175
13.2. Texnologik jarayonlarning avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarning
asosiy vazifalari
Texnologik
jarayonlarning
avtomatlashtirilgan
boshqarish
tizimlar
murakkab, ko`p vazifali tizimlar turiga kiradi. Bu sinfning ko`p
vazifaliligi qator
faktorlar bilan ifodalanadi, ya‘ni: identifikatsiyalash; kontrol, himoya va
blokirovka; rostlash va boshqarish kabi ayrim funksional yordamchi tizimlarning
borligi; lokal, ayrim boshqarish
masalalarining umumiy, global maqsadga
bo`ysunishining natijasi; yordamchi tizimlar orasidagi ko`p sonli aloqalarning
borligi; ayrim ob‘ektlarni boshqarishning markazlashuvi va, nihoyat,
turli
vazifalarni bajarishda bir xil texnikaviy vositalardan foydalanish imkoniyati
mavjudligidir. TJABTlar bajargan vazifalarni quyidagi uch guruhga bo`lish
mumkin: informatsion, boshqaruv va yordamchi.
TJABTlarning informatsion vazifalari ishlab chiqarish hodimlariga
(operatorlaga, dispetcherlar) texnologik jarayonda bo`layotgan o`zgarishlarni o`z
vaqtida bilishga imkoniyat yaratadi, texnologik jarayonlarning ketishi haqida aniq
axborotlar ishlab chiqishda keraksiz mahsulotlarning kamayishiga olib keladi:
1) texnikaviy va texnologik axborotlarni to`plash, dastlabki ishlash va saqlash;
2) jarayon va texnologik uskunalar holatining kattaliklarini bilvosita o`lchash; 3)
texnologik jarayon va uskunalar kattaliklarining holatini belgilash hamda signal
berish; 4) texnologik jarayon va texnologik
uskunalarni hisoblash; 5) yuqori va
qo`shni tizimlarga hamda boshqarish bosqichlariga axborotni tayyorlab berish;
6) texnologik jarayon kattaliklari, texnologik uskunalar holati va hisoblash
natijalarini
qayd qilish; 7) jarayon kattaliklari va uskunalar holatida berilgan
miqdordan farqlarini nazorat va qayd qilish; 8) texnologik uskunaning himoya va
blokirovka vositalari ishini taxlil etish; 9) texnikaviy vositalar komplekslari
holatini tashxis
qilish va oldindan aytish; 10) texnologik jarayonlarni olib borish,
shuningdek, texnologik uskunalarni boshqarish uchun axborot va ko`rsatmalarni
operativ ravishda tayyorlash; 11) yuqori bosqichli va qo`shni boshqarish tizimlari
bilan axborotning avtomatik almashinishini ta‘minlash.
Texnologik jarayonni bevosita boshqarish masalasi TJABTlarning
boshqarish vazifasini tashkil qiladi. Bunda boshqarish ta‘sirlari
operatorning
ishtirokisiz avtomatik tarzda amalga oshirilishi mumkin yoki operatorga ma‘lum
bir ko`rsatmalar ko`rinishida berilishi (bularni operator qabul qilishi yoki rad etishi
mumkin), yohud operator ko`rib chiqqandan so`ng avtomatik tarzda ta‘sir etishi
176
mumkin. TJABT larning boshqarish vazifalari quyidagilardan iborat: 1)
texnologik
jarayonning ayrim kattaliklarini rostlash; 2) bir marotaba mantiqiy boshqarish
(himoya, blokirovka qilish); 3) kaskadli rostlash; 4) ko`p aloqali rostlash; 5) diskret
boshqarishda programmali va mantiqiy operatsiyalarni bajarish; 6) texnologik
jarayonning turg‘un holatini optimal boshqarish; 7) texnologik
jarayonning noturg‘un holati va uskunalar ishini optimal boshqarish; 8) boshqarish
tizimini moslashtirgan holda butun texnologik ob‘ektni optimal boshqarish.
TJABT larning yordamchi vazifalari quyidagilardan iborat: 1) tayyor
mahsulot ishlab chiqarishda smena va kunlik vazifalarga operativ o`zgartishlar
kiritish; 2) hisoblash masalalarini hal etish; 3) texnologik uskunalarning to`la
ishlashini nazorat qilish; 4) tizimdagi g‘ayri-tabiiy vositalarni oldindan ko`rsatish;
5) yuqori bosqich tizimlar bilan aloqani ta‘minlab berish; 6) tizimning texnologik
vositalari buzilishini oldindan ko`rsatish.