|
JamoatchilikbilanaloqalarvamatbuotdachopetishlarJamoatchilikbilanaloqalarvamatbuotdachopetishlar
-
kompaniyaimijiyokitovarlarinihimoyaqilishvasiljitishuchunyaratilganturlix
ildasturlardir.
Shaxsiysotuv-
taqdimotlarniuyushtirish,
savollargajavobberishvabuyurtmalarniolishmaqsadidabiryokibirnechapote
nsialxaridorlarbilanbevositao‘zarota’siretish.
To‘g‘ridan-to‘g‘rimarketing
-
haqiqiyyokipotensialmijozlargaTo‘g‘ridan-
7
to‘g‘rita’sirko‘rsatishuchunpochta,
telefon,
faks,
elektronpochtavaboshqashaxssizaloqavositalaridanfoydalanish.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1.Marketingda kommunikativ siyosatni tashkil etish deganda nimani
tushunasiz?
2.Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida kommunikatsiya
siyosatining mohiyati va maqsadlari nimalardan iborat bo‘ladi?
3. Kommunikatsiya so‘zining moxiyatini tushuntirib bering
4. Talab qanday shakllantiriladi?
6. Talabni shakllantirish va sotuvni ragbatlantirish maqsadi nimadan
iborat?
7. Sotuvni rag‘batlantirishning qanday usullarini bilasiz?
2-mavzu. Marketing kommunikatsiya kompleksini yaratish va
boshqarish
Korxona o‘z firmasini yaxshi imijini yaratish uchun ko‘plab
kommunikativ jarayonlar bilan o‘zaro kelishishga majburdir. Korxona
tovar bilan raqobatlashib kommunikativ raqobatga chuqurroq, ya’ni
bozorni muhimroq maqsadli segmenti va xaridorlari e’tiborini erishishga
kurashib jalb etiladi.
Keyingi kommunikativ siyosatda strategik va taktik choralarni ichiga
oluvchi faqat kompleks yondashish imkoniyati qo‘yiladi. Buning uchun
korxonadan
tadbirkorlikni
integratsiyalangan
kommunikativ
konsepsiyasini yaratish va rivojlantirish talab qilinadi.
Integratsiyalangan kommunikativ jarayonning hususiyati bo‘lib
kommunikatsiya vosita va jarayoni, tashuvchilari shakllarini turli-
tumanligi hisoblanadi.
Kommunikatsiya quyidagicha klassifikatsiyalanadi: kontakt turi
bo‘yicha; shaxsi va shaxssiz; jaddaligi bo‘yicha: jadal va bo‘sh, qo‘llash
chastotasi bo‘yicha yagona va ko‘p marotabalik; ta’sir natijasiga ko‘ra -
samarali va samarasiz. Kommunikatsiya ishlovchilari sifatida: menejment
(firma boshqaruvi); xodimlar; mijozlar; jamoat; biznes bo‘yicha sheriklar
va boshqalar.
Har qanday kommunikatsiya uzatkich va qabul qilgich o‘rtasida
yozish va tanib olish maqsadida kodlash va kodni o‘qish tizimidan
foydalangan holda signallar almashinuvini ko‘zda tutadi. Quyida
kommunikatsiya jarayonining sakkiz elementi ko‘rsatilgan.
|
| |