Gidromeliorativ tizimlarning avtomatlashtirish ob’ekti sifatidagi




Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/99
Sana18.05.2024
Hajmi3,59 Mb.
#242311
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   99
Bog'liq
darslik avtomatika asoslari

12.2. Gidromeliorativ tizimlarning avtomatlashtirish ob’ekti sifatidagi 
xususiyatlari 
Ma‘lumki, har qanday avtomatik boshqaruv tizimida boshqaruv ob‘ekti va 
boshqaruv qurilmasi o`zaro ta‘sirga ega. Shuning uchun boshqaruv uskunasining 
sifati boshqaruv ob‘ekti bilan birga ishlagan vaqtda ko`rinadi. Avtomatik 
boshqaruv tizimi tekshirish yoki ishlab chiqishda avval gidromelarativ tizimlarining 
avtomatlashtirish ob‘ekti sifatidagi xususiyatlari, ya‘ni jarayonning mahsus 
ko`rsatkichlari, statik va dinamik tavsiflari, texnalogik jarayonlarning tarkibiy 
qismlari hisobiga olinadi.
Gidromeliorativ tizimlarni avtomatlaashtirishda boshqaruv jarayonida 
tizimning operativ xizmat tarmog‘i to`liq yoki qisman inson ishtirokisiz amalga 
oshirilishi tushuniladi. Bundan tashqari, tizimning ishlab chiqarish faoliyatining 
barcha turlari (iqtisodiyot, xo`jalik va x.k) avtomatlashtirishi ko`zda tutiladi.
Gidromeliorativ tizimlarni boshqaruv va nazoratini ‗tashkil etishda ularni 
telemexanik vositalar bilan taminlash muhim ahamiyatga ega. Bu holda ma‘lum 


132 
masofada joylashtirilgan avtomatlashtirish tizimlarining ishini bitta dispetcher 
punkti orqali boshqarish mumkin bo`ladi.
 
Gidromeliorativ tizimlari sug‘orish, quritish, sug‘orish-ko`ritish (ikki 
tamonlama rostlash) tizimlariga ajratiladi. Har bir tizim o`zining xususiyati va 
konstruktiv belgilariga, ishlash tartibiga ega. 
Sug‘orish tizimlari qishloq xo`jalik ekinlarini suv bilan ta`minlash uchun 
qo`llanadi. Ular sug‘orish manbalaridan suvni olish uskunalari, uni jo`natish va 
jadval bo`yicha sug‘orish, iste‘molga qarab hamda sug‘orish texnalogiyasiga 
asosan sug‘orish uskunalarini o`z ichiga oladi. Sug‘orish tizimida tug‘ri ish rejimini 
tanlash suv iste‘moli va uni olish, optimal suv tarqatish balansini saqlashga yordam 
beradi. Suv tarmoqlari sifatida ochiq kanallar, yer osti temir beton inshoatlari va yer 
osti quvurlari qo`llanadi. Sug‘orish tizimining kollektor – drenash qismi 
sug‘oriladigan yerlarni tuzlanishi va batqoqlanishiga hamda yer osti suvlarini 
ko`tarilib ketmaslaigini oldini oladi. Ular ochiq kanallar yoki yopiq quvirlar 
ko`rinishida gorizantal yoki artezian quduqlarida vertikal drenaj uskunalari asosida 
bajarilishi mumkin.
Quritish tizimlari namlik ko`p joylarda (zax, botqoq yerlarda) tashkil etiladi.
Bunday tizimlarning vazifasi shundaki, bu holda tabiiy suv zaxiralari ishlatilib, 
ortiqcha namlik quritilayotgan maydon tashqarisiga chiqarilib yuboriladi. Quritish 
tizimlari tarkibiga suv qabul qilgich, yig‘ish va tarqatish qisimlari kiradi. 
Quritish-sug‘orish qisimlari suv tartibini ikki taraflama rostlash maqsadida, 
yani yilning bir davrida quritish, ikkinchi davrida namlash qo`llaniladi. Bu holda 
yer osti suvlarining namligini saqlash uchun optimal chuqurlikda ushlab turilishi 
taminlanadi. 
Gidromeliorativ tizimlari ularning farqiga qaramay, umumiy xususiyatlarga 
ega bo`lib bir xil tipli avtomatlashtirish ob`ektlari hisoblanadi. Ularning quydagi 
umumiy xususiyatlarini ajratib ko`rsatish mumkin: 
- umumiy maqsad bu tabiiy namlikni tarqatishdir 
- bir xil tarzdagi suv tarkatgich transport vositalari;
 
- bir xil turdagi rostlovchi qurilmalar va qurilmalarning qismlari (odatda har 
qanday tizim tarkibida suv tarmoqlarida joylashtirilgan turli boshqaruvchi 
gidrotexnika inshoatlari va gidromexanika uskunalari mavjud)
 
- tizimda ko`p sonli boshqaruv va nazorat obektlari mavjud, obektlar turli 
joylarda joylashgan (bosh inshoatlar, platinalar suv tarqatish bo`limlari va 


133 
boshqalar);
 
- suvni jo`natish jarayoni to`lqinli tavsifga va katta kechiqish vaqtiga ega 
(shuning uchun notekis suv taminoti mavjud bo`lsa, bu holda suv tarmog‘ida 
zaxira hajmlarga ega bo`lish va doimiy ravishda boshqarish uskunalariga ega 
bo`lish lozim) 
 
- aksariyat boshqaruv ob‘ektlari ochiq joylar bo`lib, atmasfera ta‘siriga ko`ra 
mavsumiy ish tavsifiga ega: bundan ko`rinadiki, qurilma va uskunalar hamda 
boshqaruvi yuqori ishonchlilikka ega bo`lishi zarur.
 
- ochiq kanallar yoki yer usti lotoklari ko`rinishidagi ichki xo`jalik tarmog‘i 
qo`shimcha sig‘imga ega bo`lmagani uchun agar iste‘molchilar tarqatilgan o`z 
vaqtida ishlata olmasalar, suv to`qish tarmog‘iga yuboriladi (bu holda boshqaruv 
qurilmasi sug‘oriladigan yerlarga suvni haydash va ishlatish jarayonini bir - biri 
bilan bog‘lanishini taminlab berishi kerak).
 
Shunday qilib barcha turdagi gidromeliorativ tizimlari ishlab chiqarish 
jarayonlari, ish tartiblari, konstruktiv bajarilishining turli xil ko`rinishidan qatiiy 
nazar, ular juda ko`p o`xshash xususiyatlarini hisobga olgan holda bir turkimlagi 
avtomatlashtirish obekti sifatida ko`rinishi mumkin.

Download 3,59 Mb.
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   99




Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Gidromeliorativ tizimlarning avtomatlashtirish ob’ekti sifatidagi

Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish