143
chunki bu yerda suv chiqarish inshootlarining normal ish tartibi saqlanadi.
Yuqori b‘ef bo`yicha rostlashning asosiy
xususiyati shundaki, b‘eflar
orasida
teskari gidravlik aloqa yo`q, buning natijasida yuqori joylashtirilgan b‘eflarga quyi
b‘eflardagi o`zgarishlar ta‘sir ko`rsatilmaydi. Suv olish vaqtida kanalga suv
yig‘ilmaydi, kanalni oxirigacha harakterlanib, chiqarib yuboriladi.
Yuqori b‘ef bo`yicha ko`rilgan rostlash tartibi kanalni normal ish sharoitlariga
to`g‘ri keladi. 12.6– rasmning «
b
», «
v
» ko`rinishlariga avariya holatlaridagi
o`zgarishlar ko`rsatilgan. Agar to`suvchi inshoot ishdan chiqsa, to`sqich
ochiq
holatda tuxtab koladi. Bu holda ushbu b‘efda normal belgilangan sath o`zgarib bu
bulimdagi iste‘molchilarga suv uzatilmaydi. Odatda ulardan olinadigan suv sarfi
oxirgi tashlama inshootiga uzatiladi. Kanaldagi to`sqichni yopik holatda tuxtab
kolishi xavfli avariyalardan hisoblanadi, chunki kanal b‘efi
toshib ketib maxsus
inshootlar va dambalarga zarar yetkazishi mumkin. Shuning uchun b‘ef tulib
ketmasligi uchun maxsus qurilmalar urnatiladi. Kanalning yuqori b‘ef bo`yicha
rostlash tizimi yetarlidarajada ishonchli ishlaydi va u xozirgi kunda keng
qo`llanilyapti.
b) Pastki b‘ef bo`yicha avtomatik rostlash sxemasi (PB). Bunday sxema
kanaldagi suvni sathini tusuvchi inshootlarning pastki b‘eflari bo`yicha stabillashni
ta‘minlaydi. B‘eflardagi erkin yuza egri chiziklarining o`zgarishi 12.7, a–
rasmda
keltirilgan.
B‘efning tag qismiga parallel ulgan 4 – egri chizik Q
max
– massimal sarfga
tugri keladi, 2 – egri chiziq – boshlangich sarf Q = 0 ga to‘g‘ri keladi.
Chegaraviy egri chiziklar tusuvchi inshootning pastki b‘efida kesishadi, hosil
bo`lgan uchburchak 0
Q
Q
max
sarflarga tugri keladigan sath o`zgarishlari
chegaralarini aniqlaydi.
Pastki b‘ef bo`yicha rostlashning xususiyati shundaki, rezerv sigimlarda
iste‘mol ham uz vaqtida suvning tuplanishi va uni suv olish kupaygan vaqtda
sarflanishidir. 12.7, a– rasmdan kurinadiki,
berilgan sarf va Q
max
yuzaga tugri
keladigan erkin yuza bilan chegaralangan uchburchakdagi suv xajmi b‘efning
rezerv xajmi hisoblanadi va rostlash xajmi deyiladi. Pastki b‘ef bo`yicha rostlash
sxemasida gidravlik teskari aloka mavjud. Shuning uchun b‘eflardan biridagi
iste‘molchilarning o‘rnatilgan ish tartibi o`zgargan
vaqtda tizimdagi barcha
yuqoridagi b‘eflarni, bosh inshootgacha kaytadan rostlash imkoniyati bo`ladi.
v) Kanal b‘efini tashqi ta‘sirlar bo`yicha avtomatik rostlash sxemasi. Yuqorida
144
ko‘rilgan sxemalarda b‘efdagi suvning sathi rostlanuvchi parametr hisoblanadi. Bu
kattalikni berilgan qiymatidan chetga chiqishi avtomatik rostlash tizimini ishga
tushiradi. Rostlashning bu prinsipiga chetga chiqishlar bo`yicha rostlash prinsipiga
asoslanadi, chunki bu yerda xatoliklar ma‘lum qiymatga yetganda avtomatik
rostlash o‘z ishini boshlaydi. Tashqi ta‘sirlar bo`yicha rostlashda esa tizim
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ushbu ta‘sirni yo‘qotishga yo‘naltiriladi. Kanal b‘efini
tashqi
ta‘sirlar bo`yicha rostlash tizimi sxemasi 12.8 –rasmda keltirilgan.
12.6 – rasm. Yuqori b’ef bo`yicha 12.7 – rasm. Pastki b’ef bo`yicha
avtomatik rostlash sxemasi avtomatik rostlash sxemasi
Bu holda b‘efga keluvchi suv, suv sarfi, pastki b‘efga tushuvchi suvlarning
miqdori algebraik kushiladi:
Q
keluvchm suv sarfi
= q
1
+q
2
+q
3
+q
4
+q
5
+q
6
+q
7
Yuqorida joylashgan tusuvchi inshootdagi to`sqichlarni holati kiruvchi suv
xajmi va chiquvchi suv sarfi orasidagi hosil bo`lgan farkka bog‘liq. Agar kiruvchi
miqdor sarfdan katta bulsa, to`sqich
yopiladi, teskari holatda esa utskich ochiladi.
Elektr avtomatlashtirish vositalari qo`llanganda rostlash jarayonida tashqi
ta‘sirlarni paydo bo`lish vaqtiga nisbatan kechiqish bo`lmaydi.