Sug’orish tizimlarini avtomatlashtirish va boshqaruvining usullari




Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/99
Sana18.05.2024
Hajmi3,59 Mb.
#242311
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   99
Bog'liq
darslik avtomatika asoslari

 
Sug’orish tizimlarini avtomatlashtirish va boshqaruvining usullari.
 
Xo`jaliklararo sug‘orish tizimini avtomatlashtirish masalalari xozirgi kunda yaxshi 
o`rganilgan suvni tortish va tarqatish jarayonlarini boshqarish va nazorat qilish ikki 
xil sxema asosida bajariladi.
 


136 
Birinchi sxema bo`yicha tizimning xo`jaliklararo qismidagi barcha 
rostlanuvchi qurilma va inshoatlarda markazlashgan boshqaruv nazorat va hisobga 
olish masalalari asosan joylarda doimiy xizmatchi xodimlar ishtirokisiz amalga 
oshirilishi ko`zda tutilgan. Buning uchun suv ko`tarish inshoatlari va 
uskunalarining barcha rostlanuvchi qismlari datchiklar va birlamchi o`lchov 
asboblari bilan ta‘minlanadi va ular yordamida olingan nazorat qilinuvchi 
kattaliklar dispetcher punktiga uzatiladi. To`sqichlarni markazlashgan ravishda 
boshqarish uchun ijro mexanizmlaridan foydalaniladi. Boshqariluvchi va nazorat 
qilinuvchi kattaliklar haqidagi axborotni telemexanik vositalar yordamida qabul 
qilish ko`zda tutiladi.
Tizim tarkibidagi xizmat joylaridagi dispetcher aloqasi, ulardagi uskunalarni 
ta‘mirlash, avariya holatlarini oldini olish maqsadida ob‘ektlariga jo`natiluvchi 
xizmatchi xodimlar umumiy boshqaruv tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. 
Bunday avtomatlashtirish sxemasida dispetcher operativ xodim sifatida 
dispetcher punkti orqali bevosita barcha rostlanuvchi inshoatlarni boshqaradi, 
ko`rsatuvchi asboblar yordamida suv tarqatish jarayonini nazorat qiladi va 
boshqaruvni yengillashtiruchi turli texnik vositalardan foydalanish imkoniyatiga 
ega bo`ladi (hisoblash texnikasi, kompyuterlashtirish). 
Ikkinchi sxema bo`yicha barcha rostlanuvchi qurilmalar (suv tortish, suv 
tarqatish, to`suvchi va boshqalar) belgilangan ish tartibini avtomatik ravishda 
rostlash maqsadida avtomatik rostlagichlar bilan ta‘minlanadi. Dispetcher 
punktidan fakatgina avtomatik rostlagichlarning ish tartibini belgilovchi signallar 
uzatiladi, bu holda dispetcher qurilmalarni boshqarish emas, ularni holatini nazorat 
qilishni amalga oshiradi va faqat avariya holatlaridagina operativ boshqaruvni 
bajarishi mumkin. Bu sxema birinchisiga qaraganda takomillashtirilgan, boshqaruv 
obektini doimo nazorat qilishi shart emas. Avariya holatlarida agar telemexanika 
xonasi shikastlangan bo`lsa ham avtomatik rostlagich oldindan belgilangan ish 
tartibini saqlaydi. Dispetcher bajaruvchi boshqaruv funksiyasi soddalashadi. Zarur 
bo`lgan holatlardagina u avtomatik rostlagichlarning joylashishini o`zgartirishi 
mumkin. Shuning uchun masofadan boshqarishda mahalliy avtomatlashtirish 
vositalarisiz faqat vaqtinchalik tadbir sifatida juda oddiy boshqaruv tizimlarida 
qo`llash mumkin. 

Download 3,59 Mb.
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   99




Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sug’orish tizimlarini avtomatlashtirish va boshqaruvining usullari

Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish