandasi, meditsina fanining otasi, yunon olimi Gippokrat, ya’ni hakimi Buqrot turli masalliqlarning shifobaxsh xossalariga alohida ahamiyat berdi va mahsulotlarni odam organizmiga qanday ta’sir ko’rsatishiga qarab alohida guruhlarga taqsimlab chiqdi. Uning fikricha behi, arpabodiyon, nok, qizil chetan, zig’ir urug’lari ichni qotiradigan mahsulotlar jumlasiga; no’xat, karam, asal, qizilcha, bodring urug’i, olxo’ri, qovoq esa ichni yumshatadigan mahsulotlar jumlasiga kiradi va hokazo. Gippokrat, «Tegishli oziq-ovqat mahsulotlarini tanlab olish vaulami alohida usulda pishirib, tayyorlab berish yo’li bilan turli kasalliklarda ovqatning odam organizmiga yaxshi ta’sir ko’rsatadigan bo’lishiga erishish mumkin», deb hisoblar edi. Oziq-ovqat mahsulotlarining shifobaxsh xossalaridan sharq meditsinasida ham keng foydalanib kelingan. Har bir kasallik uchun m a’lum turdagi masalliqlar va tayyor taomlardan iborat tegishli parhez buyurilar edi. Parhez ovqatni buyurishda hakimlar ovqatning “issiqlik” va “sovuqlik” tomonlariga alohida ahamiyat berishgan. Sharq meditsinasining mashhur namoyandalaridan biri Abu Bakr Roziy (865-925) oziq-ovqat mahsulotlaridan davo maqsadlarida keng foydalanib kelgan. Bu allomani haqli ravishda“Gippokratdan keyingi ikkinchi ulug’ hakim” deb hisoblashadi. U “Bemorlarni faqat parhez bilan davolash” degan asarida «me’da-ichak kasalliklarida parhez taomlardan foydalanish ba’zi hollarda dori-darmon berishdan ko’ra ham yaxshiroq kor qiladi», deb yozadi. O’pka silida, odamning tinka-madori qurib ketgan hollarda u yangi sog’ilgan sut, asal, qand berishni, ich surib turgan paytlarda esa guruch qaynatmasi berishni tavsiya etadi. Ilmu tibda butun dunyoga dong’i ketib, Shayxur-rais deb nom olgan 0‘rta Osiyolik ulug’ hakim Abu Ali ibn Sino (980-1037) o’zining 5 tomlik mashhur “Al-qonun fit-tibb” asarida turli xil masalliqlarning www.ziyouz.com kutubxonasi shifobaxsh xossalariga juda katta ahamiyat beradi. Me’da-ichak kasalliklariga davo qilishda u asal, kaklik, jo’ja, kurka go’shti, yalpiz, suzma, qatiq, tuxum, behi suvi va boshqalardan foydalanishni keng tavsiya etadi. Ibn Sino fikriga qaraganda, meva sharbatlari, go’sht seli, tuxum mayin ta‘sir qiladigan to’yimli ovqatlar qatoriga kirsa, qoq go’sht, sabzavotlar, ho’l mevalar o’rtacha to’yimli masalliqlar bo’lib hisoblanadi, u «har xil dorivorlar, o’tkir taomlar iste’mol qilish va haddan tashqari ko’p ovqat yeyish zararli» deb ogohlantirib o’tadi. Xorazmlik mashhur hakim Ismoil Jurjoniy (1041 yilda vafot etgan) turli kasalliklarga davo qilishda har xil masalliqlardan foydalanishni tavsiya etadi. Chunonchi, bronxial astmada badan terisi qurib, qovjirab turganda, qichima paydo bo’lganda, bavosilda echki suti berishni maslahat ko’radi. “Shabko’rlikda” jigar yaxshi davo bo’lishini bilgan. o’zining “Qorabodiniy kabir” degan asarida Ismoil Juijoniy shifo bo’ladigan parhez ovqatlar tayyorlash usullarini, turli-tum an masalliqlar va taomlarning shifobaxsh xossalarini tasvirlab o‘tgan. Bu asarda meva, sabzavotlar va O’rta Osiyo xalqlari orasida keng rasm bo’lgan boshqa mahsulotlaming turli kasalliklarda qanday ta’sir ko’rsatishi to‘g’risida ko’p ma’lumotlar bor. Ismoil Jurjoniy fikriga qaraganda, behi siydik haydaydigan ta’sirga ega, tut (shotut) me’dani baquw at qiladi, baliq, no’xat, loviya, tovuq, qo’y go’shti organizmni mustahkamlaydi, patir me’da shirasi chiqishini kamaytiradi, guruch, non ichakni baquvvat qiladi, yong’oq, pishloq, quyon, oqqush go’shti, chumchuq go’shti.Ismoil Juijoniy me’dada oson hazm bo’ladigan yengil va mayin taomlarni afzal ko’rgan. Og’ir, quyuq ovqatlar uning fikriga qaraganda, me’daga zo’r keladi. Ovqatning to’yimliligi (kaloriyaliligi), uni tayyorlash usullari xususida Ismoil Jurjoniy hozirgi zamon mediklarining fikriga yaqin keladigan maslahatlarni aytadi. U haddan tashqari ko’p ovqat yeyish zarar deb ogohlantiradi, vaqti-vaqti bilan ovqatdan o’zini tortib, parhez qilib turishni tavsiya etadi. Sharq meditsinasining yirik namoyandalaridan yana biri Umar Chag’miniy (1220 yili vafot etgan) o’zining “Qonuncha” asarida oziq-ovqat mahsulotlari va taomlarning shifobaxsh xossalariga alohida bo’limlar bag’ishlagan va O’rta Osiyoning issiq iqlim sharoitlarida ichimliklarni qanday ichish yuzasidan maslahatlar bergan. Sil kasalligida Umar Chag’miniy qovurma jo’ja, dengiz qisqichbaqalari, qizil etli qovoq va boshqalardan iborat to’la-to’kis ovqat berib turishni tavsiya etadi.

    Kam ovqat yeyiladigan kunlari biror xil oziq-ovqat mahsuloti, mas, olma, tvorog, sut kun boʻyi oz-ozdan berib boriladi. Bunday kunlarni vrach buyuradi va uning nazorati ostida davom ettiriladi. Semizlik, ateroskleroz, yurak-tomir kasalliklari, gipertoniya va boshqalarda tuz va suyuklikni kam isteʼmol qilish hisobiga ovqat miqdor jihatidan cheklanadi.

    Yeyiladigan ovqat miqdorini keskin kamaytirish faqat statsionar sharoitida yoki maʼlum davolash muassalarida mutaxassis vrach nazoratida amalga oshirilishi kerak, chunki davolashning bu usuli har kimga ham tavsiya etilavermaydi. Oʻz bilgicha bu usulni qoʻllash man etiladi. Baʼzan butkul och qoʻyish salomatlikka jiddiy putur yetkazishi va ayrim organlar (jigar, miya va boshqalar)da tuzatib boʻlmaydigan oʻzgarishlarni kel-tirib chiqarishi mumkin. Har bir organizm ochlikka har xil chidaydi, bunday jiddiy sinovga har qanday organizm ham bardosh beravermaydi. Ozishni oʻylab oʻz bilgicha och yurish parhezga kirmaydi, aksincha moddalar almashinuvini buzib, kasallikka olib keladi.


    Ovqat mahsulotlarini sifatiga koʻra cheklashda ularning mexanik va kimyoviy xususiyatlari hisobga olinadi. Mexanik cheklash deganda dagʻal, bad-hazm ovqat mahsulotlari yoki ularning ayrim qismlarini, mas, dagʻal kletchatkaga boy boʻlgan oʻsimlik mahsulotlari hamda goʻshtning qattiq qismlarini ovqatga ishlatmaslik tushuniladi. Koʻproq yirik tortilgan undan yopilgan non, turp, sholgʻom, rediska, karam, bodring, dukkaklilar, tirikroq qilib pishirilgan boʻtqalar cheklanadi. Mexanik cheklash pazandalik ishlovi berish usulida ham qoʻllana-di, yaʼni goʻsht qiymalanadi (kotletlar, bitochkilar, frikadelkalar); sabzavotlar ezilgan pyure, zapekanka shaklida beriladi. Yorma (perlovka, suli, guruch va boshqalar)dan tayyorlangan shoʻrvalar eziltirib pishiriladi.


    Bir necha xil maxsus parhezlar ishlab chiqilganki, ularni qo’llashdan maqsad zararlangan a’zo va tizimlarni to’liq ehtiyotlash, faoliyatini yaxshilash, moddalar almashinuvini me’yorlashtirishga yordam berish, to’planib qolgan ortiqcha mahsulotlarni, natriy va suyuqliklarni organizmdan chiqarib yuborish hamda tanadagi yog’ hajmini kamaytirishdan iborat.



    Download 3,47 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




    Download 3,47 Mb.