Bo`lim bo`yicha nazorat savollari




Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/99
Sana18.05.2024
Hajmi3,59 Mb.
#242311
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   99
Bog'liq
darslik avtomatika asoslari

Bo`lim bo`yicha nazorat savollari 
1.
Gidromeliorativ tizimlarning avtomatlashtirish ob‘ekti sifatidagi xususiyatlari 
haqida tushuncha? 
2.
Gidrotexnik inshootlari ishining texnologiyasi haqida ma‘lumot bering? 
3.
Tekis tosqichlarni ko`tarish mexanizmlarining tuzilishi va ish prinsipi qanday? 
4.
Gidravlik to`sqichlarning turlari va ularning qo`llanishi? 


173 
5.
GTI to`sqichlarini avtomatik boshqarish sxemalari qanday? 
6.
Nasos uskunalarining avtomatik boshqarish sxemalarini tushuntiring? 
7.
Nasoslarni to‘ldirishning avtomatik boshqaruv sxemalari qanday? 
8.
Mahkamlovchi armaturani avtomatik boshqarish sxemalari haqida tushuncha 
bering? 
9.
Nasoslarni avtomatik boshqaruv tizimida qanday kontrollerlar qo‘llanadi? 
 
13-bob.
 Avtomatlashtirilgan boshqaruv va markazlashgan nazorat tizimlari 
13.1.Umumiy ma’lumotlar 
Suv 
xo`jaligi 
ishlab 
chiqarishida 
samaradorlik 
hamda 
mehnat 
unumdorligini oshirishda ilmiy-texnika taraqqiyotining asosiy yo`nalishlaridan biri 
bo`lgan texnologik jarayonlarning avtomatlashtirilgan boshqarish tizimini 
(TJABT) yaratish va tatbiq etishdir. Hisoblash texnikasi asosida yaratilgan 
texnologik jarayonlarning avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlar, texnologik 
komplekslarni boshqarishda mahsulotning sifat va miqdor ko`rsatkichlarini 
ma‘lum texnologik va texnik–iqtisodiy mezonlardan foydalanib, axborotlarni 
markazlashgan tarzda hisoblaydi. Suv xo`jaligi ishlab chiqarishida o`zgarib 
turadigan tashqi muhitning ta‘sirlari sharoitda ishlab chiqarish zahiralaridan 
foydalanish TJABT ning asosiy masalasidir. 
TJABTlarni quyidagi belgilari bo`yicha sinflarga bo`lish mumkin: 1) 
avtomatlashtirilayotgan ishlab chiqarishning xususiyati bo`yicha (uzluksiz va 
diskret uzluksiz ishlab chiqarish jarayoni); 2) boshqarish ob‘ektlarining 
murakkabligi bo`yicha; 3)funksional algoritmik belgisi bo`yicha (tizim 
hisoblaydigan boshqarish masalalari ko`lami va axborot hajmi); 4) tizimning 
texnikaviy darajasi bo`yicha. 
Boshqarish 
ob‘ektlarining 
murakkablik 
darajasi 
sifatida 
nazorat 
qilinayotgan kattaliklar va boshqaruv ta‘sirlarining miqdori ifodalanadi. 
Shuni 
qayd 
qilib 
o`tish 
kerakki, 
texnologik 
jarayonlarning 
avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi yordamida texnologik jarayonlarni avtomatik 
va avtomatlashtirilgan (odam ishtirokida) ravishda ‗tashkil etish mumkin, uning 
ishlab chiqarishning ABTsidan prinsipial farqi ham shudir, odam bunda 
korxonaning iqtisodiy faoliyatini boshqarish zanjirida ishtirok etadi. 
Texnologik jarayonlar darajasidagi boshqarish tizimlari real vaqt 
masshtabida, ya‘ni texnologik jarayonlar bilan bir vaqtda ishlashi lozim. Bu holda 


174 
boshqaruvchi hisoblash mashinasiga (BXM) axborotlar hajmi cheklangan 
massivlar shaklida emas, balki amalda cheksiz tasodifiy ketma-ketliklar shaklida
beriladi. Axborotlarni qayta ishlash esa cheklangan vaqt birligida bajariladi, 
ularning miqdori boshqarish vazifasi va ob‘ektlarning dinamik xususiyatlariga 
bog‘liq. Bundan texnologik jarayonlarning avtomatlashtirilgan boshqarish 
tizimlarni algoritmik ta‘minlashda qo`shimcha talablar vujudga keladi: ular 
o`zlarini iqtisodiy jihatdan oqlashlari lozim, ya‘ni birinchidan, axborotni qayta 
ishlashga ketgan vaqt bo`yicha, ikkinchidan esa BXMning xotirasidan foydalanish 
hajmi bo`yicha, boshqacha qilib aytganda kelayotgan axborotni o`z vaqtida «ko`rib 
chiqish» kerak. Bu talablarga iterativ siklik hisoblash (staxostik approksimatsiya 
yo`li bilan hisoblash, rekursiv regressiya yo`li va shu kabilar) usuli javob beradi. 
Ulardan quyidagi masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin: 1) texnologik 
kontrol va texnika-iqtisodiy ko`rsatkichlarni hisoblash vazifalarini o`rganganda 
kerakli foydali signalni ajratib olish; 2) ko`p o`lchashli, raqamli boshqarishda; 3) 
identifikatsiyalash va adaptatsiyalashda; 4) optimallash va koordinatlarda. 
Texnikaviy darajasi va murakkabligining ortishiga qarab TJABTni lokal, 
kompleks va integrallangan tizimlarga ajratish mumkin. 
Lokal TJABTlar – kam miqdordagi bir turli asosiy yoki yordamchi 
operatsiyalar texnologik jarayonlarining avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari 
(apparat, qurilma, agregat). Bu oraliq jarayon bo`lib, u yanada murakkab tizimga 
o`tishi lozim. Bunday tizimlar avtomatik ravishda bajarilayotgan vazifalarining 
kamligi bilan tavsiflanadi va bunda TJABT ning 0, 1, 2 sinflarini qo`llash 
maqsadga muvofiqdir. 

Download 3,59 Mb.
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   99




Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish