Dengiz suvining to‘lqin energiyasi




Download 3,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/114
Sana25.11.2023
Hajmi3,83 Mb.
#105372
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   114
Bog'liq
14415 2 6BCAAD1C053929B1EB564DE24E4C5A9C7D2724A7

 
1.9. Dengiz suvining to‘lqin energiyasi 
 
Hozirgi vaqtda, to‘lqin energetik qurilmalari avtonom qurilmalar, mayoqlar, 
laboratoriyalarda fan asboblarini energiya bilan ta’minlashda qo‘llaniladi. Shu bilan 
birga, yirik to‘lqin stansiyalaridan dengizni burg‘ulashda, ochiq hududlar, xo‘jaliklarda 
to‘lqin himoyasida foydalanish mumkin. To‘lqin energiyasidan sanoatda foydalanish 
boshlandi. Hozir dunyoda 400 ga yaqin mayoqlar va navigatsion qurilmalar to‘lqinli 
moslamalardan energiya oladilar. Hindistonda to‘lqinli energiya yordamida Madras 
portida mayoq ishlaydi. Norvegiyada 1985-yildan boshlab, dunyoda birinchi, 850
kW
quvvatli sanoat to‘lqinli stansiyasi ishlamoqda.


85 
To‘lqinli elektrostansiyalar yaratish barqaror zahirali to‘lqin energiyasiga ega 
okean hududini tanlash bilan aniqlanadi, unga tebranish beqarorligi tartibini 
tekislovchi moslama quriladi.
Samarali to‘lqin stansiyalari 80 
m
kW /
ga yaqin quvvat bilan ishlashi mumkin, 
deb hisoblanadi.
Mavjud qurilmalar sinovi shuni ko‘rsatdiki, ular ishlab chiqaradigan energiya 
hozircha odatdagisidan 2-3 baravar qimmatroq, ammo, yaqin kelajakda, uning bahosi 
ancha pasayishi kutilmoqda.
Pnevmatik o‘zgartirgichli to‘lqin qurilmalarda to‘lqinlar ta’siri ostida havo oqimi 
vaqt-vaqti bilan o‘z yo‘nalishini qarama-qarshi tomonga o‘zgartiradi. Aynan shu 
sharoitlar uchun Uells turbinasi ishlab chiqarilgan, uning rotori havo oqimi yo‘nalishi 
almashinuvida o‘z aylanish yo‘nalishining o‘zgarmasligini saqlagan holda 
to‘g‘rilovchi harakatga ega, shunga ko‘ra, generator aylanish yo‘nalishi o‘zgarmasligi 
ham ta’minlanadi.
Turbina turli to‘lqinli energetik qurilmalarda qo‘llanila boshladi. Kaymey 
(Dengiz turi) to‘lqinli energetik qurilmasi – eng baquvvat, harakatdagi pnevmatik 
o‘zgartirgichli qurilma – Yaponiyada 1976-yilda qurilgan. U balandligi 6-10 
m
bo‘lgan tebranishdan foydalanadi. Uzunligi 80 
m
, kengligi 12 
m
, balandligi tumshuq 
qismida 7 
m
, quyruq qismida 2,3 
m
; suv sig‘imi 500 
t
bo‘lgan barjada pasti ochiq 
22 ta havo kameralari o‘rnatilgan, har biri juft kamera bitta Uells turbinasiga ishlaydi. 
Qurilmaning umumiy quvvati 1000 
kW
. Birinchi sinovlar 1978-1979-yillarda 
Tsuruoka shahri yaqinida o‘tkazilgan hamda qirg‘oqqa energiya uzunligi 3 m ga yaqin 
bo‘lgan suv osti kabellari orqali uzatib turilgan edi.
1985-yilda Norvegiyada, Bergen sharidan shimoliy-g‘arbiy tomondan 46 km da 
ikki moslamadan iborat sanoat to‘lqinli stansiyasi qurilgan. Birinchi moslama 
pnevmatik tizim bo‘yicha Toftestallen orolida ishlagan edi (1.8-rasm).


86 

Download 3,83 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   114




Download 3,83 Mb.
Pdf ko'rish