O’zbekisтon respublikasi oliy va o’rтa maхsus




Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/99
Sana18.05.2024
Hajmi3,59 Mb.
#242311
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   99
Bog'liq
darslik avtomatika asoslari

 
 
 
 
 
 


184 
14-bob.
 Telemexanik tizimlarini qurish prinsiplari
«Telemexanika» termini ikkita grek so`zidan iborat. «Tele» - masofa, 
«Mexanika» - «master», telemexanika – bu fan va texnikaning shunday oblastki, bu 
yerda o`lchash, signallash va boshqaruv masalalari inson ishtirokisiz masofaga 
signal uzatish orqali bajariladi. 
Maxalliy distansion boshqaruv tizimlarida boshqaruv shunkti va ob‘ektlari 
bir-biridan uncha uzoq bo`lmagan masofaga joylashtiriladi. Ular orasidagi masofa 
bir necha yuz metr oralig‘ida bo`ladi. Bu holda har bir boshqaruv o`tkazish liniyasi 
orqali uzatiladi. O`tkazichlarning umumiy soni, n=m+m
1
, bu yerda m- buyruq va 
axbarotlar soni; m
1
– teskari o`tkazgichlar soni. Lekin ob‘ektlar boshqaruv 
punktidan yuzlab kilometr masofada joylashgan bo`lsa, har bir buyruq xabarni 
alohida o`tkazgich orqali uzatish mumkin emas. Bundan tashqari, buyruq va 
xabarlarni uzoq masofaga uzatishda signallar aloqa liniyalaridagi turli o`zgarishlar 
natijasida amalga oshirishda maxsus qurilmalardan foydalanilmoqda. Bu qurilmalar 
har bir buyruq uchun individual o`tkazgichlarni o`rnatishni talab qilmaydi va 
axborotni uzatish aniqligi ortadi. Bunday qurilmalar telemexanik tizimlar deb 
nomlanadi. 
Telemexanika tizimlarida mahalliy avtomatlashtirish tizimlaridan farqli 
ravishda buyruq va xabarlarni uzatish uchun qo`llanuvchi o`tkazgichlar soni bir 
necha bor kamaytirish mumkin. Ko`p hollarda bir nechta ob‘ektlarni boshqarishda 
bitta ikki o`tkazgichli aloqa liniyasidan foydalanish mumkin. Bunda o`tkazgichli 
yoki radioaloqa liniyasi bo`ladi. Shuning uchun elektr zanjirlarida ko`p signallarni 
bir vaqtni o`zida bitta liniyadan uzatish hozirgi kunda keng tarqalgan. Xabarlarni 
bir-biriga bog‘liq bo`lmagan holda uzatishni ta‘minlovchi texnik vositalar 
yig‘indisi aloqa kanali deb yuritiladi. Shunday qilib, bitta aloqa liniyasi orqali bir 
nechta aloqa kanalini hosil qilish mumkin. 
Telemexanik tizimlar quyidagi xususiyatlarga ega: 
-
ishlab chiqarishni boshqarish jarayonida xabarlarni uzatishda katta 
kechiqishlarga yo`l qo`yilmaydi, chunki buning natijasida avariya holatlari kelib 
chiqishi mumkin. 
-
Buyruqlarni uzatishda yuqori ishonchlilikka ega bo`lish lozim, chunki 
noto`g‘ri axborotlar ham avariya holatlariga olib kelishi mumkin. Telemexanik 
boshqaruvda, misol uchun, noto`g‘ri axborot berilishining ehtimoli 10
-8
…10
-13
ni 
tashkil etadi. 


185 
-
Teleo`lchov axborotlari yuqori aniqlikda bo`lishi talab etiladi (0,1%gacha). 
Bajaradigan vazifalarigi ko`ra quyidagi telemexanik qurilmalarni ajratib 
ko`rsatish mumkin: teleboshqaruv qurilmalari (TB) – boshqaruv buyruqlarini 
uzatish, shu jumladan ishlab chiqarish ob‘ektlarini ishga tushirish, to`xtatish, 
uskunalarni holatini o`zgartirish va boshqa maqsadlar uchun qo`llaniladi; 
telesignallash qurilmalari (TS) – nazorat qilinuvchi ob‘ektlarning holati haqida 
xabar berish maqsadida qo`llanadi. Teleo`lchov qurilmalari (TO`) – o`lchanayotgan 
kattalikning uzluksiz o`lchanuvchi qiymatlari haqida ma‘lumot beradi. 
Ob‘ektlarni boshqarishda ularning holati haqida axborotga ega bo`lmay turib 
boshqarishni amalga oshirib bo`lmasligini hisobga olgan holda ko`pincha 
teleboshqaruv va telesignallash tizimlari birgalikda telemexanik tizim ko`rinishida 
beriladi (TB-TS). Shu bilan birga umumiy aloqa liniyasida kompleks telemexanik 
tizimlarni ham qo`llash keng tarqalgan. Bunday tizimlar TO`, TS, TB ning hamma 
vazifalarini bajaradi. Ko`p hollarda telefon aloqasi ham shu guruxga qo`shiladi. 
Telemexanik tizimlar orqali uzatiluvchi axborotlar hajmi kengayib, hozirgi 
kunda TB, TS, TO` tizimlari bilan bir qatorda integral parametrlarni o`lchash, 
telerostlash (TR), rostlagichlar uchun kodlash buyruqlarini uzatish, telemexanik 
tizimlarni teleavtomatik va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarida hisoblash 
mashinalari bilan ishlatish tavsiya etilyapti. Telemexanik tizimlarni yaratishda 
integral sxemalar va mikroprotsessorlarni qo`llash telemexanikani rivojlantirishda 
muhim o`rin tutadi. 

Download 3,59 Mb.
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   99




Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekisтon respublikasi oliy va o’rтa maхsus

Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish