5
Bunda asosan xaridorlarning tovar haqidagi fikri va tovarga bo‘lgan
munosabati yaxshi bo‘lmagan holda foydalaniladi. Ya’ni kommunikator
xaridorlar tovarni yoqtirmasliklari sababini aniqlab reklama tashkiloti
orqali o‘sha kamchiliklarni bartaraf etilganligini ko‘rsatib berish kerak;
g) xaridorlarni ishontirish; Buning uchun ishontiruvchi reklamadan
foydalaniladi. Bunda sizning tovaringizni raqobatchilar tovaridan
ustunliklari va uning foydaliligi ko‘rsatiladi. Ishontirishning asosiy
vositalaridan biri bu omma bilan aloqa hisoblanadi.
d) Sotish hajmini oishirish maqsadida qilinadigan reklama. Bunda
tovar haqida hamma etarli ma’lumotga ega, lekin xaridorlarga tovarni
eslatib turadi.
- axborotni tanlash. Siz qanday maqsadda reklama qilishingizni
aniqlab olganingizdan keyin shunday reklama tekstini tayyorlashingiz
kerakki, u maqsadli auditoriyaga o‘z ta’sirini o‘tkazsin.
- axborotlashtirish vositalarini tanlash. Kommunikator ma’lumotni
tayyorlagandan keyin uni qaysi kanal organizatsiyaxali yetkazishni
aniqlashi kerak. Ma’lumot yetkazishning ikki asosiy turi farqlanadi:
Shaxsiy (individual) va umumiy.
- Shaxsiy kanalga xaridor bilan alohida suqbat o‘tkazish, telefon
organizatsiya orqali aloqa qilish, pochta tashkiloti orqali murojaat qilish va
boshqalar.
- umumiy kanalga ommaviy axborot vositalari, chora-tadbirlar,
konferensiyalar va boshqalar.