Partiya, davlat, hukumat, tashkilot nomlari




Download 392,12 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana13.12.2023
Hajmi392,12 Kb.
#117974
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
09 - Finish Legend, Sun\'iy intellekt, 16 O‘quv qo‘llanma hamda darsliklar Manografiyalarni tahlilini o‘rganish, 000000
Partiya, davlat, hukumat, tashkilot nomlari: Milliy tiklanish partiyasi, Andijon 
viloyati partiya raisi.


2. Ilmiy siyosiy va madaniy muassasa nomlari: Andijon davlat universiteti, Navoiy 
teatri, O‘ zbekiston Respublikasining Fanlar akademiyasi kabi.
3. Kitob, gazeta, jurnal nomlari: «O‘ zbek tili va adabiyoti» jurnali, «Hozirgi 
o‘ zbek adabiy tili»
4. Turli geografik nomlar: Shimoliy muz okeani, O‘ rta Osiyo, O‘ rta Sharq, Orol 
dengizi kabi.
5. Har ikkala komponenti ham holi o‘ z leksik ma’ nolarini butunlay 
yo‘ qotmagan, biroq bir butun holdagina gapning murakkab bo‘ lagi funksiyasida 
keladigan borib kelmoq, topib olmoq, sotib olmoq, kelib ketmoq tipidagi 
murakkab fe’ llar.
6. Havo rang, kul rang, shisha rang, och rang kabi murakkab sifatlar.
7. O‘ n besh, bir yuz ellik, bir kam sakson, bir ming to‘ qqiz yuz yetmish 
to‘ rtinchi tipidagi murakkab sonlar; har kim, har nima, har bir, hech bir, hech 
narsa, ba’ zi bir, qaysi bir, ana o‘ sha, mana shu kabi murakkab olmoshlar.
8. Har vaqt, har zamon, har qachon, har dam, har xil, bir zamon, bir zum, bir 
nafas, hech vaqt, hech qachon, hamma vaqt, o‘ tgan kuni, shu zahoti, tunov kuni, 
kuni kecha, shu yerda kabi har birini alohida qo‘ llash mumkin bo‘ lgan ikkita 
so‘ zning birikib, harakatning bitta belgisini ifodalaydigan murakkab ravishlar.
9. Kapalagi uchib ketmoq, tegirmonga tushsa butun chiqadi, boshini olib ketmoq, 
yostig‘ ini quritmoq kabi frazeologik birikmalar odatda, erkin so‘ z birikmalari 
gapda ajralib turadi, ularning komponentlari alohida bo‘ lak funksiyasida 
shakllanadi, gap mazmuniga nisbatan mustaqil bo‘ ladi. Masalan, ko‘ pincha 
atributiv birikmaning tobe komponenti aniqlovchi, hokim komponenti boshqa 
bo‘ lak, relyativ birikmaning tobe komponenti hol, hokim komponenti boshqa 
bo‘ lak funksiyasida keladi.
Biroq so‘ z birikmalarining har bir komponenti gapda doim alohida bo‘ lak 
vazifasida kelavermasdan, ba’ zan, so‘ z birikmasi yaxlitligicha bitta bo‘ lak 


bo‘ lib keladi. Masalan, Bu kishi Arslonbek akaning o‘ g‘ li. Militsiyamiz –
qonunbuzarlar dushmani gaplaridagi Arslonbek akaning o‘ g‘ li, qonunbuzarlar 
dushmani birikmalari gapning bitta ajralmas bo‘ lagi bo‘ lib, kesim vazifasida 
kelgan. Yoki O‘ zbekistonning poytaxti – Toshkent. Ko‘ ngil xazinasining guli –
til (Navoiy) gaplarining egasi so‘ z birikmasi bilan ifodalangan.
Demak, murakkab bo‘ lak so‘ z birikmasi bilan ifodalanadi.
Murakkab bo‘ lak vazifasida ko‘ pincha izofa xarakteridagi ajralmas birikmalar: 
qaratqichli aniqlovchili birikmalar, son+numerativ so‘ zlardan tuzilgan birikmalar, 
kesimi sifat, bor, yo‘ q so‘ zlari bilan ifodalangan «ega+kesim» modelidagi 
qo‘ shilmalar, sifatdosh va ravishdosh oborotlari, gapdan tashqarida erkin bo‘ lsa 
ham, gapda alohida bo‘ lak sifatida ajratish mumkin bo‘ lmagan so‘ z birikmalari 
kela oladi.
Masalan, Yaxshining so‘ zi – qaymoq, yomonning so‘ zi – to‘ qmoq (maqol)
Erning vaziri – xotin (maqol)
Dunyoning ishlari Ziyodulla o‘ ylagandan ancha mushkulroq bo‘ lib chiqdi.
Navoiy – g‘ azal mulkining sultoni (Shayxzoda)
Begona yurtda shoh bo‘ lgandan, o‘ z yurtingda gado bo‘ lgan yaxshi (maqol)
Bo‘ laklar gapda vazifa bajarishi jihatidan bir xil emas. Ba’ zi bo‘ laklar gapning 
mazmuniga aniqlik kiritish, to‘ ldirish kabi vazifalarni bajaradi, bularning 
qo‘ llanmasligi gap mazmunini, tuzilishini tubdan o‘ zgartirib yubormaydi. Ular 
gapda qo‘ llanmasa ham, o‘ zining gaplik holatini o‘ zgartirmaydi. Ba’ zi 
bo‘ laklar esa, aksincha, gapda ishtirok etishi mutlaqo zarurdir. Chunki bularsiz 
gapning o‘ zi maydonga kelmaydi. Mana shu nuqtai nazardan bo‘ laklar ikki turga 
ajratiladi: bosh bo‘ laklar, ikkinchi darajali bo‘ laklar.
Gapning bosh bo‘ laklari gapning asosini – markazini tashkil qiladi, ular 
konstruktorlik 
xususiyatiga 
ega 
bo‘ lib, 
gapda 
boshqa 
bo‘ laklarni 
markazlashtiradi. Bosh bo‘ laklar ikkinchi darajali bo‘ laklarsiz ham hukm 
ifodalaydi – kommunikativ funksiya bajaradi.
Demak, gap uchun zarur bo‘ lgan predikativlik tushunchasi bosh bo‘ laklar orqali 
ifodalanadi.


Predikativ aloqa (ega+kesim aloqasi) bayoni aloqa bo‘ lib, inkor va tasdiqni o‘ z 
ichiga oladi. Bular harakat, holat, belgi tushunchalarni voqelik va zamon bilan 
bog‘ laydi, so‘ zlovchining ana shu voqelikka bo‘ lgan munosabatini ko‘ rsatadi.
Masalan, Bola sho‘ x gapida predmet va belgi tushunchalari qo‘ shilib, sho‘ xlik 
belgisining bolada mavjud ekanligi hukm yo‘ li bilan tasdiqlangan, voqelik hozirgi 
zamon bilan bog‘ langan.
Predmet va belgi munosabati so‘ z birikmalarida ham ifodalanadi (sho‘ x bola, 
sayroqi qush kabi), biroq bundagi predmet va belgi tushunchalari bir butun 
murakkab tushuncha bo‘ lib, nominativ funksiya ifodalaydi.
Ikkinchi darajali bo‘ laklar bosh bo‘ laklarga bog‘ lanib, ularni mazmunan 
to‘ ldirib, belgi va holat jihatidan aniqlab keladi. Ana shu xususiyatidan kelib 
chiqib, ikkinchi darajali bo‘ laklar aniqlovchi, to‘ ldiruvchi, hol turlariga ajratilgan.
Ikkinchi darajali bo‘ laklar gapda mustaqil qo‘ llana olmaydi, ular bosh 
bo‘ laklarga bog‘ lana olgandagina, nutqda ishtirok etadi. Demak, ikkinchi 
darajali bo‘ laklarning mavjudligi bosh bo‘ laklar tufaylidir.
Bosh va ikkinchi darajali bo‘ laklarning grammatik - semantik munosabati shuni 
ko‘ rsatadiki, ikkinchi darajali bo‘ laklar tobe, bosh bo‘ laklar hokim 
bo‘ laklardir.
Gapda ikkinchi darajali bo‘ laklar bosh bo‘ laklarning biriga tobelanadi yoki ular 
o‘ zaro bir-biriga bog‘ lanib, so‘ ng bosh bo‘ lakka tobelanadi.
Har qanday gap shakl va mazmun birligidan iborat butunlik bo‘ lishiga 
qaramasdan, yaqin yillargacha, sintaktik Kurs ishlarida, asosan, gapning shakliy 
tomoniga e’ tibor berilgan. Faqat ayrim o‘ rinlardagina (masalan, gapning ifoda 
maqsadiga ko‘ ra turlarini belgilashda, ikkinchi darajali bo‘ laklarning ichki 
tasnifida) mazmun tomoniga murojaat qilindi. Hozirgi kunda gap mazmunini 
o‘ rganuvchi mazmuniy sintaksis deyarli hamma tilshunoslar tomonidan e’ tirof 
etilgan bo‘ lsa ham, ammo mazmuniy sintaksis maqomi masalasiga bir xillik 
yo‘ q. Ular orasida ikki qarama-qarshi yo‘ nalish ajralib turadi. Birinchi 


yo‘ nalish tarafdorlari gapning zaruriy unsurlarining grammatik tomoniga 
asoslanadi.
11
Bu yo‘ nalishda gapning har bir tuzilish tarixining umumiy grammatik 
tomonini topishga harakat qilinadi va tuzilish tarixining umumiy grammatik 
ma’ nosi doirasida mazmuniy tuzilish aniqlanadi. Ularning fikriga ko‘ ra, mazmun 
grammatik shakllanmay, o‘ z holicha mavjud bo‘ lmaydi. Shuning uchun gapning 
barcha sintaktik xususiyati gap mazmunining ifodachisi bo‘ lib xizmat qiladi.
Har bir gapda ma’ lum obyektiv mazmun moddiy vositalar – sintaktik shakllar 
vositasida ifodalanadi. Gapning ana shu moddiy ifodalanish tomoni uning sintaktik 
tuzilishi hisoblanadi.
Sintaktik tuzilish ham o’ zaro munosabatda bo’ lgan bir necha unsurlardan tashkil 
topgan bir butunlikdir. 
12
Sintaktik tuzilishning unsurlari an’ anaviy tilshunoslikda g a p b o’ l a k l a r i 
termini bilan nomlanadi. Lekin sintaktik tuzilish tarkibidagi barcha sintaktik 
shaklning tobe aloqaga kirishishi (o’ zaro deminatsiya munosabati) uning gap 
bo’ lagi hisoblanishining bosh mezoni sanaladi.
Gap bo’ lagi ma’ lum sintaktik shaklning shakliy sintagmatik munosabatdagi 
vaziyatiga qarab belgilanadi: ega vaziyati, kesim vaziyati, to’ ldiruvchi vaziyati va 
boshqalar. Natijada ayrim mazmuniy munosabatda bo’ lgan lekin bu mazmuniy 
munosabat shakliy jihatdan tobe munosabat (aloqa) orqali emas, balki undash va 
kirish munosabatlar orqali ifodalangan birliklar sintaktik tuzilish birligi sifatida 
qaralmaydi. Bu esa butunni bo’ laklarga bo’ lish asosida zid keladi. Chunki butun 
bo’ laklarga ma’ lum asosda shunday bo’ linishi kerakki, butunning birorta unsuri 
bo’ linishdan tashqari qolmasligi kerak.
Gap bo’ laklari gapni tashkil etgan sintaktik shakllarni to’ la qamrab olmas ekan, 
demak, gapni bo’ laklarga gap bo’ laklari rubrikasi ostida ajratish yetarli asosga 
11
Маҳмудов Н., Нурмонов А. Ўзбек тили назарий грамматикаси. Тошкент, 1995.
12
Абдураҳмонов Ғ.ва бошқ. Ҳозирги ўзбек адабий тили (Синтаксис). Тошкент, 1979. 


ega emas. Shuning uchun ham tilshunoslikda bu masala ham eng munozarali 
masalalardan biri bo’ lib kelmoqda. 
Sintaktik birlik hisoblangan gapning shakliy tuzilishi jihatidan uning ziddiyatini 
hisobga olgan holda quyidagicha sintaktik shakllarga bo’ lish mumkin:
1) sintaktik aloqaga kirishadigan sintaktik shakllar;
2) sintaktik aloqaga kirishmaydigan sintaktik shakllar;
Bularning birinchi guruhi an’ anaviy gap bo’ laklari hisoblanadi.
So’ zlovchining biror fakt, voqea-hodisa to’ g‘ risida xabar berishi yoki ma’ lum 
predmetda muayyan belgining mavjudligini tasdiq yo inkor qilishini ifodalaydigan 
gap darak rap deyiladi. Masalan, Manzura yigitlarning qizg‘ in suxbatiga quloq 
soldi. So’ zlovchining o’ ziga noma’ lum bo’ lgan biror voqeani suhbatdoshdan 
bilib olish istagini, zaruriyatini ifodalovchi gap s o’ r o q gap deyiladi.
Buyurish, iltimos, taklif, xohish, o’ git-nasihat, xitob, ogohlantirish kabi har xil 
ifoda ottenkalarini ifodalovchi gap buyruq gap deyiladi.
Buyruq gaplar suhbatdoshni biror ish-harakatni bajarishga yoki undan voz 
kechishga da’ vat qiladi: Jangga kirdingmi qo’ rquvni unut. O‘ limni emas, 

Download 392,12 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 392,12 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Partiya, davlat, hukumat, tashkilot nomlari

Download 392,12 Kb.
Pdf ko'rish