Hisoblashlar natijalariga ko„ra, 8 ta chiroqlar, 3 ta mobil telefonlar, 1 ta
televizor, 1 ta noutbuk, 1 ta muzlatgich 1 ta dazmol va
1 ta elektr choynak uchun
zarur bo„lgan elektr energiyasi o„rtacha hisobda 2,91
kW ∙ soat ni tashkil qilar ekan
(2.1.6 – jadval). Bunday quvvatli elektr energiyani Quyosh batareyalari yordamida
ta‟minlash 5 300 000 so„mga to„g„ri keladi (2.1.7 – jadval).
Endi, 1
kW quvvatli Quyosh batareyasini loyihalashtiramiz (2.1.1 – rasm)
Har birining quvvati 205
W va aktiv yuzasi 1,3 m
2
(160 sm x 80 sm) ga teng
bo„lgan 5 ta Quyosh batareyalari (umumiy aktiv yuzasi 6,5 m
2
) ga yorug„lik nuri
tik tushadigan qilib joylashtirilsa, ochiq havoda 1 kW maksimal quvvatli elektr
energiyasini olishga erishiladi. Hisoblashlarga ko„ra, hozirgi kunda 1
kW quvvatli
Quyosh batareyalari 13 500 000 so„mga to„g„ri kelar ekan.
2.1.1– rasm. 1 kW quvvatga ega bo„lgan Quyosh batareyalarining tarkibiy
qismlari. a) Quyosh batareyalari; b) kontroller; d) akkumulyatorlar; e) invertor.
2.2. Quyosh elementi yordamida uylarni elektr energiya bilan ta’minlashning
tajribaviy modeli.
Ushbu bitiruv malakaviy ishida Quyosh elementi
yordamida uylarni elektr
bilan ta‟minlashning tajribaviy modeli yaratildi (2.2.1 – rasm). Ushbu model
xonalarini yorug„lik bilan ta‟minlashda jami 15 ta yog„du diodlaridan
foydalanilgan bo„lib, ular bir – biriga ketma – ket ulangan 2 ta Quyosh batareyalari
yordamida elektr energiyasi bilan ta‟minlangan. Undan tashqari, elektr energiyasi
uzluksizligini ta‟minlash maqsadida zanjirga batareya ulangan bo„lib,
energiya
zaxirasi uchun xizmat qiladi. Quyosh batareyasi yuzasiga yorug„lik nurlari tik
tushadigan qilib joylashtirilsa, maksimal quvvatli elektr energiya olishga erishiladi.
Bu modelga o„rnatilgan Quyosh batareyalarining har birining yuzasi (7,5 sm
x 3 sm) 22,5 sm
2
, ikkila Quyosh batareyaning umumiy yuzasi esa 45 sm
2
bo„lib,
maksimal tok kuchi I
max
= 40 mA, kuchlanishi U
max
= 6 V va quvvati P
max
≈ 0,25 W
qiymatlarni tashkil qiladi. Bizga elektr bo„limidan ma‟lumki, manbalar ketma – ket
ulanganda ularning umumiy tok kuchlari har
bir manbaning tok kuchlari
yig„indisiga teng, kuchlanishi esa o„zgarmas bo„lib qoladi.