O‘zbеkistоn rеspublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi urganch davlat univеrsitеti fizika – matematika fakultеti Fizika kafedrasi Mavzu




Download 106,54 Kb.
bet9/22
Sana26.11.2023
Hajmi106,54 Kb.
#105789
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
O‘zbеkistоn rеspublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi-hozir.org

donor turdagi atom deyiladi. Bunday holda hosil bo„lgan o„tkazuvchanlik esa

elektron tipli o„tkazuvchanlik yoki negative “n” tipli o„tkazuvchanlik deyiladi.
Endi

“p” va “n” tipli o„tkazuvchanlikka ega bo„lgan ikkita


yarimo„tkazgichni kontaktga keltiraylik. Kontakt sohasida zaryad tashuvchilarning 
o„zaro diffuziyasi: “n” yarimo„tkazgichdan “p” yarimo„tkazgichga va aksincha,
“p” yarimo„tkazgichdan “n” yarimo„tkazgichga kuzatiladi. Natijada esa p – n o„tish 
sohasi yuzaga keladi (1.1.3 – rasm). [5]
Bir – biriga qarama – qarshi bo„lgan talablarni kompromiss texnik 
yechimlarga keltirish natijasida tushayotgan yorug„lik nurlanishiga perpendikulyar
joylashgan p – n o„tishli Quyosh elementi konstruksiyasi tanlab olingan. Hozirgi 
zamonda ayrim qo„shimchalar kiritilgan holda (tortuvchi elektr maydoni kiritilishi,
orqa tomondagi kontaktga izotip to„siqlar olish, butun qoplamali kontaktni 
to„rsimon kontaktga almashtirish, sirtki yuzani teksturalash, orqa tomonga
akslantiruvchi qoplamalar yasash) yuqoridagi konstruksiya saqlab qolingan. 
Quyosh elementini samaradorligini oshirish maqsadida uning frontal
yorug„likni qabul qiluvchi tomoniga radiatsion – himoya qoplamasi, haroratni 
boshqaruvchi va yuzani tiniqlashtiruvchi qoplamalar hosil qilinadi. Quyosh
elementining ishlashi jarayonida bu qoplamalar material ichiga kiruvchi nurlanish 
miqdorini ko„paytiradi, ortiqcha issiqlikni nurlantirish hisobiga kamaytiradi.
Bundan tashqari qoplamalar yerda noqulay iqlim sharoitlarida va koinotda ularni 
radiasiyadan himoya qiladi. [13]
Quyosh elementi frontal, optik nurlanishga qaratilgan yuzasini, odatda fosfor 
atomlari kiritilgan kremniyning yupqa qatlamidan tayyorlanadi va uni 10
20
sm

-3
gacha va undan ham ko„proq darajagacha legirlashadi. 


Elementning bazasiga esa bor kirishmasi 10


15
– 10

16
sm

-3
darajagacha 
kiritiladi. Quyosh elementining optik nurlanishga qaratilgan frontal sirtini 5 – 7 %
gacha egallagan har xil topologiyali to„rsimon kontakt bilan qoplanadi. 


Elementning orqa sirtining yuzasi esa butunlay qoplama yoki to„rsimon qoplama


bilan qoplanadi. 
Ρ – n o„tishdan elektr maydoni vositasida ajratilayotgan asosiy bo„lmagan
zaryad tashuvchilar tashqi zanjirga o„tishi kerak. Yarimo„tkazgich material frontal 
sirtida (“n” tur qoplamada) zaryadlar qoplama bo„ylab harakatlansa, quyosh
elementi bazasida (“p” tipdagi materialda) ularning harakati perpendikulyar 
yo„nalishda bo„ladi.
Tayyorlanadigan omik kontaktning birinchi qatlami alyuminiydan qilinadi. 
Alyuminiy “p” materialda kirishma bo„lgani uchun, u kremniyga yaxshi omik
kontakt beradi va keyin uning ustiga Ti, Pd, Ag yoki Ni va kerakli pripoy 
qotishmasi qoplanadi. [1]
Ilmiy tadqiqotlar shuni ko„rsatadiki, agar frontal yupqa qatlamga kontakt 
materiali dastlab butun sirtga qoplama sifatida olinib, keyin ma‟lum shaklli rasmni
fotolitografik jarayon vositasi bilan ximik yemirish orqali bajarilsa, frontal yuzada 
ko„plab mikro teshilgan hududlar paydo bo„lar ekan. Bu esa o„z navbatida, shunt
qarshiligini kamaytirib teskari to„yinish toki I
0
ni oshirib yuborar ekan. Shuning 

uchun frontal kontaktlar topologiyasini niqob orqali yoki fotolitografik jarayonni


kontakt olinishidan oldin o„tkazilishi talab qilinadi. 
Agar hisob – kitob aniq bo„lib, texnologik jarayonlar mukammal bajarilsa,
Quyosh elementining volt – amper xarakteristikasi (VAX) keskin yaxshilanadi. 
Quyosh elementi ishiga yorug„likning qaytish va yutilish koeffitsientlari ta‟sir
ko„rsatadi. Quyosh elementi sirtiga har xil qoplamalar qoplash bilan uning optik 
xarakteristikalarini, buning oqibatida foydali ish koeffitsiyenti (FIK) ni oshirish
mumkin. Tabiiyki spektrning ishchi zonasida yorug„lik qaytishini kamaytirish 
muhim hisoblanadi. Quyosh elementlarning sovitilishini ta‟minlash uchun maxsus
qoplamalar yaratish kerak. Kosmosda ishlaydigan Quyosh batareyalari uchun bu 
dolzarb masala hisoblanadi, Quyosh elementlarning sovushi faqat atrof muhitga
nurlanish hisobiga bo„ladi. [13] 




Download 106,54 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Download 106,54 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbеkistоn rеspublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi urganch davlat univеrsitеti fizika – matematika fakultеti Fizika kafedrasi Mavzu

Download 106,54 Kb.