• Ijodiy xayol
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim




    Download 3,55 Mb.
    bet215/314
    Sana15.01.2024
    Hajmi3,55 Mb.
    #138209
    1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   314
    Bog'liq
    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim

    Tasavvur xayoli deb o’tmishda bo’lib o’tgan yoki hozirda bor bo’lgan lekin bizning turmush tajribamizda shu paytgacha uchratmagan, ya'ni biz idrok qilmagan tasavvur va obrazlar yaratishga aytiladi.
    Tasavvur xayolini odatda tiklovchi xayol deb ham yuritiladi. Tiklovchi yoki tasavvur xayolini inson hayotidagi roli g’oyat darajada kattadir. Agar tiklovchi xayol bo’lmaganda odam o’qiy xam olmagan bo’lar edi. Biz juda ko’p narsalarni ko’rmagan, ya'ni bevosita idrok qilmagan bo’lsak, ham ularni tasavvur eta olamiz: bunda biz boshqa odamlarning aytib bo’lgan so’zlari asosida o’qigan kitoblarimiz asosida xayoliy tasavvur va obrazlar yaratamiz. Masalan, bolalar kitobchalardan o’qib berilgan ertaklardagi qahramonlarni ularning bag’oyat botirliklarini, qo’rqoqliklarini va bir-birlariga yordam berishlarini xayoliy tasavvur orqali aks ettiradilar. Tiklovchi yoki tasavvur xayoli jarayonida odam ko’z oldiga keltirayotgan obrazning ob'ekti haqiqatdan ham muayyan bir joyda bo’lganligini anglatadi. Tasavvur yoki tiklovchi xayol bog’cha yoshidagi bolalarda ham bo’ladi. Masalan: ularga o’qib berilayotgan hikoyani eshitar ekanlar, hikoyadagi afsonaviy qahramonlar, ularning baland g’oyalar ustidagi qurilgan qasrlari ko’z o’ngilarida gavdalana boshlaydi.
    Ijodiy xayol - deb tajribamizda bo’lmagan va voqelikning o’zida ham uchratmagan narsa va hodisalar haqida tasavvur hamda obrazlar yaratishdan iborat xayol turiga aytiladi.
    Ijodiy xayol murakkab aks ettirish jarayoni bo’lib, odamning hayotida juda katta ahamiyatga egadir. Odam o’zining ijodiy xayoli orqali biror yangi, shu paytgacha ko’rilmagan narsa yaratadi. Masalan: Yozuvchi asari uchun tipik obraz yaratganda uning xayoli ijodiy bo’ladi. Tadqiqotchining biror tadqiqot ustida ishlaganida ham uning xayoli ijodiy bo’ladi.
    Ijodiy xayol obrazlari so’zlarda yoki moddiy ob'ektlarda tasvirlanishi mumkin. Ijodiy xayol mahsuli, ya'ni tasavvur va obrazlari san'atning hamma turlarida arxitekturada, fan va texnika sohasidagi ixtirolarda namoyon bo’ladi.
    Shuni ham nazarda tutish kerakki, tasavvur xayoli bilan ijodiy xayol o’rtasidagi farq faqat nisbiy xarakterga egadir. Xuddi ijodiy xayol jarayonidagi kabi tasavvur xayoli jarayonida ham aslida narsalarning obrazlari yangidan ijod qilinadi. Ana shuning uchun xayolning bu ikki turini bir-biridan batamom ajratib bo’lmaydi.
    Ijodiy xayolning maxsus turi orzudir. Orzu ijodiy xayolning, tilakning kelajakka qaratilgan shaklidir. Orzusiz kishi bo’lmaydi. Orzu odamning u yoki bu faoliyatiga undaydigan stimul turtkich hisoblanadi. Lekin orzuning boshqa salbiy turlari ham bor. Masalan, odamni asosiy ish faoliyatidan boshqa ishga sudraydigan orzular ham bo’ladi. Shunday odamlar ham bo’ladiki, ular o’zlarining aniq faoliyatlarini orzu bilan almashtirib, tilak va istaklariga shirin orzudagina yetib yuradilar. Ularning "quruq xayolparastlar" deb yuritiladi.
    Xayol qilish jarayoni hamma bilish jarayonlaridagi kabi ixtiyorsiz va ixtiyoriy xayol turlariga bo’linadi.

    Download 3,55 Mb.
    1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   314




    Download 3,55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim

    Download 3,55 Mb.