Bu rasmlar bizga “Alpomish” dostonini eslatadi. “Alpomish”
dostonida Ot – boychipor,
Alpomishning kurashga tushishi,
kamondan o‘q otishi, ko‘pkari kabi milliy xarakterlari ochib berilgan.
Xulosa qilib aytganda, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinf
darsligida xalq og‘zaki ijodi haqida nazariy ma’lumot,
topishmoq,
maqol, hadis, masal, ertak, ertak –doston, she’r va sayohatnomalar
haqida nazariy ma’lumot berilgan.
Janrlar haqidagi bu nazariy
ma’lumotlarni ko‘rgazmali va ko‘rsatmali multimedialardan
foydalanish
adabiyot
o‘qituvchisidan
zamonaviy pedagogik
texnologiyalarni yaxshi bilishni talab qiladi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.
Multimedianing texnik – dasturiy vositalarini aytib bering.
2.
Tasvirlarni yaratuvchi va ular bilan ishlovchi vositalarni
sanab bering.
3.
Ovoz yozish va ovoz tahrirlash vositalarini sanab bering.
4.
Video yozish va video tahrirlash
vositalarini ishlash
prinsipini aytib bering.
5.
Multimedia vositalari haqida ma’lumot.
6.
Multimedia vositalari bilan ishlash.
Asosiy tushunchalar:
Taqdimot (Prezentatsiya, Presentation)
– diagramma, jadval,
matn va boshqa ko‘rinishdagi ma’lumotlarni
maxsus dasturlardan
193
foydalangan holda displey, videoproektor
kabilarda namoyish qilish
uchun tayyorlash.