• Bajardi: Aqnazarova Munisa Qabul qildi: Dildora Xudayberganova
  • REJA: I. Kirish . II. Asosiy qism
  • III. Xulosa.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’ lim vazirligi urganch davlat universiteti




    Download 392.12 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/10
    Sana13.12.2023
    Hajmi392.12 Kb.
    #117974
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    09 - Finish Legend, Sun\'iy intellekt, 16 O‘quv qo‘llanma hamda darsliklar Manografiyalarni tahlilini o‘rganish, 000000


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA 
    O‘RTA MAXSUS TA’ LIM VAZIRLIGI 
    URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI 
    FILOLOGIYA FAKULTETI

     
     
    “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fanidan
     
    KURS ISHI 
    MAVZU: Gap bo‘ laklariga ajralmaydigan gaplar 
     
    Bajardi: Aqnazarova Munisa 
     
    Qabul qildi: Dildora Xudayberganova 
    Kurs ishi O‘zbek tilshunosligi kafedrasida himoya qilindi va ___ ball bilan 
    baholandi (Bayonnoma № ____ ) 
     
     
    Komissiya raisi:
     
    Komissiya a’zolari:  
    Urganch – 2022 
     


    REJA: 
    I. Kirish.
    II. Asosiy qism: 
     
    1. Gap bo‘laklari haqida umumiy ma’ lumot. 
    Gaplarni bo‘laklarga ajratish haqida umumiy ma’ lumot. 
    2. So‘z gaplar. So‘z-gaplarning o‘rganilishi. 
    3. So‘z-gap va ularning turlari. Ularning tasnifiy belgilari haqida ma’ lumot. 
    III. Xulosa. 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     


     
    KIRISH 
     
    Mavzuni o‘ rganilganlik darajasi. Inson shaxsining kamol topishida
    tafakkurining rivojlanishida, tafakkur mahsulini nutq vositasida ifodalash 
    salohiyatini egallashida asosiy vosita bo‘ lmish ona tili fani maktabda yetakchi 
    o‘ quv fanlaridan biri sanaladi. Zero, ona tili millat tafakkurini shakllantiradi, 
    rivojlantiradi, takomillashtirib boradi va namoyon ettiradi. Birinchi Prezidentimiz 
    I.A.Karimov ham o‘ zining “ Yuksak ma’ naviyat – yengilmas kuch” asarida 
    ona tilimizning ana shu jihatiga alohida urg‘ u bergan: “ Ma’ lumki, o‘ zlikni 
    anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘ rtasidagi ruhiy-ma’ naviy 
    bog‘ liqlik til orqali namoyon bo‘ ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, 
    avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu 
    millatning ruhidir” .
    1
    Shu bois ona tili ta’ limi samaradorligini oshirish davlat 
    siyosatiga aylandi va buni isboti sifatida 2016-yil 13-mayda Alisher Navoiy 
    nomidagi O‘ zbek tili va Adabiyoti universiteti tashkil qilindi. Umumta’ lim 
    maktablarining ona tili va akademik litseylarning hozirgi o‘ zbek adabiy tili 
    darslarida “ Morfologiya” bo‘ limini, shu bilan birga undov, taqlid, modal 
    so‘ zlarini izchil kurs sifatida o‘ qitish juda katta ta’ limiy ahamiyatga ega. Bu 
    bo‘ limni o‘ qitishning ta’ limiy ahamiyati shundaki, o‘ quvchilar tilning asosiy 
    birligi – so‘ z turkumlari haqidagi ta’ limot bilan tanishadilar. Zero, morfologiya 
    tilning barcha bo‘ limlari bilan uzviy bog‘ liq bo‘ lib, shu bo‘ limlarni o‘ qitishda 
    izchillik bilan amalga oshiriladi. Ana shu uzviylikni ta’ minlashga qaratilgan 
    usullarni va innovatsion texnologiyalarni tatqiq qilish va morfologiyaga oid 
    bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan mashqlar tizimini ishlab chiqish 
    ishimizning dolzarbligini belgilaydi.
    Mamlakatimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan keyin milliy 
    qadriyatlarimizni, jumladan, uning eng muhim tarkibiy qismi bo‘lgan ona tilimizni 
    o‘rganish, ilmiy-nazariy va amaliy tomondan tadqiq etishga bo’lgan e'tibor 
    1
    Каримов И. А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент: Маънавият, 2008. – Б. 176.


    kuchayib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov
    “ Xalqning milliy madaniyati va o‘ziga xosligini ifoda etuvchi vosita bo'lmish 
    o’zbek tilini rivojlantirish, bu tilning davlat maqomini izchil va to‘liq ro‘yobga 
    chiqarish
    2
    , davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo’nalishi ekanligini 
    alohida ta'kidlagan.
    Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bola timsolida, 
    avvalo, shaxsni ko’rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda
    farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobilyatiga ega bo’lgan, ongli 
    yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish — ta’lim-tarbiya sohasining 
    asosiy maqsadi va vazifasi bo’lishi lozim deb qabul qilishimiz kerak. Bu esa ta’lim 
    va tarbiya ishini uyg’un holda olib borishni talab etadi. 
    3
    Ta’lim-tarbiya tizimidagi islohotlar boshlangan dastlabki yillarda men jahon 
    tajribasi va hayotda ko’p bor o’zini oqlagan haqiqatdan kelib chiqib, agar bu 
    maqsadlarimizni muvaffaqqiyatli amalga oshira olsak, tez orada hayotimizda ijobiy 
    ma’nodagi portlash effektiga, ya’ni yangi ta’lim modelining kuchli samarasiga 
    erishamiz degan fikrni bildirgan edim. 
    4
    Darhaqiqat, istiqlol davrida barpo etilgan, barcha shart-sharoitlarga ega 
    bo’ lgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oliy o’ quv yurtlarida taxsil 
    olayotgan, zamonaviy kasb-hunar va ilm-ma’ rifat sirlarini o’ rganayotgan, 
    hozirdanoq ikki-uch tilda bemalol gaplasha oladigan ming-minglab o’ quvchilar, 
    katta hayotga kirib kelayotgan o’ z iste’ dodi va salohiyatini yorqin namoyon 
    etayotgan yosh kadrlarimiz misolida ana shunday orzu– intilishlarimiz bugunning 
    o’ zida o’ z hosilini berayotganining guvohi bo’ lmoqdamiz. 
    5
    Eng muhimi shundaki, “ portlash effekti” ning haqiqiy mohiyati va 
    ahamiyati vaqt o’ tishi bilan biz tarbiya qilayotgan sog’ lom va barkamol 
    avlodning safimizga tobora ildam kirib borishi bilan yanada yaqqolroq seziladi.
    Kadrlar tayyorlash milliy dasturining amalga oshirish jarayonida maktab 
    ta’ limi, 
    ayniqsa, 
    umumta’ lim 
    maktablarining 
    moddiy-texnik 
    bazasini 
    2
    I.A.Karimov '' O’zbekiston buyuk kelajak sari". – Toshkent:O’zbekiston, 1998. –B.
    19. 7 
    3
    I.A.Karimov. “Barkamol avlod orzusi”. Toshkent 2002 yil. 
    4
    I.A.Karimov. “Yuksak ma’naviyat engilmas kuch”. Toshkent 2008. 
    5
    I.A.Karimov. “Barkamol avlod O’zbekiston poydevori”. Toshkent 2004. 


    mustahkamlashga e’ tiborni kuchaytirish biz uchun kun tartibidagi eng muhim va 
    jiddiy masalaga aylandi.
    Jumladan, o‘ zbek tili o‘ qitish nazariyasi va metodikasi fanida morfologiya 
    bo'limini o‘ rganish masalalari metodist olimlar tomonidan chuqur o‘ rganilgan. 
    T.Ziyodovaning “ Ona tili ta’ limi jarayonida o‘ quvchilarning so‘ z boyligini 
    oshirish” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini,
    6
    A.Bobomurodovaning “ Ona 
    tili ta’ limi jarayonida o‘ yin-topishmoqlardan foydalanish” mavzusidagi 
    nomzodlik dissertatsiyasini
    7
    asos sifatida keltirish mumkin.
    Ona tili darslarini samarali tashkil etish masalasi har doim ham yuksak 
    ahamiyat kasb etgan va hozirgi kunda ham o‘ z ahamiyatini yo‘ qotgani yo‘ q. 
    Ona tili darslarining samaradorligi masalasi tadqiq etilgan ilmiy Kurs ishilardan 
    biri bu – Sh.Yusupovaning “ Ona tili ta’ limi samaradorligini oshirishda ilg‘ or 
    pedagogik texnologiyalarni joriy etish (noan’ anaviy usullar va kompyuterdan 
    foydalanish)”
    8
    nomli nomzodlik dissertatsiyasi hisoblanadi. Ishda “ Aqliy hujum”
    metodidan, shuningdek, axborot texnologiyalaridan foydalanib o‘ tilgan darslardan 
    namunalar va ularni tashkil qilish yo‘ l-yo‘ riqlari bayon qilingan. Shuningdek, 
    ishda “ Bu bizniki” usulidan foydalanish yo‘ llari ko‘ rsatilgan.
    Sh.Yusupovaning “ Hozirgi o‘ zbek adabiy tili darslarida o‘ quvchilar 
    tafakkurini 
    o‘ stirishning 
    ilmiy-metodik 
    asoslari”
    nomli 
    doktorlik 
    dissertatsiyasida ham dars samaradorligini oshirish masalasiga e’ tibor qaratilgan 
    bo‘ lib, unda zamonaviy pedagogik texnologiyaning mazmuni yoshlarni falsafiy 
    fikrlashga o‘ rgatish, ularda bilishga qiziqish uyg‘ otish, motivatsiya hosil qilish, 
    nazariy qoidalarni so‘ zma-so‘ z yodlashga emas, uni ta’ limga tatbiq etish 
    dolzarb vazifa ekanligini ta’ kidlaydi. Metodist o‘ z ishida o‘ quvchilar 
    6
    Зиёдова Т.У. Она тили таълими жараёнида ўқувчиларнинг сўз бойлигини ошириш. Пед. фан.номз. ... 
    ёзилган дисс. – Тошкент, 1995. – Б. 141. 
    7
    Бобомуродова А.Я. Она тили таълими жараёнида ўйин-топишмоқлардан фойдаланиш: Пед. фан. номз. ... 
    ёзилган дисс. – Тошкент, 1996. – Б. 146.
    8
    Юсупова Ш.Ж. Она тили таълими самарадорлигини оширишда илғор педагогик технологияларни жорий 
    этиш (ноанъанавий усуллар ва компьютердан фойдаланиш): Пед. фан.номзоди ... дисс. – Тошкент, 1998. – Б. 
    26 


    tafakkurini o‘ stirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘ rni va 
    ahamiyati haqida to‘ xtalib o‘ tgan bo‘ lib, o‘ quvchi tafakkurini o‘ stirishda 
    “ Aqliy hujum” , “ Bu bizniki” metodlarini qo‘ llash yaxshi samara berishini olib 
    borgan tajriba-sinov ishlari natijalari bilan izohlaydi.
    Ona tili darslarini qiziqarli tashkil etishning eng qulay yo‘ llaridan biri 
    o‘ yin darslaridir. Ona tili darslarida o‘ yin turlaridan foydalanish masalasi 
    metodist A.Bobomurodovaning dissertatsion ishida tahlil etilgan.
    9
    U o‘ z ishida 
    ona tilining har bir bo‘ limini o‘ rganishda qaysi tildagi va turdagi ta’ limiy 
    (didaktik) o‘ yin-topshiriqlardan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligi va 
    buning yo‘ llarini ko‘ rsatgan. O‘ yin usulida darsni yoki darsning ma’ lum bir 
    bosqichini tashkil etish, albatta, o‘ z-o‘ zidan o‘ quvchilarni guruhlarga bo‘ lib, 
    ularni hamkorlikda faoliyat ko‘ rsatishga undaydigan ta’ lim usuli hisoblanadi. 
    A.Bobomurodova ona tilidan o‘ quvchilarga beriladigan o‘ yin-topshiriqlarni 
    murakkablik darajasiga ko‘ ra uch turga ajratar ekan, birinchi turiga qayta 
    xotiralashga asoslangan o‘ yin-topshiriqlarni kiritadi. Faqat ushbu o‘ yinlarning 
    kamchilik tomoni borligini eslatadi: «Qayta xotiralashga asoslangan o‘ yin-
    topshiriqlar o‘ quvchidan hech qanday ijodiylikni, egallagan bilimlarni yangi 
    sharoitda qo‘ llashni, yaratuvchanlikni talab etmaydi. Bunday o‘ yin-topshiriqlarni 
    bajarish o‘ quvchiga katta murakkablik tug‘ dirmaydi, oldin o‘ rganilgan 
    mavzular va muayyan bilimga ega bo‘ lgan o‘ quvchi bunday topshiriqlarni 
    bemalol bajarishi mumkin»7. Albatta, topshiriqlarni bemalol bajarish uchun bilim, 
    ko‘ nikma va malakalar yaxshi egallangan bo‘ lishi lozim. Buning uchun esa 
    o‘ quvchi o‘ zi unutgan narsalarini xotiraga tushirish haqida o‘ ylashi, biror yo‘ l 
    bilan o‘ qib olishi, sinfdoshlaridan eshitib bo‘ lsa ham, bila borishi darkor. 
    10
    9
    Юсупова Ш.Ж. Ҳозирги ўзбек адабий тили дарсларида ўқувчилар тафаккурини ўстиришнинг илмий-
    методик асослари: Пед. фан.доктори ... дисс. автореферати. – Тошкент, 2005. – Б. 44.
    10
    Бобомуродова А.Я. Она тили таълими жараёнида ўйин-топишмоқлардан фойдаланиш. - Пед. 
    фан.номзоди ... ёзилган дисс. – Тошкент, 1996. – Б. 8.



    Download 392.12 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 392.12 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’ lim vazirligi urganch davlat universiteti

    Download 392.12 Kb.
    Pdf ko'rish