12.9. Nasoslarni to`ldirishni avtomatik boshqaruv sxemalari
Agar nasoslarni oldindan to‘ldirishda akkumlyatordan foydalanilmagan bo`lsa
yoki boshqa usullar qo`llanilmagan bo`lsa turli vakuum uskunalardan foydalaniladi.
Vakuum uskunalarining gidromexanik sxemasi nasos uskunalarini oldindan
to`ldirishda 12.23- rasmda berilgan.
12.23– rasm. Vakuum uskunalarining gidromexanik sxemasi
160
Vakuum nasosini normal rejmda ishlashi uchun suvni doimiy aylanishini
ta‘minlash zarur, bu esa 3-idish (bochka) yordamida amalga oshiriladi. Bu
idishdan suv 5-quvurga (so`ruvchi) uzatiladi va havo bilan birga vakuum nasos
korpusiga tushadi. So`ngra ishchi g‘ildirak aylanishi bilan havo va ortiqcha suv 4-
yutuvchi quvur orqali qaytadan idishga chiqarib beriladi.
Avtomatlashtirishda 2-rele (datchik) o`rnatiladi. Bu esa suvning sathi va
sarfini nazorat qiladi va to`ldirish jarayoni tugagani haqida signal beradi.
Elektromagnit ventil (VEM) yoki elektr yuritmali ventil yordamida vakuum
nasosini asosiy to`ldiriluvchi nasos bilan ajraladi. Vakuum nasos yuritmasi qisqa
tutashuvli 1,5..2,2 kVtli asinxron motor bilan amalga oshiriladi.
Ko‘rib chiqilgan jarayon yakka nasos uskunasiga tegishli. Nasos
stansiyalarida nasoslarni to`ldirishni 2 xil usuli mavjud:
- alohida vakum nasos bilan to`ldirilgan nasos agregati bilan to`ldirilgan
nasos agregati.
- stansiya bo`yicha barcha nasoslarni baravar bitta vakuum nasos bilan
to`ldirish.
Nasos stansiyasi vakuum sistemasi individual vakuum nasoslari bilan,
umumiy vakuum stansiyasi bilan elektr surg‘ich nasos agregati individual relesi,
vakuum nasos uskunasi, sirkullasiyasi bochkasi, saqlovchi bochka, to`ldirishni
nazorat qiluvchi umumiy rele bo`yicha vakuum – uskunani ikkita vakuum nasos
(ishchi va rezerv) bilan ta‘minlanadi.
12.24-rasm. Nasos stansiyasi vakuum sistemasi:
a) individual vakuum nasosi bilan; b) umumiy vakuum uskunasi bilan; 1 – elektrlashtirilgan
surgich; 2 – nasos agregati; 3 – elektromagnit ventil; 4 – individual to`ldirishni nazorat relesi;
5 – vakuum nasos uskunasi; 6 – sirqo`lyatsiya baki; 7 – saqlash baki; 8 – to`ldirishni umumiy
nazorat relesi
161
Nasos uskunasining ishga tushirishga buyruq berilganda avval ishchi vakuum
– nasos ishga tushadi. Agar belgilangan vaqt davomida vakuum hosil bo`lmasa
nasos agregati ishga tushmaydi. Bu holda rezerv vakuum uskunasi ishga tushadi.
Agar rezerv nasos belgilangan vaqt ichida ham vakuum hosil qilmasa, nasos
agregati ishga tushmaydi va boshqaruv punktiga avariya signali uzatiladi, bu holda
to`ldirishni induvidual nazorat relelari o`rniga barcha uskuna uchun bitta rele
o`rnatilishi mumkin. Suvli ishdishda sath relesi yordamida sathni nazorat qilinadi
va idishdagi suv belgilangan sathga yetsa nasosni to`ldirish ta‘minlanganda va
vakuum nasos ishdan to`xtaydi. Vakuum nasosi to`xtagandan so`ng suvli idishning
chiqish joyidagi solenono ventil ochiladi va u bo`shatiladi. Keltirilgan sxemalarni
solishtirish natijasida shuni ko`rsatish mumkinki o`rtacha nasos agregati
o`rnatilgan nasos stansiyalarida individual vakuum nasoslarini, uchtadan ortik
agregatlar o`rnatilgan nasos stansiyalarida esa umumiy vakuum – uskunani
ishlatilsa maqsadga muvofiq bo`ladi. Shunday ish tartibiga ega bo`lgan nasos
stansiyalari borki nasos uskunalari buyruq berilgan zahoti ishga tushirilshi zarur
bo`ladi. Bunday hollarda vakuum qozoniga ega bo`lgan vakuum uskunalar
qo`llanishi mumkin (12.24-rasm, b).
Bunday uskunalarning afzalligi shundaki, bunda barcha nasoslarda doimiy
suv to`ldirilgan holda bo`lib har doim ishga tayyor bo`ladi. Rasmdan ko`rinadiki,
barcha nasos agregatlarining umumiy vakuum liniyasi vakuum qozoni bilan
ulangan bo`lib, vakuum nasoslar avtomatik ravishda tegishli vakuumga moslangan
ma‘lum suv sathini nazorat qiladi, bu holda ishga tayyorlangan barcha nasos
agregatlarida suv to`ldirilgan bo`ladi.
Nasos agregatlari umumiy vakuum liniyasiga solenod ventillari yordamda
ulanadi. Ishlab turgan nasoslar uchun ventillar yopiq holda, ishlamayotganlari
uchun ochiq holda bo`ladi.
Vakuum qozonidagi elektrodli datchiklar yordamida 3 xil sath: yuqori, past,
avariya sathlari nazorat qilinadi. Vakuum tizimida havo paydo bo`lsa, vakuum
qozonidagi suv sathi pasaydi. Suvning sathi pastki holatga yetganda birinchi
vakuum nasosni qo`shish uchun impuls beriladi. Sathni avariya holatigacha
bo`lgan sathga kamyshi natijasida ikkinchi vakuum nasosi ishga tushadi. Suv
yuqori satga yetishi bilan vakuum nasoslar avtomatik ravishda ishdan to`xtatiladi.
162
12.25– rasm. Vakuum qozoni yordamida nasoslarni avtomatik to`ldirish sxemasi:
1 – asosiy nasos agregati; 2 – solenoid ventillar; 3 – vakuum qozoni; 4 – vakuum
nasosi; 5 – sirqo`lyatsiya baki; 6 – sathni signallar; 7 – signal lampalari;
8 – elektrokontaktli vakuummetr.
|