O’zbekisтon respublikasi oliy va o’rтa maхsus




Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/99
Sana18.05.2024
Hajmi3,59 Mb.
#242311
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   99
Bog'liq
darslik avtomatika asoslari

13.1-rasm. TJABTning funksional sxemasi
Avtomatik o`lchashning yuqoridagi usullari va texnikaviy vositalari 
yaratilmagan texnologik jarayonlarda tekshirilayotgan kattaliklarni aniqlash uchun 
kerakli kattalik bilan stoxastik bog‘langan bilvosta qiymatlarning o`lchash 
natijasini nazorat qilinadi. TJABT ning hisob masalalarini yechish uchun vaqt 
intervalida (smena, kun, oy) o`rnatilgan texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlardan 
foydalaniladi. Operativ boshqarish masalalarini hal qilganda texnika - iqtisodiy 


179 
ko`rsatkichlarning (TIK) ayni vaqtdagi qiymatlarini qiyinlashtiradi. Bu holda 
o`lchangan miqdorlarni transport kechikish miqdoriga surishga va uni transport 
kechikish miqdoriga teng bo`lgan vaqt intervalida o`rtachalashtirishga to`g‘ri 
keladi. 
Texnologik komplekslarni optimallash masalalarining katta o`lchamliligi 
tufayli dekompozitsiya prinsiplarini ishlatish tavsiya etiladi, ya‘ni tizimning global 
optimallash masalasi bir necha kichik o`lchamli va o`zaro bog‘langan texnologik 
bo`limlarni lokal optimallash masalalariga ajratiladi. Bunday ajratish strategiyasini
ximiyaviy texnologiya tizimlari uchun qo`llanilganda qo`yidagi tartib ishlatilsa 
maqsadga muvofiq bo`ladi: kattalikli stabillash; ayrim texnologik bo`limlarni lokal 
optimallash; butun texnologik tizim masshtabida koordinatsiyalash. 
Bu tartibni amalga oshirish uchun TJABT ning iyerarxik tarkibini sintez 
qilish masalasi ikki etapda yechiladi: 1) TJABT ning makrotarkibini sintez qilish 
jarayonida berilgan tizim blok holida quriladi («qora yashik» tipidagi bloklar) va 
tizim tarkibiy xususiyatlarining sifat analizi amalga oshiriladi, shuningdek, 
koordinatsiyalash masalasini yechishning yo`li ishlab chiqiladi; 2) TJABTning 
mikrotartibini sintez qilish jarayonda grafiklar nazariyasining matematik 
apparatidan foydalanib, loyihalash bosqichidayoq tizimning dinamik sxemasi to`la 
ochiladi. 
TJABTda xodisalarni avtomatik ko`rish deganda texnologik reglamentdan 
chetga chiqish, uskunalarning ishga yaroqsizligini o`z vaqtida payqashga aytiladi. 
Hodisalarni to`la tavsiflaydigan miqdorlarni davriy o`lchash, belgilangan qiymatlar 
bilan taqqoslash va boshqarish ta‘sirlarini yoki signallarni berish odatda payqash 
algoritmlarining vazifasiga kiradi. 
Texnologik jarayonning haqiqiy kechishini quyidagicha tavsiflash 
mumkin: normal holat, bunda texnologik rejim belgilangan reglamentga to`g‘ri 
keladi; o`tkinchi holat – reglamentdan chetga chiqilmagan, biroq chetga chiqish 
belgilari paydo bo`ladi; anomal holat – texnologik reglametdan chetga chiqilgan 
payt (avariya vaziyati vujudga kelgan holat ham shunga kiradi). 
Davriy texnologik jarayonlar uchun texnikaviy tashxis masalasi ob‘ektga 
boshqarish ta‘sirlarini ko`p marotaba yuborib boshqarishga keltiriladi; boshqarish 
ta‘sirlarga ob‘ektning ko`rsatgan reaksiyasiga bog‘liq. Uzluksiz texnologik 
jarayonlar uchun bu masalaning vazifasi jarayon holatini yetarli darajada 
aniqlaydigan nazorat kattaliklarini tanlashdan iborat. 


180 
U yoki bu holda ham tashxis natijalari texnologik jarayonga BXM 
tomonidan aktiv aralashish uchun foydalaniladi. Anomal holatlar uchun texnikaviy 
tashxislashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 1) texnologik jarayonda 
anomal holat borligini o`z vaqtida aniqlash; 2) material hamda energetik oqimlarni 
tashiydigan qurilma va uskunalar holatining texnikaviy tashxisi; 3) anomal 
vaziyatlar va tizimning normal holatidan chetga chiqishlarning matematik modelini 
yaratish (identifikatsiyalash); 4) chetga chiqish sabablarini faol yo`qotish va 
ajratish, ya‘ni texnikaviy tashxislash tizimining boshqarish algoritmini yaratish; 5) 
matematik modellar va texnikaviy tashxislash algoritmlarini yaxshilash maqsadida 
statistik ma‘lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash. 
Texnologik jarayon anomal holatlarining texnikaviy tashxislash usullarini 
yaratishning dastlabki bosqichida faqat jarayonning holati va uning buzilish 
manbalari orasidagi bog‘lanish tarkibini analiz qilish bilan ko`rish mumkin 
(texnikaviy tashxislash mantiqiy modeli). Texnologik jarayonning holati 
kattaliklarning ayni paytdagi qiymatlarini yo`l qo`yilgan (yoki reglamentdagi) 
qiymatlar bilan taqqoslanib aniqlanadi. Bu o`zgarishlarni darak beruvchilar 
deyiladi. Darak beruvchilar deganda faqat fizikaviy miqdorlarning (bosim, harorat 
va boshqalar) o`zgarishigina emas, balki o`lchanayotgan miqdorlarning statik 
tavsifnomalari va funksiyalarining o`zgarishlari ham tushuniladi. 
Texnikaviy tashxislash mantiqiy algoritmlarini yaratishning ikkita asosiy 
prinsiplarini alohida ko`rsatish mumkin: kombinatsiyalangan va ketma-ket. 
Kombinatsiyalangan usulda tekshirish tartibining texnologik holati e‘tiborga 
olinmasa, ketma-ket usulda texnologik holat haqida axborotdan keyingi natijalar 
analiz qilinadi. 
Texnologik jarayon holatining mantiqiy modelini ikki bosqichda, ya‘ni 
determinlangan va statistik hisoblash bosqichlarida amalga oshirish maqsadga 
muvofiq. Shunday qilinganda texnikaviy tashxislashni qo`yish masalasi ancha 
soddalashadi, model o`lchami kichiklashadi va tashxislash aniqligi ortadi. 
TJABTning texnikaviy vositalari va BXM ning ishga yaroqsizligida tashxislashni 
uskuna, test va programmali mantiqiy nazorat usullari yordamida amalga oshirish 
algoritmi ancha murakkab bo`lganligi tufayli TJABTning ayrim masalalariga mos 
bo`lgan ko`pgina yordamchi algoritmlari bo`lishi mumkin. 
Shunday qilib, BXM da saqlanadigan va o`zining programmasiga ega 
bo`lgan ayrim algoritmlar o`zgarib turuvchi ishlab chiqarish vaziyatiga qarab 


181 
harakat qiladi. 

Download 3,59 Mb.
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   99




Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekisтon respublikasi oliy va o’rтa maхsus

Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish