177
Jarayonning ayrim kattaliklarini avtomatik rostlash avtomatlashtirilayotgan
agregat yaqiniga o`rnatilgan uskunalarning ko`rsatishi asosida amalga oshiriladi.
Boshqarish tizimining
ikkinchi bosqichi kontrol, rostlash va masofadan
turib boshqarishning markazlashish darajasining yanada ortishi bilan tavsiflanadi
va tizimda odam–operator paydo bo`lishi bilan farq qiladi. Bunda boshqarish
alohida shitga o`rnatilgan uskunalar orqali amalga oshiriladi.
Boshqarish tizimining uchinchi bosqichida texnologik kattaliklar va uskuna
holatlari haqidagi programma asosida olingan nominal miqdorlar kuzatish rejimida
ishlaydigan quyi bosqichga foydalanish va amalga oshirish uchun yuboriladi.
Boshqarish tizimi iyerarxiyasining to`rtinchi
bosqichi texnologik jarayon
kattaliklari va uskuna holatlarining optimal miqdorlarini izlaydi hamda quyida
joylashgan funksional yordamchi tizimlarning ishini boshqaradi.
Shunday qilib, avtomatik rostlash tizimining algoritmik ta‘minlash
boshqaruv-hisoblash kompleksining tarkibini aniqlash, shuningdek, BXM ning tez
ishlashi, xotira hajmi va ishonchliligi talablarini ishlab chiqish imkonini beradi.
Shu talablar asosida BXM tanlanadi va TJABT ni sintez qilish masalasi
yakunlanadi. TJABT ning algoritmik ta‘minlash tarkibi quyidagi funksional
masalalarni o`z ichiga olishi lozim: 1) texnologik
jarayonning borishi
markazlashtirilgan nazorat qilish; 2) ishlab chiqarishning ko`rsatkichlarini operativ
hisoblash; 3) bevosita raqamli boshqarish (BRB); 4) texnologik bo`limlarni lokal
optimallash;
5)
butun
texnologiya
bo`yicha
global
optimallash
va
koordinatsiyalash; 6) hodisalarni avtomatik aniqlash; 7) BXM va TJABT vositalari
ishga yaroqsizliklarining texnikaviy tashxisi; 8) axborotni hizmat hodimlariga
optimal
ravishda berish; 9) ma‘muriy-texnologik hodimlarni va boshqarishning
yuqori tizimlarini kerakli qarorlar chiqarish uchun yetarli hajmda axborotlar bilan
ta‘minlash.
Texnologik jarayonning borishi ustidan markazlashtirilgan nazorat qilish -
boshqarish maqsadida yoki operatorga tayyorlash uchun axborotni BXMda maxsus
hisoblash usullari orqali amalga oshiriladi. Axborotni markazlashtirilgan nazorat
qilish mashinalari ham signallarni qayta ishlashi mumkin. Bu holda quyidagi
amallar bajariladi: uzluksiz o`lchanayotgan signallarni diskret o`zgartirish,
kodlash,
dekodlash, ekstrapolyatsiyalash (interpolyatsiyalash), to`g‘ri chiziqqa
keltirish, filtrlash.
Uzluksiz signallarni darajasi bo`yicha kvantlash V.A. Kotelnikov
178
teoremasiga asoslangan bo`lib, u o`lchanayotgan miqdorni o`zgartgich kodining
kichik xonasi birligiga teng bo`lgan kvantlash qadamiga karrali bo`lgan
yaqin
miqdor bilan almashtirishdan iborat. Datchiklarning sezgir elementlari odatda,
chiziqli bo`lmagan statik tavsifnomasiga ega. Bu teskari funksional o`zgartirish
to`g‘ri chiziqqa keltirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Uzluksiz signallarni diskret
o`lchashda analog signalli so`roqlash chastotasini to`g‘ri tanlash muhim
ahamiyatga ega. So`roqlash chastotasi kamayib ketsa axborotning yo`qolishiga,
o`lchov chastotasi haddan tashqari oshib ketsa, sxemaning
murakkablashishi va
mashina vaqtining isrof bo`lishiga olib keladi. Agar o`lchanayotgan miqdorning
kattaligi kerak bo`lsa va u analog signalining so`rash momentiga mos tushmasa,
ekstrapolyatsiya (yoki interpolyatsiya) usullari ishlatiladi. Bizni qiziqtirayotgan
o`lchanayotgan miqdorning qiymatini oldingi so`roqlashlar natijalari asosida olish
kerak bo`lsa, u holda ekstrapolyatsiya oldingi o`lchanayotgan miqdor qiymati zarur
bo`lsa, interpolyatsiya usulidan foydalaniladi.
Ishlab chiqarishning natijaviy ko`rsatkichlarini bevosita o`lchashning iloji
bo`lmasa, u holda ular oldindan belgilangan nisbatlar orqali hisoblanadi.
Bularga
quyidagilar kiradi ishlab chiqarishning texnika-iqtisodiy ko`rsatkichlari (f. i. k)
mahsulot birligi uchun sarflangan energiya yoki, ashyo vaqt birligida material yoki
energiyaning sarfi va boshqalar