159
Vertikal markazdan qochma nasosning konstruksiya hususiyati shundaki
uning elektr yuritmasi vertikal yordamida ulanadi. Valin fiksatsiya qilish uchun
1,5…2m balandlikda yo`naltiruvchi podshipniklar o`rnatiladi. Ular yordamida
radial kuchlar hisobga olinadi. Yo`naltiruvchi podshipniklar suvli smazkaga ega va
unga texnik suv magistrali ulanadi. Texnik suv oqimi mavjudligi DS1, DS2
datchiklari yordamida nazorat qilinadi. Nasosning aylanuvchi qismi massasi
shuningdek qoldiq o`kiy kuchlar vertikal elektr yuritma tayanch qismi yordamida
qabul qilinadi. Elektr matori tayanch qismi, podshipniklari yuqori va pastki
yo`naltiruvchi qismlariga moy quyib qo`yiladi. Odatda tayanch va podshipniklar
suv bilan sovutiladigan moyli vannachalarda joylashtiriladi. DT1…DT4 datchiklari
tayanch va podshipniklar haroratini , D5 datchigi esa sovutuvchi suvni nazorat
qiladi.
Boshqaruv sxemalarida qo`llanuvchi apparatlar soni va gidromexanik
sxemalarni murakkabligiga ko`ra nasos uskunalari 4 guruhga ajratiladi:
-boshqarilmaydigan yordamchi qurilmalarga ega bo`lmagan nasos uskunalari
(bunday uskuna nasos agregatini boshqarish asosida amalga oshiriladi).
-bosim quvuridagi to`sqichli nasos uskunalari, lekin vakuum tizimiga ega
emas:
-bosim quvuridagi tusqichli va indivudial vakuum nasosli nasos uskunalari:
-bosim quvuridagi induvidal tusqich va umumiy vakuum uskunaga ega
bo`lgan nasos uskunalari.