Avtomatik rostlash jarayonining sifat ko`rsatkichlari




Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/99
Sana18.05.2024
Hajmi3,59 Mb.
#242311
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   99
Bog'liq
darslik avtomatika asoslari

11.6.Avtomatik rostlash jarayonining sifat ko`rsatkichlari
Avtomatik rostlash tizimlari turg‘un bo`lishi bilan bir qatorda, ma‘lum 
darajada sifatli rostlashni ham ta‘minlashi lozim. Rostlash jarayonining sifatiga 
bo`lgan talablar har qaysi konkret holda turlicha bo`lishi mumkin; deyarli barcha 
ARTlarning ishini tavsiflaydigan eng muhim sifat talablarini ko`rib chiqamiz. 
Keyinchalik bu talablarni sifat ko`rsatkichlari deb ataymiz. ART ning sifat 
ko`rsatkichlari tizimning o`tkinchi jarayondagi ishini tavsiflaydi. ARTning 
kirishiga birlik g‘alayon berilgandagi o`tkinchi jarayonning egri chizig‘i 11.16- 
rasmda ko`rsatilgan. ART ning asosiy sifat ko`rsatkichlari: rostlash vaqti–o`tkinchi 
jarayon davom etadigan vaqt, o`ta rostlash 

jarayonining tebranuvchanligi, 
barqaror xato, o`tkinchi jarayonining so`nish tavsifi va turg‘unlik zahirasi. 
Rostlash vaqti tizimning tezkorligini tavsiflaydi va rostlanuvchi miqdorning 
rostlagichning nosezgirlik doirasiga o`tish vaqti 
t
p
ga mos keladi (nosezgirlik 
doirasi barqaror qiymatning 1-3% ini ‗tashkil etadi). 
Rostlanadigan miqdorning barqaror qiymati protsentlarda ifodalangan 
maksimal og‘ishi 

u
max
o`ta rostlash 

deb ataladi: 
bu yerda
y
max
– rostlanadigan miqdorning o`tkinchi jarayondagi maksimal 
qiymati; 
u
0
 
– rostlanadigan miqdorning berilgan qiymati. 
Jarayonning tebranuvchanligi rostlanadigan miqdorning rostlash vaqtida 
tebranishlar soni bilan tavsiflanadi. 


127 
 
 
11.16- rasm. ARTning kirishiga birlik 
g’alayon 
berilgandagi 
o`tkinchi 
jarayonning egri chizig’i
Tebranuvchanlik miqdor jihatidan so`nishning logarifmik dekramenti 
bo`yicha baholanadi; so`nishning logarifmik dekrementi bir yo`nalishdagi 
rostlanadigan miqdorning navbatdagi ikki og‘ishi amplitudalari nisbatining natural 
logarifmidan iborat: 
2
1
y
y
I
d
n



(11.61) 
So`nishning logarifmik dekrementi qancha katta bo`lsa, o`tkinchi jarayon 
shuncha tez so`nadi. 
Barqaror xato barqaror rejimda rostlashning aniqligini tavsiflaydi. Yuqorida 
aytib o`tilganidek, barqaror xato rostlanadigan miqdorining berilgan qiymati u
urn
orasidagi farqga teng: 


u=u
0
-u
urn
(11.62) 
O`tish jarayonining so`nish tavsifi tebranuvchi I, aperiodik 2 yoki monoton 3 
(11.17-rasm) bo`lishi mumkin. Tebranma o`tish jarayonida tebranishni rostlash 
rostlanadigan miqdor rostlagichning nosezgirlik doirasiga kirguncha davom etadi. 
Aperiodik jarayon umumiy holda bir, ikki va bundan ko`p tebranishi mumkin, bu 
esa jarayonning o`ta rostlanishiga sabab bo`ladi. 
Monoton jarayonda rostlanadigan miqdorning qiymati bir tomondan barqaror 
qiymatga yaqinlashadi, o`ta rostlanish bo`lmaydi. Turg‘unlik zahirasi deganda, 
tizimning kattaliklarining uning turg‘unligini yo`qotmagan holda bir oz o`zgartirish 
imkoniyati tushuniladi. 


128 
11.17-rasm. O`tish jarayonlari turi: 
 
1 – tebranish jarayoni; 2 – aperiodik jarayoni; 3 – monoton jarayon 

Download 3,59 Mb.
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   99




Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomatik rostlash jarayonining sifat ko`rsatkichlari

Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish