energiyasini elektr energiyasiga aylantirib bera olish xususiyatlariga ta‟sir qiluvchi
parametrlardan biri – man qilingan zona kengligi
E
g
ni bilish kerak. [2]
Ma‟lumki, elektron – kovak juftini hosil qilish uchun energiyasi
E
g
ga teng
yoki undan katta bo„lgan foton yutilishi kerak, ya‟ni:
hν = E
g
, (1.2.1)
bunda
E
g
dan kichik bo„lgan energiyali fotonlar valentlik zonasidan
o„tkazuvchanlik zonasiga elektron chiqara olmaydi. Eng yaxshi yarimo„tkazgichlar
E
g
= 1,1 – 1,5
eV bo„lgan yarimo„tkazgichlar bo„lib hisoblanar ekan. Agar
atmosferaning ta‟siri juda kichik deb ko„rilsa,
J
p
P, Ga As va
Cd Te lar Quyosh
batareyasini tayyorlash uchun eng yaxshi yarimo„tkazgichlar bo„la oladilar. Lekin
atmosferaning ta‟siri ortishi bilan bularga qaraganda kremniy
(Si) afzalroq bo„lib
qoladi. [2]
Quyosh elementining asosiy parametrlardan biri bo„lgan foydali ish
koeffitsiyenti, Quyosh elementi chiqishidan ajraluvchi maksimal quvvatning
element yuzasiga tushuvchi nurlanish quvvatiga nisbati bilan aniqlanadi:
η = χ ∙ ( I
qt
U
xx
/ E S ) (1.2.2)
bu yerda I
qt
– qisqa tutashuv toki; U
xx
– salt yurish kuchlanishi, ya‟ni “p – n” o„tish
uchlari ochiq bo„lgan holdagi potensiallar farqi; E – yoritilganlik, lyuksmetr
yordamida aniqlanadi; S – Quyosh elementining aktiv yuzasi;
χ – ichki kvant
chiqishi deb atalib, yorug„lik tufayli generatsiyalangan elektron – kovak
juftlarining qancha qismi berkituvchi qatlamga yetib kelib unda saralanganini
ko„rsatuvchi doimiy. [7]