O’zbekisтon respublikasi oliy va o’rтa maхsus




Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/99
Sana18.05.2024
Hajmi3,59 Mb.
#242311
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   99
Bog'liq
darslik avtomatika asoslari

 
 


137 
12.3. Gidrotexnika inshootlarini (GTI) avtomatlashtirish
Suv tarqatishning rostlovchi GTI gidromeliorativ tizimlari kanallarining ish 
rejimlarini iste‘molchiga uzatiluvchi suv srfini rostlashda qo`llaniladi. 
Suv olish inshooti (yoki bosh inshoot) sug‘orish tormog‘iga suv olishni rostlab 
turish uchun xizmat qiladi. Suv olish inshooti o`zi oqadigan va nasos orqali bo`ladi. 
Tarmoqdagi inshootlar kanallardagi suv sarfi va sathini hamda quvurlardagi 
bosimni murakkab relef sharoitida tarmoqning ayrim elementlari bir-biriga 
tutashishini suv chiqarishni rostlash uchun xizmat qiladi. 
Tarmoqdagi to`suvchi inshootlar magistral kanal bo`limlarida kerakli sathni 
ta‘minlash va pastki tarmoqlarga suvni belgilangan aniqlikda yetkazib berishni 
amalga oshiradi. 
Suvni bo`lib beruvchi inshootlar ularga berilgan suvni belgilangan 
miqdorda ajratib bir necha kanallarga bo`lib beradi. 
Suvni tukish inshootlari kanallarda suv ko`payib ketganda ortikcha suvni 
chiqarib tashlash yoki sug‘orish tarmog‘ini to`liq bo`shatish yoki sug‘orish 
tarmog‘ini to`liq bo`shatish uchun qo`llaniladi. 
Tekis to`siqli GTI uzoq vaqtlardan boshlab qo`llab kelingan va ular xozirgi 
kunda ham keng tarqalgan. Shu bilan birga turli ko`rinishlarga ega bo`lgan 
to`sqichlar ham qo`llab kelinyapti. Tuskichlarni tanlash asosan ularning asosiy
tavsifnomalari orqali amalga oshiriladi.
Avtomatlashtirilgan tizimlardagi to`sqichlar mahsus rostlash xususiyatiga 
ega bo`lishi va ekspluatatsiya sharoitlariga javob berishi kerak. Avtomatlashtirilgan 
to`sqich eng avval yuqori ishonchlilikka ega bo`lishi kerak. shu jumladan ular 
masofadan boshqariluvchi ko`tarish mexanizmlari va telemexanik boshqaruv, 
telenazorat, teleo`lchov vositalari bilan ta‘minlashni zarur suvni hisobga olish 
uchun datchiklar va kontrol o`lchov asboblari o`rnatilishi kerak. 
GM tizimlarida 2 m/s gacha ish unumdorligiga ega bo`lgan tekis to`sqichlar 
keng tarqalgan. Lekin bunday to`sqichlarni elektirlashgan ko`tarma mexanizmlar 
bilan dispetcher boshqaruvi sharoitida qo`llash ularni yetarli darajada ishonchli 
emasligini ko`rsatadi. Buning sababi qurilishi montaj ishlarini olib borishda 
mexanizmlarga chetga chiqishlar yuzaga keladi. Bundan tashqari pazlarga turli 
suzuvchi predmetlar kirib qolishi ham ularga to`xtab qolishiga olib kelishi 
mumkiin. 
Shunday qilib ish sharoitiga ko`ra sirpanuvchi to`sqichlar yuqori


138 
ishonchlilikka ega emasligi ko`rinadi. Ularning o`rniga g‘ildirakli to`sqichlarni
qo`llash mumkin, lekin bu holda ularning g‘ildiraklarini ifloslanishdan himoya 
qilish zarur ularning tayyorlash ham murakkabroq bo`lgani uchun qimmatroq 
turadi. 

Download 3,59 Mb.
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   99




Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekisтon respublikasi oliy va o’rтa maхsus

Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish