• Ishning mazmuni
  • -laboratoriya ishi: Yuqori molekulyar birikmalarning molekulyar massasini viskozimetrik usulda aniqlash




    Download 141.33 Kb.
    bet17/18
    Sana24.10.2022
    Hajmi141.33 Kb.
    #27981
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
    Bog'liq
    kolloid kimyo lab.2022 y.
    axborotlarni zichlash, 1-маъруза, 3.2-МАЖМУА, yakuniy rus test, OTMlarga kirishdagi imtiyozlar 2022-yil, W, Jadvallar Т.Жўраев, 25-amaliy mashg\'ulot, Рус тили фани тест основные типы уроков, Ro\'yxat, 17-ma`ruza, business-plan-2021-oz, Access uslubiy ko\'rsatma, Ariza

    7-laboratoriya ishi: Yuqori molekulyar birikmalarning molekulyar massasini viskozimetrik usulda aniqlash.


    Ishdan maqsad: Yuqori molekulyar birikmalarning molekulyar massasini (polivinil spirt, polivinilasetat, sellyuloza va boshqalar) viskozimetrik usulda aniqlashni o’rganish.
    Ishning mazmuni: erigan moddaning molekulyar masasining (makromolekulaning) uning eritmasi qovushoqlishga bog’liqligani o’rganishga asoslangan viskozometrik usullari polimerlarning molekulyar massasini aniqlashning eng oddiy usullaridan xisoblanadi.
    Eritma qovushoqligini tavsiflash uchun nisbiy solishtirma, keltirilgan va xarakteristik qovushoqlik ishlatiladi.
    Polimerning molekulyar massasini Mark Kuna-Xauvinka tenglamasi bo’yicha aniqlash uchun eritmaning xarakteristik qovushoqligini 𝞰sol/C = f(C) grafigidan xarakteristik qovushoqlik topiladi.
    Ba’zi polimerning K va α kostantalari qiymatlarini jadvalda berilgan.
    1-jadval

    Polimer

    Erituvchi

    K * 104

    α

    Polivinil spirt

    suv

    5,60

    0,67

    Polivinilasetat

    aseton

    2,80

    0,67

    Tabiy kauchuk

    toluol

    5,02

    0,67

    Polistirol

    toluol

    3,70

    0,67



    Ishni bajarish tartibi: 𝞰sol/C = f(C) grafigini tuzish uchun 6-8 ta eksperimental nuqtalarini olish kerak. Buning uchun dastlabki berilgan konsentratsiyadagi (6-8) eritmalar tayyorlanadi.
    Kapilyar viskozometr yordamida suvning oqish vaqti τ0 o’lchanadi. O’lchash uchun pipetka bilan 10 sm3 suv olinadi va uni viskozimetrning keng tirsagiga quyiladi. So’ngra viskozimetrni termostatga shunday joylashtiriladiki, uning yuqori belgisi suvning satxidan pastda bo’lishi kerak hamda 5-7 minut ushlab turiladi.



    So’ngra «nok» bilan suyuqlikni keng naychadan tor naychaga suriladi va «nok»ni sug’irib olib, suyuqlikni erkin oqishiga yo’l qo’yiladi. Yuqori belgidan pastki belgigacha eritmaning oqib o’tish vaqti sekundomer yordamida o’lchanadi.
    Oqish vaqtini o’lchashni bir necha marta bajariladi (parallel o’lchashdagi farq 0,5 s dan ko’p bo’lmasliga kerak).
    Eritmalarning oqib o’tish vaqtini yuqoridagi usulda bayon etilganidek, avval suvni so’ng eng suyultirilgan eritmadan boshlab o’lchanadi. Tajriba natijalarini 18.2-jadvalga yoziladi.
    𝞰sol/C ning C ga bog’liklik grafigini tuziladi va to’g’ri chiziqni ordinata chizig’i bilan kesishguncha davom ettirilib [𝞰] topiladi (1- rasm).
    Polimerning molekulyar massasini quyidagi formula bo’yicha xisoblanadi.
    [𝞰]=KMα
    Xisoblash uchun bu tenglamani quyidagi ko’rinishda tasvirlash qulay Mα=[𝞰]/K
    Logarifmlagandan so’ng
     ni xosil qilamiz.
    K va α ni qiymati jadvaldan olinadi.

    Download 141.33 Kb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




    Download 141.33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -laboratoriya ishi: Yuqori molekulyar birikmalarning molekulyar massasini viskozimetrik usulda aniqlash

    Download 141.33 Kb.