O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. Omonov




Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/80
Sana17.01.2024
Hajmi5,59 Mb.
#139477
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   80
Bog'liq
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH

Xoll datchigi. Vallarning aylanishlar chastotasi va burchak holatini o„lchash 
uchun avtomobil elektronikasida yarim-o„tkazgichli Xoll datchiklari ham keng 
ko„lamda ishlatiladi. Xoll datchigi – bu magnit maydoni ta‟sirida boshqariladigan 
o„zgaruvchan qarshilik bo„lib, uning elektronikasi - Xoll elementi to„rt chiqish 
ulagichlariga ega yarim o„tkazgich materiallar (germaniy, kremniy, galliy arsenidi
indiy arsenidi, antimod) biridan tayyorlangan o„ta yupqa - qilinligi 10
-4
m bo„lgan 
plastinaga o„zgarmas tok berilganda xosil bo„ladigan galьvanomagnit effekt (Xoll 
effekti) hodisasidan foydalanishga asoslangan. Ushbu effekt natijasida xosil 
bo„ladigan elektr yurituvchi kuch (e.yu.k.) juda kichik bo„lib, plastinadagi elektr toki 
va temperaturaga bog„liq. Shu sababli Xoll datchigi Xoll elementi(XE)dan (2.14.3-
rasm) tashqari kuchaytirgichli o„zgartirgich (U), bo„sag„a(chegaraviy) element (K), 
VT tranzistor asosidagi chiqish kaskadi va kuchlanish stabilizatori (ST) ni o„z ichiga 
olgan. Xoll datchigi konstruktiv jixatidan «magnit vositasida boshqariladigan integral 
sxema» deb nomlangan yagona mikrosxema ko„rinishida yasalgan. 
 
 
2.14.3-rasm. Xoll effektiga asoslangan mikroo„zgartirgichning struktur sxemasi 
(R
n
 - datchik yuklanishi) 
 
Xoll datchigida magnit maydoni doimiy magnit(5) da(2.14.4-rasm) xosil 
bo„ladi. Bir korpus(6)ga joylashtirilgan magnit tizimi va magnit vositasida 
boshqariladigan integral sxema(1) Xoll effekti mikro-o„zgartirgichini tashkil qiladi. 


154 
Magnit oqimining kommutatsiyasi ekranli to„skichlari (3) va tirqishlari bor yumshoq 
magnitli po„latdan tayyorlangan rotor (2) yordamida amalga oshiriladi. Rotor datchik – 
taqsimlagich vali (4) bilan birga aylanadi, undagi tirqishlar soni dvigatel silindrlari 
soniga teng. 
Rotor tirqishlari yonidan doimiy magnit o„tayotganida uning magnit oqimi kuch 
chiziqlari Xoll elementi (XE) yuzasiga ta‟sir qiladi va uning chiqishida 
e
x
e.yu.k. 
hosil bo„ladi (2.14.5-rasm). 
2.14.4-rasm. Xoll datchigi sxemasi: 1 - magnit vositasida boshqariladigan
integral sxema; 2 - rotor; 3 - ekran; 4 - datchik-taqsimlagich valigi; 5- magnit;
6 - mikroo„zgartirgich korpusi 
 
Magnit vositasida boshqariladigan integral sxema bilan magnit orasidagi tirqishga 
rotor ekrani ro„para kelganda magnit oqimining shuntlanishi yuz beradi va e
x 
qiymati 
minimumgacha tushib ketadi (2.14.5-rasm). Magnit oqimining davriy ravishda 
o„zgarishi natijasida Xoll datchigi chiqishida dvigatel tirsakli valining burchak 
holatiga mos kuchlanish 
d
U
ning to„g„ri burchakli impulslar ko„rinishidagi signali 
shakllanadi (2.14.5-rasmga qarang).
IYOD 2.14.6-rasmda Xoll effekti asosida ishlaydigan VAZ rusumli 
avtomobillar dvigateli taqsimlash vali holati datchigi yoki faza datchigi(FD)ning 
umumiy ko„rinishi keltirilgan, uning vazifasi birinchissilindr porshenining siqish 
fazasi so„ngidagi yuqori qotish nuqtasini aniqlab berish.


155 
2.14.5-rasm

Xoll elementi e.yu.k. va Xoll datchigi chiqishidagi
kuchlanishning rotorning burilish burchagiga bog„ligi
 
 
 
2.14.6-rasm. IYOD taqsimlash vali xolati datchigining umumiy ko„rinishi 
Datchik korpus, tirqishli elektrod va elektr ulagichdan iborat bo„lib, 
silindrlar kallaklar blokining chap tomoniga, uning rotori esa taqsimlash valiga 
o„rnatiladi. Rotorni tashqi aylanma yuzasining datchikka ro„para, yarim aylana 
segment qo„rinishidagi qismi(shtorka) metall qoplamaga ega va u datchika 
yo„naltirilgan reper ekrani vazifasini bajaradi. Segment shtorka datchika eng yaqin 
kelgan xolatda (oradagi havoli tirqish 0,5–1,5 mm diapozonda bo„lishi kerak) 
datchik EBB ga 12 V kuchlanishli elektr signal uzatadi. 
Temperatura datchiklari ob‟ekt xarorati haqidagi ma‟lumotni manbadan oladi 
va boshqa qurilma yoki shaxs tomonidan tushuniladigan shaklga o„zgartiradi. 


156 
Avtotransport vositalari elektron boshqaruv tizim-larida temperatura datchiklari 
sifatida yarim o„tkazgichli termorezistor-larning takomillashtirilgan turlari joriy 
qilingan bo„lib, ular yuqori sezuvchanlik,barqarorlik va texnologik xususiyatlari, 
inersiyasining kichikligi, hamda tuzilishining soddaligi kabi afzalliklarga ega. Ular 
integral temperatura datchiklari toifasi kirib tashqi tarmoqli sxemaga 
(kuchaytirgich) ega bo„lgan bir kristalli issiqlik sezuvchan yarim o„tkazgichli 
elementdan tashkil topgan. Datchikning chiqish signali kuchlanish ko„rinishida 
bo„ladi. 
Laboratoriya stendida yuqori sezuvchanlikka ega yarim o„tkazgichli DS12830 
rusumli intelektual temperatura datchigi (2.14.7-rasm) elektrmotor korpusigi 
o„rnatilgan. Datchik korpusdagi xarorat xaqidagi analog elektr signalni o„zining 
mikrosxemasi yordamida raqamli ko„rinishga 
 
 
 
 
 
2.14.7-rasm. DS12830 rusumli temperatura datchigi sxemasi 
aylantirib stend kontrolleriga uzatadi va zarur vaqtda displeyda aks ettiriladi, ya‟ni 
bunda temperatura datchigi elektrmotor xaroratini nazorat qilish vazifasini 
bajaradi.. Datchikning tavsifi quyida keltirilgan. 

Download 5,59 Mb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   80




Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. Omonov

Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish