166
mexanizmlar ishlab chiqiladi. Ular konstruktiv va sxemali ko`rinishi jihatidan farq
qiladi, lekin quyidagi bir xil vazifalarni bajarishi mumkin: yuritmani oxirgi
holatda yoki oraliq holatlarda to`xtatish: yuritmani distansion yoki avtomatik
ravishda ishga tushirish: aylantiruvchi moment ortib ketganida yuritmaning
harakatlantiruvchi qismlari yoki ishchi organlari yedirilib ketsa yo`l o‘chirgichlari
ishdan chiqsa yuritmani avtomatik ravishda ishdan to`xtatish: ishchi organing
oxirgi holatini signallash: ishchi organini belgilangan vaqtdagi holatini strelkali
ko`rsatkich yordamida joyiga qarab mahaliy ravishda aniqlash: ishchi organi
ixtiyoriy oraliq holatini maxsus holat ko`rsatkichi yordamida distansion ko`rsatish
bilan blokirovka qilish: maxovik yordamida qo‘lda boshqarish. Bunday ijro
mexanizmlari ham bajarishi mumkin. Avtomatlashtirilgan nasos stansiyalarida
doimiy xizmatchi hodimlar bo`lmaydi, shuning uchun o`rnatilgan ijro
mexanizmlari mahkamlovchi armatura hamda avtomatik boshqaruv uskunalariga
yuqori darajadagi talablar qo`yiladi.