O‘zbеkistоn rеspublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi buхоrо davlat univеrsitеti




Download 3,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/114
Sana25.11.2023
Hajmi3,83 Mb.
#105372
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   114
Bog'liq
14415 2 6BCAAD1C053929B1EB564DE24E4C5A9C7D2724A7

kW
ga yaqin, 
taxminan 70 foiz vaqtda 10 
m
kW /
quvvatni tashkil etadi.
Buyuk Britaniya g‘arbiy sohili to‘lqinlari potensiali, qirg‘oqdan (30-40) 
km
uzoqda joylashgan to‘rtta stansiya ma’lumotlarini ishlab chiqish natijalari bo‘yicha, (7-
14) yil davomida (31-44) 
m
kW /
oralig‘ida o‘zgaradi. Ammo, tebranish potensialini 
baholash uchun quvvatning o‘rtamiyona tasniflaridan tashqari, yana spektral va 
fazoviy (kelish yo‘nalishi) tasniflar ham muhimdir.


82 
Biz dengiz yuzasida ko‘rishga o‘rgangan to‘lqinlar, asosan, shamol ta’sirida hosil 
bo‘ladi. Lekin to‘lqinlar boshqa sabablarga ko‘ra hosil bo‘lishlari ham mumkin, unda 
ular shunday nomlanadi: 
oqib keluvchan, ular Oy va Quyoshning oqim tashkil qiluvchi kuchlari ta’sirida 
hosil bo‘ladi;
- barik, atmosfera bosimi keskin o‘zgarishlari natijasida hosil bo‘ladi; 
- seysmik (sunami), ular yer qimirlashi yoki vulqon otilishi natijasida yuzaga 
keladi; 
- kemali, kema harakati natijasida hosil bo‘ladi.
Shamol to‘lqinlari okean va dengizlar yuzasida ko‘proq hosil bo‘ladi.
Shamol to‘lqini deb, dengiz yuzasida shamol chaqirgan to‘lqinlar shakllanishi, 
rivojlanishi va tarqalishi jarayoniga aytiladi.
Shamol to‘lqiniga ikki asosiy chiziqlar xosdir. Birinchi chiziq – beqarorlik:
to‘lqinlar shakli va o‘lchamlari tartibsizligi. Bir to‘lqin ikkinchisini takrorlamaydi, 
kattasining ortidan kichigi ergashadi, balki, undan ham kattarog‘i bo‘lishi ham 
mumkin; ularning har biri alohida bo‘lib, tinmay o‘z o‘lchamlarini o‘zgartiradi. To‘lqin 
o‘rkachlari nafaqat shamol yo‘nalishida, balki boshqa yo‘nalishlarga ham ko‘chadi. 
Dengiz yuzasining bunday g‘alayonli murakkab tuzilishi to‘lqin hosil qiluvchi 
shamolning shiddatli, turbulent xarakterga ega ekanligi bilan izohlanadi.
Tebranishlarning ikkinchi chizig‘i – shamolga bog‘liq bo‘lib, uning elementlari vaqt 
oralig‘i va fazoda tez o‘zgarishi bilan tavsiflanadi. Ammo, to‘lqinlar o‘lchamlari 
nafaqat shamol tezligiga bog‘liq, balki bunda suv yuzasining konfiguratsiyasi, 
maydoni va ta’sir qilish muddati ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Amaliy nuqtayi nazardan, har bir to‘lqin tebranishi va alohida olingan to‘lqinning 
elementlarini bilish zaruriyati yo‘q. Shuning uchun, tebranishlarni o‘rganish – oxir 
oqibatda to‘lqin elementlari va aniqlovchi omillar orasidagi sonlarda ifodalanadigan 
statik qonuniyatlarga kelib taqaladi.
To‘lqinli energetik qurilmalarning ko‘prog‘i chuqur suvdagi to‘lqinlardan 
energiya olib chiqish uchun ishlatiladi. Bu to‘lqinlarning eng umumiy tipi bo‘lib, u 
dengiz o‘rtacha chuqurligi D to‘lqin uzunligi kattaligining yarmi – 
2
/

dan ortiq 


83 
bo‘ladigan sharoitda amal qiladi. Masalan, to‘lqinning odatiy uzunligi 
m
100
~

va 
amplituda 
a
 
m
ligida, to‘lqin o‘zini, 30 
m
dan ortiq chuqurlikka ega bo‘lgan 
dengizdagi chuqur suv to‘lqinidek tutadi.
Chuqur suvdagi yuzaki to‘lqinlar o‘z xususiyatiga ega: 
1) to‘lqinlar, o‘zgaruvchan uzunlik, faza va kelish yo‘nalishiga ega, buzilmas 
sinusoidal bo‘ladi; 
2) suyuqlikning har bir zarrasi harakati aylanma bo‘ladi. Ayni paytda to‘lqinlar 
ko‘rinishining o‘zgarishi to‘lqinlar harakati tarqalishidan darak beradi, zarralar o‘z-
o‘zicha bu harakatga bog‘liq bo‘lolmaydi va uning yo‘nalishida ko‘chmaydilar;
3) suyuqlikning yuza qatlami yuqorida qoladi;
4) suyuqlik zarrachalari harakati amplitudasi chuqurlik barobarida eksponensial 
kamayadi. Yuza darajasining o‘rta holidan 


2
/
chuqurlikda zarralar aylanma 
harakati amplitudasi 
e
martaga kamayadi (
72
,
2

e
– natural logarifmlar asosi).
2
/

 
chuqurlikda suyuqlik zarralari ko‘chishi juda kamayadi, yuzaning 5% dan kamini 
tashkil etadi;
5) aniqki, to‘lqin amplitudasi 
a
uning uzunligi 

ga, tarqalish tezligi 
c
ga, davri 
ga bog‘liq bo‘lmaydi, u faqatgina, oldingi shamolning dengiz sathi bilan o‘zaro ta’sir 
xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. Juda kam hollarda, 
10
/

bo‘ladigan sharoit paydo bo‘ladi;
6) to‘lqinning oq to‘lqin shakli buzilishi, uning yuzasi og‘ishi taxminan 1:7 
bo‘lganida yuz beradi. Bunda to‘lqinning energetik potensiali tarqalib ketadi. 
Chuqur suvdagi to‘lqinlar uchun: ishqalanish, yuza tortishi va inersiya kuchlari, 
boshqa ikki yetakchi – gravitatsion aylanma kuchlarga nisbatan kichik bo‘ladi. 
Shuning uchun, suv yuzasi doim shunday shaklga keladiki, unda istalgan nuqtaga 
urinma, shu ikki kuchni natijalovchi harakat yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘ladi.
Suyuqlikning yuza osti qismida uning zarralari to‘lqin amplitudasiga teng 
bo‘lgan orbita radiusi 
a
bilan aylanma harakat bajaradi. O‘rkach cho‘qqisidan uning 
asosigacha bo‘lgan to‘lqin balandligi , uning ikki baravar ampiltudasiga teng (
a
H
2

). 


84 
Zarralar harakatining burchak tezligi 

sekundda ifodalanib, radianlarda 
o‘lchanadi. To‘lqinli yuza shakli shundayki, ilgarilanma harakat kuzatiladi, lekin 
suvning o‘zi to‘lqin tarqalish yo‘nalishida ko‘chmaydi (chapdan o‘ngga). Bunday 
ehtimoliy ko‘chish ko‘rinishi – suyuqlikning ketma-ket joylashgan zarralari 
fazalarining aralashuvini kuzatish natijasidir.
Natijalovchi kuch F , yuzadagi zarraga 
m
massa bilan ta’sir etadi. Bunday 
kuchlar ta’sirida shunday shaklga kiradiki, unda istalgan nuqtaga urinma ga 
perpendikulyar bo‘ladi. 
O‘rkachga ko‘tarilishda (
1
P
holat)zarra markazdan qochma kuch 
2

ma
 
ta’siri 
ostida qoladi. Keyingi daqiqada zarra pastga tushadi va uning o‘rnini qo‘shnisi – faza 
bo‘yicha ushlanish bilan aylanayotgan zarra egallaydi. 
2
P
holatda zarra suyuqlikning 
o‘rta sathida bo‘ladi va yuza natijalovchi kuch ga perpendikulyar joylashadi. 
Chekinish 
3
P
holatida pastga yo‘nalgan kuch maksimal bo‘ladi (markazdan 
qochma va gravitatsion kuchlar birlashadi). 
4
P
 holatida zarra harakat davriyligini deyarli tugatadi.
To‘lqinli energetik stansiyalar ishi asosida to‘lqinlarning po‘kak, mayatnik, kurak 
va hokazolar kabi ko‘rinishlarda yasalgan ishchi organlarga ta’siri yotadi. Ular 
ko‘chishining mexanik energiyasi elektrogenerator yordamida elektr energiyasiga 
aylanadi. 

Download 3,83 Mb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   114




Download 3,83 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbеkistоn rеspublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi buхоrо davlat univеrsitеti

Download 3,83 Mb.
Pdf ko'rish