• 1.8. Dengiz suvining ko‘tarilish va qaytish energiyasi
  • O‘zbеkistоn rеspublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi buхоrо davlat univеrsitеti




    Download 3,83 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet38/114
    Sana25.11.2023
    Hajmi3,83 Mb.
    #105372
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   114
    Bog'liq
    14415 2 6BCAAD1C053929B1EB564DE24E4C5A9C7D2724A7

    1.29-chizma. Shamol generatorining tuzilishi
     


    80 
    Kichik shamоl gеnеratоrlari elеktr ta’minоtidan uzоqda jоylashgan tumanlar va 
    qishloqlarda maishiy istе’mоlchilar uchun mustaqil elеktr enеrgiyasi ishlab 
    chiqarishni ta’minlash uchun fоydalanish mumkin. Buning uchun 100 
    W
    va undan 
    yuqоri quvvatga ega ishоnchli shamоl gеnеratоrlari mavjud. Kichik shamоl
    gеnеratоrlari yaхshi lоyihalashtirilgan minоra, nazоrat tizimi va zahira ta’minоt 
    manbayiga ega bo‘lishi kеrak. Bu manba akkumulyatоr ko‘rinishida ta’minlanishi
    mumkin, birоq mоs kеladigan enеrgiya manbayi mavjud bo‘lsa, gibrid tizimlardan
    ham fоydalansa bo‘ladi. Bunday manbalar dizеl gеnеratоrlari, Quyosh fоtоelеktr 
    tizimlari, kichik gidroelektrstansiyalar yoki kichik biоgaz rеaktоrlari bo‘lishi mumkin. 
    Оdatda, kam quvvatli muzlatgichlar, radiоtеlеviziоn mоslamalarni, shuningdеk,
    elеktr nasоslarni ishlatish uchun kam quvvatli shamоl gеnеratоrlaridan fоydalaniladi. 
    Katta quvvatli (megavattli) turbinalar katta o‘lchamlarga ega bo‘lib, ularning 
    yangi modellari 2 
    MW
    dan 5 
    MW
    gacha quvvatli elektr energiyasini ishlab chiqarishga 
    qodir. Kuchli dengiz shamoli aylantira olishi uchun ular, odatda, qirg‘oqqa 
    yaqinroqdagi suvga joylashtiriladi. Bunday shamol qurilmalari hozirda Buyuk 
    Britaniya, Germaniya, Daniya, Irlandiya va boshqa mamlakatlarda ishlatilmoqda.
    1.8. Dengiz suvining ko‘tarilish va qaytish energiyasi 
     
    To‘lqinlar energiyasini amalda qo‘llashga mo‘ljallangan texnik qurilmalarni 
    yaratishga bo‘lgan qiziqish ilk avj payti – o‘tgan asrning boshlari – 1900 - yildan 1930 
    - yillargacha bo‘lgan davrga to‘g‘ri keladi. Aynan shu davrda birinchi harakatdagi 
    qurilmalar paydo bo‘ldi. 1910 yilda Fransiyaning Bordo shahri yaqinida 1 
    kW
    quvvatga ega to‘lqinli moslama namoyish etilgan. Hozirgi vaqtda turli 
    mamlakatlarning 
    patent 
    beruvchi 
    idoralarida, 
    okean 
    energiyasini 
    qayta 
    aylantirgichlaridan ko‘proq – bir necha yuz texnik yechimga ega to‘lqin aylantirgichlar 
    ro‘yxatga olingan. Ehtimol, to‘lqinlar – istalgan suv havzasi sirtining qat’iy nishonasi 
    sifatida, boshqalardan ko‘proq ommaviy texnik ijodlar qilishga undasa kerak.
    Dunyo patent idoralari kutubxonasida bor bo‘lgan yuzlab takliflar orasidan faqat 
    o‘nlabgina yaroqlilari topiladi. Buning sababi, ko‘plab texnik g‘oyalar, shunchaki, 


    81 
    dengiz muhiti bo‘lmish – asosiy omilni hisobga olmagan holda yaratiladi. Yaqin 
    yillargacha, to‘lqin aylantirgichlar ishlab chiqilishi sohasiga qaratilgan hatti-
    harakatlarning 70 foizidan 90 foizigacha bo‘lgan miqdori – loyihalarning texnik 
    tomoniga yo‘naltirilgan bo‘lsa, faqatgina 10 foizdan 30 foizgacha miqdori – dengiz 
    to‘lqinlari tasniflarini o‘rganishga qaratilgan. 
    Hozirgi vaqtda, vaziyat keskin o‘zgargan: moslamalarni takomillashtirish, ularni 
    sanoatda qo‘llashga yaroqli darajaga keltirish – muhim nuqtalarni o‘zgartirishni talab 
    qilmoqda. Shu ma’noda, to‘lqinli energetika bo‘yicha oxirgi yillarda olib borilayotgan 
    ishlanmalar, to‘lqinlar harakati tabiatini yetarlicha o‘rganish bilimiga asoslandi.
    To‘lqin hodisasini, to‘lqinlarning turli mexanik tizimlari bilan o‘zaro 
    munosabatini o‘rganish, mos matematik apparat yaratish bo‘yicha N.E.Kochin, 
    V.V.Shuleykin, L.N.Sretenskiy va boshqalar ham izlanish olib borganlar. 
    Lekin, to‘lqinlar tabiati shundayki, rivojlangan umumiy nazariyaga qaramay, aniq 
    tumanlar uchun to‘lqin qayta aylantirgichlar yaratish loyihalarini ishlab chiqishda, 
    muhandislarga energiya zahiralarini baholashda va eng yaxshi konstruktiv yechimni 
    tanlashda zarur bo‘lgan ma’lumotlar yetishmaydi.
    To‘lqinlar yig‘indi energiyasi shamollar energiyasi foizining bir qismini tashkil 
    etadi. Manba quvvati taxminan 3 
    TW
    ga baholanadi. Dunyo okeanida quvvat jihatidan 
    barqaror to‘lqinli hududlar kam topiladi. Aniq tumanlar uchun baholashni amalga 
    oshirish uzoq muddatli kuzatishlarni talab etadi, butun okean bo‘yicha kuzatuvlar 
    yetarli emas. Shimoliy dengiz (unda neft va gaz qazib olish intensiv olib boriladi) va, 
    umuman, shimoliy Atlantika bir qadar o‘rganilgan. Yetarlicha tezoqar Shimoliy 
    dengizda oddiy to‘lqin – 30 foiz vaqt oralig‘ida bir metr eshishga 40 

    Download 3,83 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   114




    Download 3,83 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbеkistоn rеspublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi buхоrо davlat univеrsitеti

    Download 3,83 Mb.
    Pdf ko'rish