160
3. AMALIY MASHG„ULOTLAR
3.1.
Avtomatlashtirish tizimlarini loyihalash tartibi,
amaliy mashg„ulotlarni mazmuni va ularni bajarilishga oid ko‟rsatmalar
«Texnik tizimlarni boshqarish» fanidan amaliy mashg„ulotlarning maqsadi
talabaning nazariy olgan bilimlarini to„ldirish, transport vositalari, traktor yoki
qishloq xo„jalik mashinalari(QXM) avtomatik boshqarish tizimlari(ABT)ni
loyihalashdagi asosiy bosqich bolgan loyihalanayotgan tizimni nazariy tadqiq
qilish, ya‟ni hisoblash va tahlil qilish bo„yicha amaliy ko„nikmalarga ega bo„lish.
Ushbu maqsadni mukammal tarzda amalga oshirish uchun ABT ni loyihalash
amaldagi tartibi [8] bilan tanishib chiqish maqsadga muvofiq.
Texnik qurilma va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish tizimlarini
loyihalash odatda buyurtmachi tomonidan taqdim qilingan texnik topshiriq va
boshlang„ich ma‟lotlar asosida maxsus loyihalash tashkiloti tomonidan amalga
oshiriladi. Topshiriqda loyihalanadigan tizimning maqsadi, vazifalari aniq
tavsiflanishi lozim, shuningdek, uning funksional imkoniyatlari ko„rsatilishi kerak.
Taqdim qilingan hujjatlar asosida loyihalash tashkiloti ob‟ektni boshqarishning
struktur sxemasini (statsionar ob‟ektlar uchun), shuningdek, avtomatlashtirishning
funksional sxemasini tuzib chiqadi. Ushbu sxemalar asosida nazorat qilinadigan,
xabar (signal) berilishi lozim bo„lgan va boshqariladigan parametrlar aniqlab
olinadi, shuningdek, xomaki ravishda avtomatlashtirish vositalari majmuasi va
asbob-uskunalari ro„yxati shakllantiriladi.
Avtomatlashtirish tizimlarini loyihalashning keyingi bosqichi – texnologik
jarayonni boshqarish ob‟ekti (BO) sifatida tadqiq qilish, ya‟ni uning matematik
modelini tuzishdan iborat. Muayyan holatdan kelib chiqgan holda, yakunda BO
ning uzatish funksiyasini aniqlash imkonini beradigan analitik yoki eksperimental
modellashtirish usullaridan foydalanish mumkin. Aniqlangan uzatish funksiyasi
ob‟ektni boshqarishning optimal algoritmini tanlash va boshqarish qurilmasi
(rostlagich)ni ishlab chiqish (yoki tanlash) uchun asos bo„ladi.
161
Keyingi bosqichda qabul qilingan boshqarish algoritmini amalga oshirishni
ta‟minlovchi texnik vositalar to„plami tanlanadi, bunda avvalam bor, seriyalab
ishlab chiqarilayotgan, Davlat asbob (pribor)lar tizimiga (GSP) MDH davlatlariaro
standartiga va xalqaro standartlar (ISO) ga kirgan asboblar va texnik vositalar afzal
ko„rilishi lozim. O„ta qat‟iy asoslangan hollardagina GSP va ISO ga kirmagan
asboblarni qo„llash maqsadga muvofiq. Bunda tanlab olingan qurilmalar va
avtomatlashtirish vositalarining sozlash parametrlari qabul qilingan boshqarish
algoritmi (boshqarish qonuni)ni amalga oshirishini tam‟minlashi lozim.
Sozlash parametrlari hisoblash metodlari quyidagilar o„z ichiga oladi:
- birlamchi o„lchash o„zgartkich (O„O„)lar - datchiklarni tanlash;
- kuchaytiruvchi - o„zgartiruvchi, boshqaruv komandasini shakllantiruvchi
qurilmalarni tanlash;
- ijro mexanizmlarini tanlash.
BO lari asosan elektr energiya hisobiga ishlaydi. Shu sababli avtomatik
tizimni loyihalashdagi keyingi qadam tizimning prinsipial elektrik sxemalarini
ishlab chiqish bo„ladi. So„ngra tegishli apparat vositalarini buyurtma qilingandan
keyin ularni manbalarga ulash va aloqa sxemalarini ishlab chiqiladi, zaxira
almashuvchi qurilmalar loyihalanadi.
Loyihalashning yakuniy bosqichida avtomatik tizimning puxtaligi va
iqtisodiy samaradorligi hisoblab aniqlanadi.
Yuqorida ta‟kidlanganidek, amaliy mashg„ulotlarning maqsadi - talabaning
nazariy olgan bilimlarini to„ldirish va mustahkamlash, muayyan bir topshiriq
bo„yicha avtomobillar, traktorlar va qishloq xo„jalik mashinalarida qullaniladigan
avtomatik boshqarish tizimlarini loyihalash jarayonining muhim tarkibiy qismi
bo„lgan ABTni hisoblash va tahlil qilish ishlarini bajarish bo„yicha amaliy
ko„nikmalarga ega bo„lishdir.
Ushbu maqsadga quyidagi tartibda amalga oshiriladigan vazifalarni bajarish
va ularni o„zlashtirish asosida erishiladi:
1. Transport vositalari, xususan, avtomobillarda qo„llaniladigan avtomatik
elektron tizimlarning turlari va qisqartma ko„rinishida belgilanishlarini o„rganish.
162
2. Shaxsiy topshiriqda berilgan transport vositalari, traktorlar va QXMlari
ABT (yoki ART) ga o„xshash avtomatik tizimlarning tavsiya qilingan adabiyotlar
bo„yicha prinsipial (konstruktiv) sxemalarini o„rganish va ulardan birini tanlash,
tanlangan tizimning prinsipial sxemasi va ishlash prinsipini tavsiflash.
3. Tanlangan ABT ni funksional elementlarga ajratish, ularni kirish va
chiqish kattalik (signal)larini aniqlash va funksional sxemasini tuzish.
4. ABTni tipik (elementar) zvenolarga ajratish va ularni uzatish
funksiyalarini tanlash. ABTning struktur (algoritmik) sxemasini tuzish va talaba
shaxsiy topshirig„i boshlang„ich ma‟lumotlarida berilgan ABT ni tashkil qiluvchi
zvenolarning uzatish koeffitsientlari va vaqt doimiylari qiymatlaridan foydalangan
holda tizimning umumiy uzatish funksiyasini hisoblab aniqlash.
5. ABTni tahlil (analiz) qilish. Uning turg„unligini Raus-Gurvits va
Mixaylov mezon (kriteriya)lari yordamida baholash, tizim noturg„un bo„lgan holda
sxemaga va uning elementlari parametrlariga tizimning turg„unligini ta‟minlovchi
tuzatishlar kiritish.
6. Tizimning sifat ko„rsatkichlarini bilvosita usulda - o„tish xarakteristikasini
qurmasdan uning haqiqiy chastotaviy xarakteristikasi orqali taqriban baholash.
7. ABT ning ish jarayonini sifat ko„rsatkichlarini aniqlash uchun o„tish
xarakteristikasini EHM yordamida qurish va tahlil qilish, ya‟ni sistemaning sifat
ko„rsatkichlarini bevosita usulda aniqlash.
Mashg„ulotlar davomida guruh talabalari biror bir transport vositasi QXM
yoki traktorni ABTni hisoblash va tahlil qilish bo„yicha vazifalarni o„qituvchi bilan
birgalikda auditoriyada bajaradilar. Mustaqil ravishda bajarish uchun har bir
talabaga o„qituvchi tomonidan shaxsiy topshiriq mavzusi va varianti beriladi.
Amaliy mashg„ulot bo„yicha shaxsiy topshiriqlar mashinalarning ABT
bo„yicha 10 ta mavzudan iborat bo„lib, har bir mavzu buyicha 10 ta variantda
boshlang„ich ma‟lumotlar – ABTni tashkil qiluvchi funksional elementlarning
uzatish koeffitsientlari va vaqt doimiylari qiymatlari ko„rinishida ushbu qo„llanma
ilovasidagi jadvallarda berilgan.
163
Har bir ABT mavzu bo„yicha topshiriq ma‟lumotlari jadvali so„ngida
mavzuga tegishli ma‟lumotlarni olish uchun ushbu qo„llanmada tavsiya qilingan
asosiy va qo„shimcha adabiyotlarning ro„yxatidagi tartib raqamlari berilgan.
Talaba o„z shaxsiy topshirig„iga tegishli ma‟lumotlarni tavsiya qilingan
adabiyotlardan olishi mumkin. Har bir mashg„ulot davomida va o„qituvchi
belgilagan qo„shimcha maslahat soatlarida talaba o„z shaxsiy topshirig„ini
bajarishga oid maslahatlar olishi mumkin. Mashg„ulotlar va shaxsiy topshiriq
bo„yicha yozuvlar va hisoblashlar maxsus daftarda rasmiylashtiriladi va o„qituvchi
tomonidan tizimli tarzda baholab boriladi.
Quyida topshiriqning har bir bo„limini bajarish bo„yicha qisqacha nazariy
ma‟lumotlar va turli ABTlarni qamrab olgan ushbu bo„limlarni bajarish
na‟munalari keltirilgan.
|