87
To‘lqin
oqimi kelishi bilanoq, kameralar siqiladi, kameralardan qurilma karkasi va,
aksincha, harakatlanadigan yopiq havo oqimi hosil bo‘ladi.
Oqim yo‘lida eletrogeneratorlar bilan Uells havo turbinalari o‘rnatilgan bo‘ladi.
Hozirgi kunda, sinov uchun 6 kamerali suzuvchi qurilma
yaratilgan, u uzunligi
120
m
va balandligi 8
m
bo‘lgan asosga mahkamlangan. Quvvati 500
kW
ga teng.
Keyingi tadqiqotlar kameralarni aylana bo‘yicha joylashtirish samarali bo‘lishini
ko‘rsatdi. Shotlandiyaning Lox-Ness ko‘lida 12 kamera va 8 turbinadan iborat diametri
60
m
va balandligi 7
m
bo‘lgan asosga mahkamlangan qurilma tajribadan o‘tkazilgan.
Bunday qurilmaning nazariy quvvati 1200
kW
gacha bo‘ladi.
Sobiq Ittifoqda 1926-yilda birinchi marta plot konstruksiyasi patentlangan edi.
1978-yilda Buyuk Britaniyada okean elektrostansiyalarining sinov modellari
tajribadan o‘tkazilgan edi.
Kokkerel to‘lqin ploti o‘zaro sharnirlar bilan biriktirilgan bo‘linmalardan iborat.
Ularning bir-biriga nisbatan ko‘chishi nasoslar va elektrogeneratorlarga o‘tadi. Butun
konstruksiya o‘z joyida yakorlar yordamida tutib turiladi. Uch seksiyali Kokkerel
to‘lqin ploti, uzunligi 100
m
, kengligi 50
m
va balandligi 10
m
ga ega bo‘lgan holda,
2 ming
kW
quvvat bera oladi.
Sobiq
Ittifoqda, to‘lqin ploti 70-yillarda Qora dengizda tajribalardan o‘tgan.
Uning uzunligi 12
m
, qalquvchi qismlar kengligi 0,4
m
ga teng bo‘lgan. To‘lqinlar
balandligi 0,5
m
va uzunligi (10-15)
m
bo‘lganda, qurilma 150
kW
ga teng quvvat
bera olgan.
Solter o‘rdagi nomli loyiha – to‘lqinni qayta aylantirgichdan iborat. Ishchi
konstruksiya bo‘lib qalquvchi qism (o‘rdak)lar xizmat qiladi,
uning shakli
gidrodinamik qonunlarga asosan hisoblangan. Loyihada umumiy valga ketma-ket
mahkamlangan ko‘p sonli qalquvchi qismlar ulanishi ko‘zda tutilgan.
To‘lqinlar ta’sirida qalquvchi qismlar harakatga keladi va o‘z og‘irlik kuchi
ta’sirida oldingi holatiga qaytadi. Ayni paytda, maxsus tayyorlanib suvga to‘ldirilgan
val ichidagi nasoslar harakatga keltiriladi. Turli diametrdagi
quvurlar tizimi orqali
bosimlar farqlanishiga erishiladi, bu qalquvchi qismlar orasida o‘rnatilgan va dengiz
sathidan ko‘tarilgan turbinalarni harakatga keltiradi. Ishlab chiqarilgan energiya suv
88
osti kabellari orqali o‘tkaziladi. Yuklanishlar val bo‘ylab samarali taqsimlanishi uchun
20-30 ta qalquvchi qismlar
o‘rnatish lozim.
1978-yilda 50
m
uzunlikka ega, 20 ta diametri 1
m
bo‘lgan qalquvchi qismlardan
iborat bo‘lgan qurilma modeli sinovdan o‘tkazilgan. Ishlab chiqargan quvvati 10
kW
ga teng bo‘lgan. Keyinchalik, 20-30 ta diametri 15
m
dan, uzunligi 1200
m
bo‘lgan va
valga mahkamlangan qalquvchi qismlardan iborat yanada baquvvatroq qurilma
loyihasi ishlangan. Uning quvvati 45 ming
kW
ga teng bo‘lgan.
To‘lqin elektrostansiyalar (TES)
loyihalari tahlili natijasida, avvaliga (7-10)
m
gacha chuqurliklarda, qirgoqqa urilma to‘lqinlar hududida o‘rnatiladigan temirbeton
massiv-gigantlar ko‘rinishidagi inshootlar tanlangan edi. Bu, bir tomondan, inshootlar
o‘lchamlarini kichraytirish, ikkinchi tomondan, ularni tuproq bilan yanada ishonchli
mahkamlashga imkon beradi. Qirg‘oqqa urilma to‘lqinlar
katta qiyalikka ega va
ularning energiyasi to‘lqinning uzunligi va chuqurligi bo‘yicha yanada ko‘proq
to‘planadi.
1.9-rasmda TESning ko‘ndalang kesimi sxemasi keltirilgan. Uning asosiga Rassel
to‘g‘rilagichi patenti olingan. Stansiya bosimi
h
to‘lqinlar qirg‘oqqa urilishi va frontal
zahira idishi bilan orqa devorchalari to‘lishi natijasida hosil bo‘ladi.