Folklor – og‘zaki ijod.
Xalq poetik ijodi yozuv paydo
bo‘lmasdan ko‘p zamonlar ilgari yuzaga kelgan. Uning yaratilishi va
tarqalishi jonli og‘zaki an’ana bilan bog‘liqdir. Folklor asarlarining
uzoq asrlar davomida og‘zaki yaratilishi va og‘zaki ijro etilishi uning
shakl va mazmuniga ta’sir ko‘rsatadi. Ma’lumki,
ayrim tarixiy
faktlarning to‘liq esda qolmasligi, zamon taqozosi bilan unutilishi
natijasida ularning asardan tushib qolishi yoki o‘zgarishi mumkin.
Folklorning og‘zakilik xususiyati uning keng tarqalishiga, xalq
orasida keng ommalashuviga sabab bo‘ladi.
Folklor xalq tomonidan asrlar davomida yaratilib avloddan-
avlodga, ustozdan shogirdga o‘tib kelgan jamoa ijodi mahsulidir.
Ma’lumki, qadim zamonlarda ilk bor yuzaga kelgan
folklor asarlari
xalq tomonidan ijod qilingan va ijro etilgan. Keyinchalik esa talantli
kishilar tomonidan yaratilgan. Ular o‘z ijodida qabila va urug‘
odatlari, dunyoqarashi, e’tiqodi, tabiat bilan bo‘lgan munosabatlari
haqida hikoya qiladilar. Xalq kuychisi (baxshi, ertakchi, qo‘shiqchi)
xalq jamoasi tomonidan yaratilgan asarlarni mexanik tarzda boshidan
oxirigacha
so‘zma-so‘z
yod
aytmaydi,
balki
unga
ijodiy
munosabatda bo‘lib, o‘zidan nimadir qo‘shadi, boyitib boradi.
Shuning uchun ham u kuylayotgan asarini hamisha «xalqniki» deb
tan oladi. Demak, folklor asarlarida xalq jamoasi ijodi tushunchasi,
hech mahal individual ijod rolini inkor etmaydi.
Folklor – sinkretik xususiyatga ega bo‘lib, xilma-xil san’at
turlariga xos elementlarni o‘ziga mujassamlashtirgan. Uning ba’zi
namunalari so‘z va kuy uyg‘unligida ijro etiladi.
Doston va
termalarni do‘mbira jo‘rligida kuylash an’anviy bo‘lsa, qo‘shiq dutor
va childirma jo‘rligida kuylanadi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari 5 – 8 – 9-sinf darsliklarida xalq
o‘g‘zaki ijodi xos mavzular o‘rin olgan. Akadimek-litsey va kasb-
hunar kollejlarining adabiyot darsliklarida ham xalq o‘g‘zaki ijodi
bo‘limlari kiritilgan.
Bizga ma’lumki, uzluksiz ta’lim tizimidagi adabiyot darslari
“Xalq og‘zaki ijodi”dan boshlanadi
1
. Shunga ko‘ra, doston haqidagi
nazariy ma’lumotlarga to‘xtalib o‘tsak.
1
S.Axmedov, B.Qosimov, R.Qo`chqorov, Sh.Rizayev. Umumiy o`rta ta`lim
maktablarining 5-sinfi uchun darslik. – T.: Sharq. I-II qism. 2015. -176 b.
191
Doston-xalq og‘zaki ijodining eng yirik janri bo‘lib, u
qahramonlik, ishqiy-sarguzasht, fantastik mazmunga ega bo‘lgan
voqealarni bayon qiluvchi asardir. Qahramonlarning sarguzashtlari,
o‘zaro munosabatlari va kechinmalarini keng ko‘lamda
tasvirlovchi
yirik hajmli she’riy asar DOSTON deyiladi.
Odatda, dostonlarning birinchi ijodkori unutilib, ular
nasldan-naslga, avloddan-avlodga o‘tishi natijasida xalq mulkiga
aylanadi.
Dostonlar mavzu jihatdan rang-barang, mazmunan xilma-xil
bo‘lganligi bois ularning quyidagi turlari mavjud: qahramonlik
dostonlari, ishqiy-sarguzasht dostonlar, tarixiy dostonlar.
Xalq og‘zaki ijodidagi “Rustamxon”, “Alpomish” qahramonlik
dostoni bo‘lsa, “Go‘ro‘g‘li”, “Ravshan”, “Oshiq G‘arib va
Shoxsanam” kabilar ishqiy-sarguzasht dostonlardir.
Xalq dostonlari baxshilar tomonidan ijro etiladi.
Adabiyotga doir maxsus saytlarda dostonlarning
xalq baxshilari
tomonidan kuylangan audio-video lavhalari mavjud. Har bir
o‘qituvchi dars jarayonida ulardan samarali foydalanishi mumkin.
Dunyodagi ayrim xalqlarda o‘zining tarixiga oid yirik hajmdagi
katta muhim voqea bayon etiladigan janrlar bor. Biz-o‘zbeklarda bu
janr doston deb ataladi. Doston so‘zi qiziq-qiziq voqealarni hikoya
qilish, maqtash ma’nolarini anglatadi. Badiiy adabiyotimizda asosan
ikki usulda yaratilgan dostonlar bor. Birinchisi, asrlar davomida xalq
og‘zaki ijodida baxshilar tomonidan og‘zaki tarzda kuylab kelingan
dostonlar.
Ikkinchisi, yozma shaklda shoirlar tomonidan ijod
qilingan dostonlar. Ularning quyidagicha turlari bor: