|
MUSTAQIL TA’LIM ISHLARI MAZMUNI VA SHAKLLARI
|
bet | 2/3 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 272 Kb. | | #156141 |
Bog'liq OLIY MATMUSTAQIL TA’LIM ISHLARI MAZMUNI VA SHAKLLARI
Talabalarni Masalalar yechish bo’yicha paraktikum fani bo’yicha Davlat ta’lim standarti va o’quv dasturining mazmuni va talablari, Mamlakatimizda matematika 2020-yilda ilm fanni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida belgilandi. Matematika sohasidagi ta’lim sifati va ilmiy-tadqiqot samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish zaruratini ko’rsatmoqda. Jumladan
birinchidan, matematika ta’limotining ta’lim olish bosqichlari ortasidagi uzviylikni to’liq ta’minlash;
ikkinchidan, umumta’lim maktablarida matematika darsliklario’quvchilarning yoshiga nisbatan fanni o’zlashtirishni qiyinlashtiruvchi murakkab masalalardan iborat va boshqa fanlarda o’tiladigan mavzular bilan uyg’unlashtirish;
uchunchidan, Matematikaga qiziquvchan, olimpiadalar g’oliblari tayyorlash, ularning kelgusi rivoj;lanishi uchun oliy ta’lim va ilm-fan sohasida izlanishga yo’naltirish;
to’rtinchidan, Matematika sohasidagi ilmiy tadqiqotning amaliyot va ishlab chiqarish bilan bog’liqligini asoslash, matematikani turmush bilan bog’lash va uni mustahkamlash;
beshinchidan, Xorijiy adabiyotlardan samarali foydalanish, tafakkur va tasabburni shakllantirishga oid mantiq masalalarni o’rgatishni kuchaytirish;
oltinchidan, ilg’or xorijiy tajriba asosida maktabgacha yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlarni shakllatirish bo’yicha zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilish; shuningdek, Zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish, turli xil texnik vositalar yordamida turli xil muammolarni hal qilish, tahlil qilish ko’nikmalarini shakllantirish. Nomalum kompanentlarni toppish talab qilingan muammolarnihal qilish ko;nikmalarinirivojlantirish; munosabatlar bilan bog’liq mantiq elementlarini qo’llash ko’proq … marta, kamroq … marta va ko’p taqqoslash; to’plamlarga oid topshiriqlar, boshlangich kombinatorika elementlari, o’rta arifmetik, tezlik, o’rtacha tezlik, miqdorlarning o’rtasidagi bog’liqlik, peremetr va maydon, yuzani hisoblashning turli usullari, yasashga doir masalalr bilan hisoblash qobilyatini shakllantirish.
Bu talablarning maematik bilim va ko’nikmalarini shakllantirish, ularning dunyoqarashini kengaytirish, ijodkorlik va tasavvurni rivojlantirishga yordam beradi; o’rganish va hayor o’rtasidagi aloqani mustahkamlash.
Ushbu kurs zamonaviy matematik texnologiyalardan foydalanishni o’z ichiga olganligi sababli matematikani o’qitishda ijobiy motivatsiyani kuchaytiradi.
Talabalar mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 824-son Qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 16-iyuldagi “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 311-son buyrug‘i asosida ishlab chiqilgan “Oliy ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimida talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish va nazorat qilish bo‘yicha yo‘riqnoma” ga asosan amalga oshiriladi. Talaba mustaqil ishi o‘quv rejasida muayyan fanni o‘zlashtirish uchun belgilangan o‘quv ishlarining ajralmas qismi bo‘lib, u uslubiy va axborot resurslari bilan ta’minlanishi hamda uning baholanishi ko‘rsatilgan.
Talabaning mustaqil ishidan maqsad o‘qituvchining rahbarligi va nazorati asosida muayyan o‘quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdir. Talabaning mustaqil ishi vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
yangi bilimlami mustaqil tarzda puxta o‘zlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
kerakli ma’lumotlarni izlab topish, ularning qulay usullari va vositalarini aniqlash;
axborot manbalaridan samarali foydalanish;
an’anaviy o‘quv va ilmiy adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar bilan ishlash;
elektron o‘quv adabiyotlar va ma’lumotlar banki bilan ishlash;
internet tarmog‘idan samarali foydalanish;
berilgan topshiriqni muntazam va me’yorida bajarish;
ma’lumotlar bazasini tahlil etish;
topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondashish;
natijalami muhokamaga tayyorlash va ko‘rsatilgan kamchilik larni qayta ishlash;
ishlab chiqilgan yechim, loyiha yoki g‘oyani asoslash, mutaxassislar jamoasida himoya qilish va boshqalar.
“Masalalar yechish bo’yicha praktikum” fanidan mustaqil ta’limning asosiy maqsadi o‘qituvchining rahbarligi va nazorati ostida talabaning ona tilidan berilgan topshiriqlarni mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdir. Bu topshiriqlar yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o‘zlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish, kerakli ma’lumotlarni izlab topishning qulay usullari va vositalarini aniqlash, axborot manbalaridan samarali foydalanish, an’anaviy o‘quv va ilmiy adabiyotlar bilan ishlash, berilgan topshiriqning yechimini topish va topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yondashish kabi vazifalarni bajaradi.
Mustaqil ishlarni individual - didaktik maqsadlarni amalga oshirish nuqtayi nazaridan ham to‘rt guruhga ajratish mumkin:
Bilimlami dastlabki shakllanishiga, idrok qilishga undaydigan vazifalar. Bunda talabalar maqsadga erishishi uchun nima talab qilinishini bilishi lozim. Vazifalar — axborotlarni, ma’lumotlarni o‘zlashtirishga qaratilgan bo‘ladi.
O‘zlashtirishga axborot, ma’lumotlarni xotirada saqlash va qayta jonlantirish va qayta ishlashga qaratilgan topshiriqlar. Bunda, avval egallangan bilimlami faollashtirish asosida bajariladigan hamda aniq sharoitda tatbiq etish talab qilinadigan vazifalar.
Avval o‘zlashtirilgan, qolipga tushgan, tajriba to‘planishi natijasidagi bilim, malaka, ko‘nikmalarga yangicha nuqtayi nazardan yondashishni talab qiluvchi topshiriqlar. Ularda masalaning mohiyatini izlash, yangicha yechimlar topish, yangicha g‘oya, fikrlar bilan ifodalashni talab etiladigan vazifalar.
Ijodiy faoliyatga undovchi topshiriqlar. Bunda, yangi yoki oldindan ma’lum bo‘lsa-da, ungacha boshqacha nuqtayi nazardan qaralgan g‘oya, fikrlarni tadqiq qilish, ya’ni axborotlar to‘plash, ular ustida ishlash, o‘z fikrini bildirishga undaydigan topshiriqlar, vazifalar beriladi.
Talabanining mustaqil ravishda o‘quv materiallarini o‘zlashtirishga intilishi, maxsus adabiyotlar, ilmiy manbalar ustida ishlashi, egallagan bilimlarini amaliyotga tatbiq etishi, o‘zining mutaxassisligi bo‘yicha kengroq bilimni egallashga bo‘lgan ehtiyoji muhim ahamiyat kasb etadi. Mana shularga asoslanib “Masalalar yechish bo’yicha praktikum” fanidan mustaqil ta’lim ishi to‘rt xil shaklda belgilanadi va ularning har biri 5 baholik tizimda baholanadi.
Mustaqil ta’lim ish turlari quyidagi shakllarda tuzilgan:
Muayyan mavzu yuzasidan referat tayyorlash.
Muayyan mavzu bo‘yicha konspekt olish.
Muayyan mavzu bo‘yicha test savollari tuzish.
Muayyan mavzu bo‘yicha amaliy topshiriqni bajarish.
Bu topshiriqlarning barchasi talabalarning Masalalar yechish bo’yicha praktikumdan olgan nazariy bilimlarini kengaytiradi, chuqurlashtiradi, o‘quv adabiyotlari bilan ishlash malaka va ko‘nikmalarini rivojlantiradi, vazifani mustaqil bajarish, ijodkorlik hamda o‘ziga ishonch ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
“OLIY MATEMATIKA VA UNI BOSHLANG’ICH TA’LIMDA QO’LLASH” FANIDAN MUSTAQIL TA’LIM ISH TURLARI VA ULARNI BAJARISH YUZASIDAN USLUBIY TAVSIYALAR
“Oliy matematika va uni boshlang’ich ta’limda qo’llash” fanidan talabalarning mustaqil ta’limidan asosiy maqsadlar quyidagilardan iboratdir:
- yangi bilim olish usullarini egallash, jarayonlarni mustaqil tahlil qila olish;
- auditoriyadagi mashg‘ulotlarda olgan bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, kengaytirish va tartibga solish;
- ma’lumotlar va maxsus adabiyotlar bilan ishlashni o‘rganish;
- o‘quv materiallarini mustaqil o‘rganish.
Mustaqil ta’limning asosiy vazifalariga:
bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish;
ijodiy faoliyatga qiziqishni shakllantirish;
ta’lim olish usullarini egallash;
- tushunish va fikrlash qobiliyatini rivojlantirish;
- mustaqil xulosalar chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirish kiradi.
Talabalar mustaqil ta’limini samarali tashkil etish uchun:
talabalar mustaqil ishining barcha shakllarini tashkil qilishga tizimli yondashish;
- talabalar mustaqil ishining barcha bosqichlari (turlari) ni muvofiqlashtirish va uzviylashtirish;
- talabalar mustaqil ishining bajarilishi sifati ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish;
- talabalar mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish mexanizmini yaratish va takomillashtirib borish maqsadga muvofiq.
“ OLIY MATEMATIKA VA UNI BOSHLANG’ICH TA’LIMDA QO’LLASH” FANIDAN MUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIQLARI
|
| |