O’zbekisтon respublikasi oliy va o’rтa maхsus




Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/99
Sana18.05.2024
Hajmi3,59 Mb.
#242311
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   99
Bog'liq
darslik avtomatika asoslari

 
12.4. Gidravlik to`sqichlar 
Gidravlik to`sqichlarda suvdan olinadigan energiya hisobiga suvni tarqatish 
jarayonini avtomatik rostlash va oqimni me‘yorlashni amalga oshirish mumkin. 
Sug‘orish tizimlarida suv tarqatishni avtomatlashtirishda qo`llanuvchi to`sqich 
avtomatlarning bir necha turi mavjud, sarfni to`sqich avtomatik, Neyrnik» tipidagi 
to`sqich avtomatlar, to`g‘ri harakatlanuvchi avtomatik to`sqichlar va boshqalar. 
«Neyrpik» tipidagi avtomatik to`sqichlarga bir xil holatga o`rnatilgan 
gidravlik to`sqich-rostlagichlar bo`lib, bu holda to`sqichni holati rostlanuvchi 
sathga mos keluvchi nuqta atrofida bo`ladi (12.3- rasm). 
Bu to`sqichlar yordamida 3 xil usulda sathni rostlash mumkin. Yuqori b‘ef 
bo`yicha rostlashni amalga oshiruvchi avtomat-to`sqich, pastki be‘f bo`yicha 
rostlashni amalga oshiruvchi hamda aralash rostlashni amalga oshiruvchi to`sqich–
avtomatlarni sxemasi 12.2 va 12.3- rasmlarda berilgan. 


140 
Yuqorida b‘ef bo`yicha rostlashda bitta datchik o`rnatilgan bo`lib, o`rnatilgan 
sathda to`sqich bir tarafdan qarama-qarshi lekin bir biriga tang momentlar 
ta‘mirida, ya‘ni to`sqichni og‘irligidan hosil bo`luvchi moment va qarshi yuk 
momenti hisobiga ikkinchi tarafdan sath datchikiga ko`rsatiluvchi gidrostatik bosim 
ta‘sirida o`z holatida ya‘ni balans holatida bo`ladi. 
Agar to`sqich oldidagi sath ko`tarilsa yoki pasaysa tenglik yo`qoladi va 
to`sqich berilgan sath o`z holiga qaytishi uchun zarur bo`lgan kattalikka ochiladi. 
Rostlash jarayonida turli tebranishlarni yo`kotish maksadida to`sqichlar tarkibiga 
moyli amortizatorlar kiritiladi.
Pastki b‘ef bo`yicha sathni stabellash to`sqichi ham shu tartibda harakatlanadi, 
lekin sath datchigi pastki b‘ef tarafidan o`rnatiladi. 
Aralash rostlovchi avtomat to`sqich normal ish jarayonida pastki sath 
bo`yicha rostlashni amalga oshiradi, agar suv sathi yuqori b‘ef bo`yicha ko`tarilib 
ketsa, yoki suv yetishmasligi natijasida kelsa suv ko`rib qolishi kuzatilsa avtomatik 
ravishda yuqori b‘ef bo`yicha rostlash amalga oshiriladi. Bunday to`sqichlar 
mahsus kameraga joylashtirilgan ikkita sath datchigiga (membranali pukak) ega: 
ularning biri yuqori, ikkinchisi pastki b‘ef bilan bog‘langan. Yuqori b‘ef datchigi 
belgilangan sath yuqoriga ko`tarilganda to`sqichni ochadi, shuningdek sath 
minimal qiymatga erishganda uni yopadi. Bir vaqtni o`zida pastki b‘ef 
kamerasidagi datchik uning belgilangan sathini ushlab turadi. 
12.2-rasm. 
Suv 
sarfini 
avtomatik 
to`sqichi sxemasi: a) bitta tusqichli; b) 
qushaloq tusqichli; 1- suv chiqaruvchi
qisim; 2- suv tagidagi devorlar;
3-qo`shaloq 
egilgan 
kaziroklar;
4- ko`taruvchi mexanizim; 5- suriluvchi 
to`sqich;
 
 
 
12.3-rasm. 
Suvni 
sathini 
me’yorlovchi «Neyrpik» tipidagi 
gidravlik to`sqichlarning sxemasi: 
a) yuqori bef bo`yicha; b) pastki bef 
bo`yicha; v) aralash rostlovchi;
1-qalqovich; 2- to`sqich; 3- 
aylanish o`qi; 4- qarshi yuk;


141 
GTI larni avtomatlashtirishda suvni sathini tekis to`sqichlar yordamida pastki 
b‘ef bo`yicha stabilovchi regulyatorning tarkibiy sxemasini ko`rib chiqamiz (12.4-
rasm). Suvni berilgan sathi 1-topshiriq bergach (zadatchik) yordamida belgiladi va 
2-elementda amalda mavjud sath bilan solishtiriladi. 
Agar belgilangan sathdan chetga chiqish mavjud bo`lsa 2-solishtirish elementi 
3-kuchaytirish bloki (nul-organ) yordamida 5-ishga tushirgich orqali 6-elektr 
yuritilgani harakatga keltiradi. Buni natijasida sath o`zgarishi qiymati ishorasiga 
ko`ra 7-to`sqich tengsizlik yo`qotilguncha va belgilangan sath o`rnatilguncha 
ochiladi yoki yopiladi. 
Sxemadan 
ko`rinadiki, 
yopiq 
zanjirli 
rostlash 
tizimi 
tarkibiga
kanalning o`lchash va rostlash elementlari 8-sath datchigi va 7-to`sqich 
2.4– rasm. Suvni sathni pastki be’f bo`yicha stabillovchi regulyatorning tarkibiy 
sxemasi 
orasidagi masofaga ega bo`lgan qismi kiradi. Bu masofa bir necha un yoki yuzlab 
metr masofani o`z ichiga olishi mumkin. Shuning uchun bu holda 8-datchik oraligi 
bilan o`lchangan masofa bilan 7-to`sqich oralig‘idagi boshlang‘ich masofa 
oralig‘ida kechiqish vaqti paydo bo`ladi. Shuning uchun rostlash sxemasiga 4 - 
proporsional-impulsli rostlovchi organ kiritilishi maqsadga muvofiqdir. Bu 
rostlagich rostlash vaqtida kechiqish vaqtini yo`qotishga xizmat qiladi. By oraliqda 
rostlash jarayoni to`xtatiladi va to`sqichning elektr yuritmasi o`chiriladi. Bunday 
rostlagich proporsional - integral rostlagich deb yuritiladi, chunki bu holda berilgan 
impulslar vaqti nomosik vaqtiga proporsional ravishda o`zgaradi. Shunday qilib, 
suv tarqatishning bunday avtomatik boshqaruv tizimlarida boshqaruv ob‘ekti sof 
kechiqish vaqtiga ega bo`lgani uchun impulsli ART larini qo`llash maqsadga 
muvofiqdir. Sug‘orish kanali boshqaruv ob‘ekti sifatida sof kechiqishdan tashqari 


142 
inersion kechiqishga ega. Shuning uchun u kechiqish vaqtiga ega bo`lgan davriy 
inersion bo`g‘in ko`rinishida berilishi mumkin (T - vaqt doimisi). 
Bu holda vaqt tavsifnomalari kanalni sathini rostlash tizimi uchun 12.5 
- rasmda keltirilgan ko`rinishda berilishi mumkin/ 
12.5-rasm. Kanaldagi sug’orish tizimi rostlanuvchi parametrining o`zgarish 
tavsifnomasi
Agar
h
1
- kirish kattaligi noldan birgacha sakrashsimon ravishda o`zgarsa 2-
chiqish signali ham toza kechiqish vaqti bilan sakrashsimon tarzda o`zgaradi ( t - 
vaqti bilan) (12.5-rasm, 
a, b
). Umumiy rostlash vaqti 
t
kirish signalining o`zgarish 
vaqtidan chiqish signaining o`rnatilgan vaqtigacha bo`lagan kattalikni o`z ichiga 
oladi -
t+(3….5) T 
(12.5-rasm, 
v
), bu yerda ikkinchi qo`shiluvchi inersion 
kechiqish vaqti hisoblanadi.

Download 3,59 Mb.
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   99




Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekisтon respublikasi oliy va o’rтa maхsus

Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish