• Ikkinchi inqilob (XVI asrning ortalari) kitobni chop etish bilan bogliq bolib, u tubdan industrial jamiyatni, madaniyat va faoliyatni tashkil etishni ozgartirib yubordi.
  • Axborotlashgan jamiyat – bu ishlayotganlarning kopchiligi axborotlarni va uning oliy shakli bolgan bilimlarni ishlab chiqish, saqlash, qayta ishlash va foydalanish bilan band
  • -савол. Ахборотлаштирилган жамият ҳақида умумий тушунчалар




    Download 14.31 Mb.
    bet191/294
    Sana27.09.2022
    Hajmi14.31 Mb.
    #26454
    1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   294
    Bog'liq
    Д.Хажикулова ShKSPUATXKfani (1)
    Zebra, Shk O`A taqvim, apparat taminotidan maruza matni, Проректору по дополнительному образованию РУДН, Marketing asoslari (N.Mo\'minov, F.Azimova, O.Shmugin), O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t, 10 sinf 2-BSB algebra demo umumta lim, 19-24, Smartfonlar uchun operatsion tizimlar, algaritmlarni loyihalash
    2-савол. Ахборотлаштирилган жамият ҳақида умумий тушунчалар





    Axborot inqiloblari


    To'rtinchi inqilob (XX asrning 70 yillari) mikroprotsessor texnologiyalari va shaxsiy komp`yuterlarning yaratilishi bilan bog'liq. Mikroprotsessor va integral chizmalar asosida komp`yuterlar, komp`yuter tarmoqlari va ma'lumotlarni uzatish tizimlari yaratilgan.
    Uchinchi inqilob (XIX asrning oxirlari) elektr tokining kashf etilishi bilan bog'liq bo'lib, telegraf, telefon va radio yaratili-shiga olib keladi. U turli hajmdagi axborotlarni tezkor yig'ish va uzatish imkonini berdi.


    Ikkinchi inqilob (XVI asrning o'rtalari) kitobni chop etish bilan bog'liq bo'lib, u tubdan industrial jamiyatni, madaniyat va faoliyatni tashkil etishni o'zgartirib yubordi.
    Birinchi inqilob yozuvning kashf etilishi bilan bog'liq bo'lib, miqdor va sifat jihatdan ilgarilab ketishga olib keldi. Avloddan avlodga bilimlarni uzatish imkoniyati paydo bo'ldi.



    Axborotlashgan jamiyat – bu ishlayotganlarning ko'pchiligi axborotlarni va uning oliy shakli
    bo'lgan bilimlarni ishlab chiqish, saqlash, qayta ishlash va foydalanish bilan band bo'lgan
    jamiyatdir.













    axborot inqirozligi muammosi hal bo'ladi, ya'ni axborot tanqisligi bilan
    axborotning ko'pligi
    o'rtasidagi qarama-qarshilikka barham beriladi










    boshqa resurlarga nisbatan axborotning ustivorligi ta'minlanadi










    axborotlashgan iqtisod rivojlanishning asosiy shakli bo'lib hisoblanadi










    jamiyatning negiziga zamonaviy axborot-kommunikatsiyalar
    texnologiyalari asosida bilimlarni
    avtomatlashtirilgan usulda yig'ish, qayta ishlash va foydalanish qo'yiladi










    inson faoliyatining barcha jabhalarini qamrab olgan holda, axborot- kommunikatsiyalar










    inson taraqqiyotining barcha axborot yagonaligi shakllanadi










    taraqqiyotning barcha axborot resurslariga informatika vositalari asosida har bir insonning
    erkin kirishi ta'minlanadi














    Informatikani tor ma'noda uch o'zaro aloqador qismlar - texnik vositalar (hardware), dasturiy vositalar (software) va algoritmik vositalar (brainware) sifatida tassavur etish


    mumkin. O'z navbatida informatikani ham umuman, ham qismlari bo'yicha turli jihatlardan: xalq xo'jaligi tarmog'i, fundamental fan, amaliy fan sohasi sifatida ko'rib chiqish mumkin.
    Informatika xalq xo'jaligi tarmog'gi sifatida komp`yuter texnikasi, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish va axborotni qayta ishlash zamonaviy texnologiyasini ishlab chiqish bilan shug'ullanadigan ho'jalik yuritishning turli shakllaridagi korxonalarning bir turda jamlanishidan iborat bo'ladi.
    Informatika funtamental fan sifatida komp`yuter axborot tizimlari negizida istalgan ob'ektlar bilan boshqaruv jarayonlarini axborot jihatidan ta'minlashni barpo etish metodologiyasini ishlab chiqish bilan shug'ullanadi.
    Informatika a m a l i y f a n sohasi sifatida quyidagilar bilan shug'ullanadi:

    1. axborot jarayonlaridagi qonuniyatlarni o'rganish (axborotlarni yig'ish, qayta ishlash, tarqatish);

    2. inson faoliyatining turli sohalarida komunikatsion-axborot modellarini yaratish va hokazo. "Informatika" so'zi fransuzcha information (informatsiya) va automatique (avtomatika) so'zlaridan olingan bo'lib, so'zma-so'z tarjima qilinganda "informatsion avtomatika" mazmunini beradi.

    Ushbu terminning inglizcha ko'rinishi "Ccomputer ssience" deb aytilib, "komp`yuter fani" deb ham aytiladi.
    Informatika —komp`yuter texnikasidan foydalanishga asoslangan fan bo'lib, axborotning umumiy xossalari va tuzilishini o'rganuvchi fandir. Shuningdek, informatika insoniyat faoliyatining
    turli sohalarida, axborotni yaratish, saqlash, qidirish, qayta ishlash, uzatish tadbiq qilishning qonun qoidalarini o'rganadi.
    1978 yildagi xalqaro ilmiy kongresida “informatika” tushunchasiga keng ma'nodagi aniqliklar kiritildi. Informatikaning o'rganish sohalari: axborotni qayta ishlash sistemasini ishlab chiqish, yaratish, foydalanish va moddiy-texnik xizmat ko'rsatish, jumladan, komp`yuterlar va ularning dasturiy ta'minoti, shuningdek, komp`yuter texnikasini insoniyat hayotiga ommaviy
    joriy qilishda komp`yuterlashtirishning tashkiliy, kommersiyali, iqtisodiy-siyosiy yo'nalishlarni o'z ichiga oladi.
    Shunday qilib, informatika komp`yuter texnikasi asosida quriladi.
    Informatika — tadbiq doirasiga ko'ra keng qamrovli ilmiy fan bo'lib, uning ustivor yo'nalishlariga quyidagilar kiradi:

    • hisoblash sistemasi va dasturiy ta'minotni ishlab chiqish;

    • axborot nazariyasi - axborotni uzatish, qabul qilish, qayta ishlash, saqlash bilan bog'liq jarayonlarni o'rganish;

    • matematik modellashtirish, hisoblash va amaliy matematika metodlari va ularni turli sohalarning fundamental va amaliy izlanishlariga tadbiqi;

    • sun'iy tafakkur metodlari, inson intellektual faoliyati uchun mantiqiy va analitik

    fikrlash metodlarini modellashtirsh (mantiqiy xulosa, o'qitish, muloqot (so'z)ni tushinish, vizual tasavvur qilish, o'yin va boshqalar);

    • sistemaviy tahlil, turli xarakterdagi murakkab muammolar yechimlarini asoslash va tayyorlashning metodologik vositalari o'rganish;

    • bioinformatika, biologik tizimlardagi axboriy jarayonlarni o'rganish;

    • sotsialnaya informatika, jamiyatni axborotlashtirish jarayonlarini o'rganish;

    • mashinaviy grafika, animatsii, multimedia vositalari metodlari;

    • telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlari, jumladan, insoniyatni yagona axborot jamiyatiga birlashtiruvchi global komp`yuter tarmoqlari;

    • Ishlab chiqarish, fan, ta'lim, meditsina, savdo-sotiq, qishloq xo'jaligi va boshqa xo'jalik va jamiyat fyaoliyatlarini o'z ichiga oluvchi turli ko'rinishdagi ilovalar,.

    Rossiyalik akademik A.A. Dorodnitsin informatikani uchta o'zaro aloqada bo'lgan va uzluksiz qismlarga bo'ladi— texnik vositalar, dasturiy vositalar va algoritmlar.
    Texnik vositalar, yoki komp`yuter apparaturasi, ingliz tilida Hardware deb aytiladi, buning so'zma-so'z tarjimasi "qattiq buyum" degan ma'noni bildiradi.
    Dasturiy vositalar, komp`yuterlarda foydalaniluvchi barcha dasturlar majmuasi va ularni yaratish va tadbiq qilish sohalari, bunda Software (so'zma-so'z — "yumshoq buyumlar") so'zi ishlatiladi.
    Qo'yilgan masalaga dastur tuzish berilgan boshlang'ich ma'lumotlar asosida natijaga erishish ko'rinishidagi amallar ketma-ketligini ishlab chiqish, boshqacha aytganda, masalani yechish algoritmini ishlab chiqish. Informatikaning algoritmni ishlab chiqish va uning metodlari, qurish usullari qismida Brainware (inglizcha brain — intellekt) termini ishlatiladi.
    Komp`yuter texnikasi imkoniyatlarini kengaytirish, axborot tarmoqlarini rivojlantirish, yangi axborot texnologiyalarini yaratish jamiyatning barcha sohalariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
    Informatika – bu insoniyat faoliyatining bir sohasi bo'lib, u axborotni hosil qilish, saqlash va komp`yuter yordamida uni qayta ishlash, shu bilan bir qatorda tadbiq muxiti bilan o'zaro bog'liq bo'lgan jarayonlarning aloqadorliklarini o'z ichiga oladi.
    Informatikaning asosiy vazifasi – axborotni qayta ishlashning yangi usullari va vositalarini yaratish hamda ularni amaliyotda qo'llashdan iboratdir.
    Informatika quyidagi masalalarni yechadi:

    • ixtiyoriy axborot jarayonlarini tekshirish;

    • ixtiyoriy axborot jarayonlarini tekshirish natijasida olingan bazani qayta ishlash uchun eng yangi texnika va texnologiyalarni yaratish:

    • jamiyatning barcha sohalarida komp`yuter texnikasi va texnologiyasidan unumli foydalanishning ilmiy va muhandislik muammolarini yechishni yaratish hamda ularni tadbiq etish.

    Shartli ravishda informatikani uchta o'zaro bog'liq qismga bo'lish mumkin:

    • apparatli texnika vositasi;

    • dastur muxiti;

    • algoritmlar muhiti.

    Informatika fani model-algoritm-dasturga asoslangan uchlikka tayanadi.
    Ma'lumot yoki axborot tarixan moddiy va ma'naviy boyliklar qatoridagi qadriyatlardan bo'lib kelgan. Ma'lumotga nisbatan har doim uni saqlash, tezkorlikda uzatish va to'g'ri tahlil qilish
    kabi masalalar dolzarb bo'lib kelgan. Masalan, ma'lumotni qulay va ishonchli saqlash maqsadida qog'oz ixtiro qilingan bo'lsa, tez va ta'sirchan uzatish uchun telegraf, telefon, radio,
    televidenie ixtiro qilingan. Katta hajmdagi axborotni qayta ishlash va keng ko'lamda foydalanish uchun komp`yuterlar ixtiro qilingan deyish mumkin.
    O'z-o'zini nazorat qilish uchun savollar va topshiriqlar

    1. Axborot inqiloblarining qanday bosqichlarini bilasiz ?

    2. Axborotlashgan jamiyat deganda nimani tushunasiz ?

    3. Axborotlashgan jamiyatning o'ziga xos xususiyatlarini ayting.

    4. Axborotlashtirish nima?

    5. Jamiyatni axborotlashtirish ta'rifini keltiring.

    6. Jamiyatni komp`yuterlashtirish ta'rifini keltiring.

    7. O'zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to'g'risida»gi Qonuninida qanday vazifalar qo'yilgan ?

    8. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Komp`yuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to'g'risida»gi Farmonida qanday vazifalar belgilab berilgan ?

    9. Mamlakatimizda jamiyatni axborotlashtirish borasida faoliyat ko'rsatayotgan qanday ilmiy maktablarni bilasiz ?

    10. Jamiyatni axborotlashtirish borasida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti jamoasi tomonidan olib borilayotgan ishlarni gapirib bering.

    11. Mamlakatimizda axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalari sohasini yuksaltirish borasida nima ishlarni qilish lozim ?

    2 Mavzu: Sh.kompyuterning umumiy ko’ronishi va tuzilishi. ShKning asosiy qurilmalari
    REJA:

    1. Shaxsiykompyuterlarning asosiy bloklari va ulaning vazifalari.

    2. Mikprotsessor, sistemali shina, asosiy xotira, tashqi xotira.

    3. Kompyuterni elektr tarmoqmanbaiga ulash.

    4. Kompyuternining tashqi qurilmalari.


    Download 14.31 Mb.
    1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   294




    Download 14.31 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -савол. Ахборотлаштирилган жамият ҳақида умумий тушунчалар

    Download 14.31 Mb.