O’zbekisтon respublikasi oliy va o’rтa maхsus




Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/99
Sana18.05.2024
Hajmi3,59 Mb.
#242311
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   99
Bog'liq
darslik avtomatika asoslari

 
 
Sug’orish tizimlarini avtomatlashtirish vazifalari

Har bir nazoratchi xodim 
bir necha yaqin joylashtirilgan inshoatlarga xizmat ko`rsatadi. To`siqlarning holati 
odatda qo`l yordamida harakatga keltiriluvchi ko`tarma mexanizimlar yordamida 
boshqariladi, suv sathi va sarfining o`zgarishlari o`rnatilgan asboblar yoki reykalar 
bilan tekshiriladi.
 
Ma‘sul gidrouzellar, inshoatlar va ekspluatatsiya qilinayotgan bolimlar bilan 
dispetcher telefon aloqasi orqali bog‘lanadi. Agar dispetcher xizmatida telefon 
aloqasidan boshqa texnik vositalar bo`lmasa, suv tarqatish jarayonini nazorat 
qilishda hisobot quyidagicha tayyorlanadi: har kuni ertalab bo`lim gidrotexnigi 
foydalanilayotgan bo`lim bo`yicha suv chiqarish inshoatlaridagi suv tarqatish 
balansini tuzadi, olingan sutkalar uchun nazoratchi xodimlarning bergan 
ma‘lumotlari asosida bajariladi (o`lchovlar asosan ikki marta - ertalab va kechqurun 
olinadi). O`lchovlar oralig‘idagi vaqt davomida sarfni o`zgarmas deb qabul 
qiladilar. Foydalanuvchi bo`lim va yirik uzellarning suv tarqatish balanslari tizim 
dispetcheriga uzatiladi. Bu yerda olingan ma‘lumotlar asosida o`tgan sutka 
davomida butun tizimdagi umumiy suv tarqatish balansi tuziladi, suvdan 
foydalanish rejasi bilan solishtiriladi va kerak bo`lgan hollarda ma‘lum 


134 
o`zgartirishlar kiritilishi mumkin. 
Dispetcherlashtirishning bunday shakli xizmat ko`rsatishning faqat ma‘lum 
qisminigina hal qilishi mumkin, negaki boshqariluvchi va nazorat qilinuvchi 
ob‘ektlar bilan bevosita aloqa o`rnatmasdan turib ulardagi haqiqiy holat haqida 
yetarli ma‘lumotga ega bo`lishi qiyin. O`lchov tizimi natijalari, telefon aloqasi 
orqali dispetcherdan olingan farmoishlarning bajarilishi haqidagi ma‘lumotlar 
dispetcher punktiga katta kechiqishlar bilan yetib keladi. Ko`p hollarda ularni 
tekshirish imkoniyati bo`lmaydi va operativ boshqaruv uchun qo`llash mumkin 
emasligi ko`rinadi. 
Mahsus boshqaruv va nazorat texnik vositalari bo`lmagan holda 
xo`jaliklararo xizmat ko`rsatish bo`limi unga qo`yilgan vazifalarni to`liq bajara 
olmaydi, buning natijasida suv tarqatish va uzatish jarayonlarida quyidagi 
kamchiliklar kelib chiqadi:
-
quyi tarafda joylashgan istemolchilar hisobiga yuqoridagi istemolchilarning 
ko`proq suvdan foydalanishi; 
-
sug‘orish me‘yorlariga rioya qilmaslik oqibatida qishloq xo`jalik ekinlarining 
hosildorligini kamayib ketishi va yerlarning meliorativ holatining yomonlashishi 
(botqoqlanishi, shurlanishi); 
-
suvning oqib kelishi va uning sarfi haqida operativ ma‘lumotlarni yo`qligi 
sababli reja asosida suv tarqatish bo`yicha to`liq nazorat ta‘minlanmaydi va 
sug‘orish me‘yorlariga o`z-o`zidan rioya qilinmaydi
-
gidrotexnik inshoatlar va uskunalarni texnik ekspluatatsiya tartiblari va 
qoidalari buziladi va bu avariya holatlariga olib keladi; 
-
tizimni ish tartibini qayta o`zgartirish davrlarida suv istemoli va suvni tortish 
balansining buzilishi natijasida tizimning xo`jaliklararo qismlarining alohida 
bo`linmalarida sezilarli darajada suvning chiqarib yuborilishi kuzatiladi; 
-
kichik ish unumdorligiga ega bo`lgan qo`l mehnati keng qo`llanadi. 
Operativ xizmatning texnik ta‘minotini o`zgartirmasdan xizmatchi – 
xodimlarni sonini ko`paytirish bilan yuqorida ko`rsatilgan kamchiliklarni yo`qotish 
mumkin emas. Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish natijasidagina 
yuqori texnik iqtisodiy samaradorlikka erishish mumkin. Shunday qilib asosiy 
masalalardan biri sug‘orish tizimidagi xo`jaliklararo tarmog‘ining operativ xizmat 
bo`limidan foydalanishni tubdan sifat jihatdan o`zgartirilishi hisobdanadi. 
Sug‘orish tizimining ichki xo`jalik tarmog‘i eng uzun va juda ko`p mayda 


135 
gidrotexnik inshoatlarga ega bo`lgan qismdir. Misol uchun, O`zbekiston 
Respublikasidagi sug‘orish kanallarining umumiy uzunligi 165,3 ming kmni 
‗tashkil etadi, ulardan 25,5 ming km – xo`jaliklararo va 139,8 ming km ichki 
xo`jalik tarmog‘i;
Kollektor – drenaj tarmog‘i 106 ming km bo`lib, shu jumladan 75 ming 
kmga yaqini ichki xo`jalik tarmog‘idir. O`zbekistonning sug‘orish va drenaj 
tizimida 60 mingga yaqin gidrotexnik inshoatlar mavjud bo`lib, ularning 40 mingga 
yaqini ichki xo`jalik tarmog‘iga to`gri keladi. Sug‘orish tarmog‘ining umumiy f.i.k. 
ini hisobga olganda, suvni yo`qotish magistral kanallardagi va xo`jaliklararo 
tarqatgichlarda asosiy suv olish inshoatidan 17,5 % ga, ichki xo`jalik qismiga esa 
32,5% gacha baholanadi. 
Sug‘orish jarayonini avtomatlashtirish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi, 
chunki bu jarayon juda murakkab va ish ko`p talab qiladigan jarayon hisoblanib, 
ish unumdorligini oshirishda sug‘orish suvlarini effektiv ishlatish, suvni tejovchi 
texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. 
Shu jumladan, kollektr – drenaj tizimini ham avtomatlashtirish muhim 
ahamiyatga ega, bu holda yerlarni meliorativ holatini yaxshilash, unumdorligini 
oshirish, ekspluatatsion harajatlarni kamaytirish imkoniyati bo`ladi. 
Shunday qilib, sug‘orish tizimining asosiy vazifalariga suvni tortish 
jarayonlarini avtomatlashtirish, tizimdagi xo`jaliklararo va ichki xo`jalik 
tarmog‘idagi suv tarqatish va sug‘orish va kollektr – drenaj tarmog‘ini 
avtomatlashtirish kiradi. Sug‘orish tizimi tarkibiy qismlari va ko`rsatilgan 
jarayonlarni avtomatlashtirishning asosiy prinsiplari ketma – ket tartibda ko`rib 
chiqiladi. Shuni esda saqlash kerakki, tizimni avtomatlashtirish umumiy masalasini 
tarkibiy ravishda shartli ajratib ko`rsatilgan. Sug‘orish tizimlarida suvni tortishdan 
boshlab, sug‘orish jarayoniga bo`lgan ishlab chiqarish jarayonlarini bitta umumiy 
zanjirda tekshirish lozim. Bu holatni buzilishi suv resurslaridan unumli 
foydalanishni va sug‘oriladigan yerlarni holatini yomonlashuviga olib keladi. 
Shuning uchun tizimning barcha tarkibiy qismlarini kompleks avtomatlashtirish 
zarur bo`ladi. 

Download 3,59 Mb.
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   99




Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekisтon respublikasi oliy va o’rтa maхsus

Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish