2.
Michael Henderson, Geoff Romeo.
Teaching and digital
technologies(Big issues and critical questions). Cambridje University
Press. 2015.
3.
Bent B.Andresen and Katja van den Brink. Multimedia in
Education.UNESCO Institute for Information Technologis in
Education. 2013.ISBN 978-5-7777-0556-3.
4.
Sanjaya Mishra, Ramesh C. Sharma.
Interactive multimedia
in education and training. ISBN 1-59140-393-6. Published in the
United States of America by Idea Group Publishing. 2005.
195
16- MODUL: MUMTOZ ADABIYOT NAMUNALARINI
O‘RGANISHDA ELEKTRON JADVALLAR VA GIPERMATN
BILAN ISHLASH KO‘NIKMASINI SHAKLLANTIRISH
WEB – DIZAYN (LOYIHA) WORLD WIDE WEB (WWW)
– kompyuter tarmoqlaridan kerakli ma’lumotni ko‘rishni
gipermurojaat
deb ataluvchi usul bilan
kompyuter tarmoqlarida
joylashtirish usuli. WWW- World Wide Web nomi Tim Berusers –
Lee (Gern laboratoriyasi) tomonidan kiritilgan. U boshqacha nomda
butun dunyo “o‘rgimchaklari” deb ham ataladi. Buning sababi,
WWWda turli yo‘llar orqali tegishli ma’lumotga yetib borish va uni
ko‘rish imkoniyati borligidir. WWWda nuqtalar rolini kompyuter
o‘ynaydi. Yo‘llar sifatida telefon yo‘llari ishlatiladi.
Web sahifalar,
odatda, HTML hujjat, HTML (Hyper Text Markup Language –
girematnni belgilash tili) tilida yozilgan hujjat sifatida tayyorlanadi.
Bu holda yozilgan hujjatlarni tabiiy ko‘rinishda keng ommaga
tushunarli bo‘lgan kompyuter ekranida
tasvirlash uchun maxsus
dasturlar ishlatiladi. Bunday dasturlar Browser (ko‘ruvchi,
sharhlovchi)lar deb ataladi. Xususan, Windows tarkibida mavjud
dasturlar sharhlovchi nomi bilan yuritiladi.
WWW (qisqacha – Web) sistemasida ma’lumotlar
gipermatnli
hujjatlar shaklida olinadi. Gipermatn boshqa matnli hujjatlarga yo‘l
ko‘rsatuvchi matndir. Bu esa boshqa matnlarga tez o‘tish imkonini
beradi. Matnlar bilan bir qatorda
WWW hujjatlarida rangli
harakatdagi tasvirlarni, turli video kliplarni,
umuman multimedia
ma’lumotlarini ham beruvchi hujjatlar
gipermedia
hujjatlari deyiladi.
Web –Internet tarmoqlarida joylashgan fayllar to‘plami bo‘lib,
ularning soni soat sayin ko‘payib bormoqda. Webning eng asosiy
xususiyatlaridan biri unda turli matn, video, grafik ob’ektlarda