GTI larining avtomtalashtirish tizimlarida qo`llanuvchi texnik




Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/99
Sana18.05.2024
Hajmi3,59 Mb.
#242311
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   99
Bog'liq
darslik avtomatika asoslari

12.6. GTI larining avtomtalashtirish tizimlarida qo`llanuvchi texnik 
vositalar
Induksion 
sarf 
o`lchagichlar 
Induksion 
(elektromagnit) 
sarf 
o`lchagichlarning ishlash prinsipi tashqi magnit maydon ta`sirida elekgr tokini
o`tkazuvchi suyuqlik oqimida hosil bo`lgan EYuK ni o`lchashga asoslangan.
Induksion sarf o`lchagichning sxemasi 12.10
 
- rasmda ko`rsatilgan.
 
12.10 – rasm. Induksion sarf o`lchagich sxemasi 
Magnitning N va S qutblari orasidan magnit maydoni kuch chiziqlari 
yo`nalishiga 
perpendikulyar 
ravishda 
suyuqlik 
truboprovodi 

o`tadi. 
Truboprovodning magnit maydonidan o`tadigan qismi nomagnit material 
(ftoroplast, ebonit va boshqalar) dan tayyorlanadi. Truboprovod devorlarida bir-
biriga diametral qarama-qarshi yo`nalgan o`lchash elektrodlari 

o`rnatilgan. 
Magnit maydoni ta`sirida suyuqlikdagi ionlar harakatga keladi va o`z zaryadlarini 
o`lchash elektrodlariga berib, ularda 

EYuK hosil qiladi, u oqim tezligiga 
proporsional. EYuK ning qiymati, magnit maydoni o`zgarmas bo`lganda, 
elektromagnit induksiyasining asosiy tenglamasi orqali aniqlanadi: 
,
ўрт
V
D
B
E
*
*

(12.2)
bu erda 
V
 — 
magnit qutblari oralig`ida hosil bo`l[an elektr magnit induksiya, 
Tl; 
D
 — 
truboprovodning ichki diametri (elektrodlar orasidagi masofa), m; V
o`rt
— 
oqimning o`rtacha tezligi. 
Tezlikni 
Q
hajmiy sarf orqali ifodalasak, 
Q
D
B
E
*
4


(12.3)
 
Bu formuladan o`zgarmas magnit maydonida EYuK ning qiymati sarfga 
to`g`ri proporsional ekanligi kelib chiqadi. Hozir induksion sarf o`lchagichlar elektr 
o`tkazish qobiliyati 10
-3
...10
-5
sm/m dan kam bo`lmagan suyukliklarda ishlatiladi. 
O`zgarmas magnit maydonga ega bo`lgan induksion sarf o`lchagichlarning asosiy 
kamchiligi — magnit elektrodlarida qutblanish va gal`vanik EYuK ning paydo 
bo`lishidadir. Bu kamchiliklar harakatdagi suyuklikda magnit maydon tomonidan 


147 
induksiyalangan EYuK ni tug`ri o`lchashda yo`l qo`ymaydi yoki qiyinlashtiradi. 
Shuning uchun o`zgarmas magnit maydoniga ega bo`lgan sarf o`lchagichlar suyuq 
metallar, suyuqlikning pul`slanuvchi oqimi sarfini o`lchashda va qutblanish o`z 
ta`sirini ko`rsatishga ulgurmaydigan qiska vaqtli o`lchashlarda ishlatiladi. Hozir 
induksion sarf o`lchagichlarning ko`pchiligida o`zgaruvchan magnit maydonidan 
foydalaniladi. Agar magnit maydon τ vaqtda 
f
chastota bilan o`zgarsa, EYuK 
quyidagi tenglama orqali aniqlanadi: 



f
D
QB
E
2
sin
*
4
max

(12.4) 
bu erda 
V
tax - 
induksiyaning amplituda qiymati. 
O`zgaruvchan magnit maydonida elektroximiyaviy jarayonlar o`zgarmas 
maydonga qaraganda kamroq ta`sir ko`rsatadi. O`zgaruvchan magnit maydonli 
induksion sarf o`lchagichning elektr boshqaruv sxemasi 12.11-rasmda ko`rsatilgan. 
Chizmada quyidagi belgilar qabul qilingan: 
SBEO` 
— o`zgaruvchan magnit 
maydonli sarfning birlamchi elektromagnit o`zgartgichi. Magnit maydon 
elektromagnit 

yordamida hosil bo`ladi: 
OK 
— oraliqdagi o`lchash kuchaytirgichi 
0...5 mA o`zgarmas tok chiqish signaliga ega bo`lgan o`zgartgich; R
n
— tashqi 
qarshilik, masalan, ikkilamchi asbob, integrator va hokazo.
R — 
qarshilik ichida elektromagnit 

yordamida teng bo`linmali magnit 
maydon hosil bo`ladi. Suyuqlikda magnit maydoni ta`sirida hosil bo`lgan EYuK 
suyuklik sarfiga to`g`ri proporsional bo`lib, elektrodlar 
2 va 3 
orqali oraliqdagi 
o`lchash kuchaytirgichiga uzatiladi, bu erdan sarfga proporsional kuchlangan signal 
chiqadi.
Kuchlangan signal sarf birligida darajalangan o`lchash asbobiga keladi. 
Unifikasiyalashgan elektr chiqish signalining (0 ... 5 mA) mavjudligi ikkilamchi 
nazorat asboblarini ko`llashga imkon beradi. 

12.11-rasm. O`zgaruvchan magnit maydonli induksion sarf o`lchagichning prinsipial 
sxemasi



148 
Induksion sarf o`lchagichlar bir qator afzalliklarga ega. Bular inersion emas, 
bu hol tez o`zgaruvchan sarflarni o`lchashda va ularni avtomatik rostlash 
sistemalarida ishlagishda juda muhim. O`lchash natijalariga suyuqlikdagi 
zarrachalar va gaz pufakchalari ta`sir qilmaydi. Sarf o`lchagichning ko`rsatishlari 
o`lchanayotgan suyuqlik xususiyatlariga (qovushoqlik, zichlik) va oqim harakteriga 
(laminar, turbulent) bog`liq emas. 
Elektromagnit sarf o`lchagichlarning kamchiliklariga o`lchanayotgan muhit 
elektr o`tkazuvchanligi qiymatning minimalligiga qo`yilgan talabni kiritish lozim, 
bu ularni qo`llanish doirasini cheklaydi. O`lchash sxemasining murakkabligi
ko`pgina to`siqlarning ta`siri ekspluatasiya qilishni qiyinlashtiradi. 
Induksion sarf o`lchagichlar 1 . . . 2500 m
3
/soat va undan katta diapazonda 
diametri 3 . . . 1000 mm va undan katta truboprovodlarda, suyuqlikning chiziqli 
tezligi 0,6 ... 10 m/s gacha bo`lganda, sarf o`lchashlarni ta`minlay oladi. 

Download 3,59 Mb.
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   99




Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 GTI larining avtomtalashtirish tizimlarida qo`llanuvchi texnik

Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish