|
O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi abu rayhon beruniy nomidagi toshkеnt davlat tеxnika univеrsitеti Pdf ko'rish
|
bet | 14/23 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 349,82 Kb. | | #142660 |
Undovchi reklamaning asosiy vazifasi xaridorning munosabatlariga
emas, balki uning xatti-harakatlariga ta’sir qilishdan iboratdir. Reklama
axboroti tovar yoki xizmatni xarid qilishga undashi kerak, shuning uchun
uning samarasi qisqa muddatli bo‘ladi va savdoning borishi bilan
baholanadi. Bunday reklama uslubi tajovvuzkorroq bo‘lsa-da, u ham aslida
imij yaratish vazifasiga o‘hshab ketadi.
Interaktiv reklama muayyan bir shaxsga moslashtirilgan reklama
axboroti bo‘lib, uning maqsadi potensial xaridor bilan uning javobini
rag‘batlantirish orqali muloqot o‘rnatishdir. Firma xaridorning javob
reaksiyasi asosida tijoriy munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga harakat qiladi.
Reklamaning bu turi avvalgi ikki reklama uslubining vazifalarini
o‘zida mujassamlashga: imijni yaratish va ayni paytda axborotning
samarasini darhol baholashga imkon beruvchi ma’lumot bir xatti-
harakatlarni erishishga intiladi. Aynan mana shu uslub o‘zining avvalgi
boblarda tavsiflab o‘tilgan interaktiv marketingga bevosita bog‘liqligi
tufayli tez rivojlanadi.
Tashkilot reklamasi.Yuqoridagi uch xil reklama stili bir tovar yoki
markaga qaratilgan edi.Tashkilot reklamasining (firma reklamasining)
vazifasi - ommaning turli tabaqalari orasida firmaga nisbatan ijobiy
munosabatni shakllantirish yoki kuchaytirishdan iboratdir.
Reklama - kommunikatsiya vositasi bo‘lib, u firmaning bevosita
muloqot o‘rnatilmagan potensial xaridorlariga axborot uzatishga imkon
beradi. Firma reklama yordamida markaning imijini yaratadi va
sotuvchilar tomonidan hamkorlik orqali pirovard iste’molchilarda
ma’lumlik
sarmoyasini
shakllantiradi.
Reklama
kommunikatsion
strategiyaning asosiy vositasidir.
Reklama
byudjetini
rejalashtirish
reklamaga
ajratilgan
mablag‘larning umumiy miqdori, ularni taqsimlash, ya’ni ulardan qanday
tartibda va qanday hajmda foydalanilishini doimo ko‘rsatish aniqlanadi.
Reklama faoliyatini rejalashtirish alohida qiyinchilikka ega.Firma o‘z
reklamasi vazifalarini belgilab turib, har bir alohida tovarga byudjetni
ishlab chiqadi.Reklamaning o‘rni ularning talabini qondirishdan
iborat.Byudjet belgilangan so‘ng firma reklama muomalasi va tarqatish
vositalari haqida qaror ishlab chiqadi.Reklama tadbirlarini o‘tkazishni
baholash uning kommunikativ va savdo samaradorligini aniqlash uchun
amalga oshiriladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi abu rayhon beruniy nomidagi toshkеnt davlat tеxnika univеrsitеti
|