Bu jarayon elektron – kovak juftlari generatsiyasi deyiladi. Agarda elektron va
kovaklar hosil bo„lish jarayoni berkituvchi qatlamga yaqin sohada amalga oshsa,
berkituvchi qatlam elektr maydoni tufayli elektronlar “ n ” sohaga tomon, kovaklar
esa “p” sohaga tomon o„tkazib tashlanadi. Bu hodisa tok tashuvchilarning “p – n”
kontaktida
ajralishi (
saralanishi) deyiladi. Bu hodisa tufayli “p” yarimo„tkazgich
musbat, “n” yarimo„tkazgich esa manfiy zaryadlanadi (1.2.2 – rasm).
Natijada, yarimo„tkazgichning “p” va “n” sohalari orasida potensiallar farqi,
ya‟ni, elektr yurituvchi kuch vujudga keladi. Bunday “p – n” o„tish
fotoelement
yoki
Quyosh elementi deyiladi.
Ma‟lum bir yarimo„tkazgich asosiga qurilgan Quyosh elementi uchun EYuK
qiymati yorug„lik intensivligiga hamda elektron kovak juftlari hosil bo„layotgan
soha “p – n” o„tishga qay darajada yaqinligiga bog„liq. [7]
Chunki, berkituvchi qatlamdan uzoq masofada generatsiyalangan elektron –
kovak juftlari “p – n” o„tishga yetib kelgunlariga qadar
rekombinatsiya tufayli
yo„qolib qoladilar, ya‟ni elektron “o„z o„rni”ga (kovakka) tushib bog„langan
holatga o„tadi va tok tashishda yoki EYuK hosil bo„lish jarayonida ishtirok eta
olmaydi.1.2.3 – rasmda esa Quyosh batareyasining ishlash prinsipi berilgan.