17- MODUL: JADIDCHILIK VA YANGI DAVR
ADABIYOTIGA OID MA’LUMOTLARNI INTERAKTIV
SINF DOSKASI YORDAMIDA O‘RGANISH
Interaktiv doskalar
Star Board interaktiv doska
1
– bu
kompyuterdagi tasvirlarni
proyektor orqali namoyish etadigan sensorli ekrandir. Maxsus
dasturiy ta’minot matn, rasm, video va audio ma’lumotlar va
obyektlar, hamda Internet-resurslar bilan ishlash va ular ustiga yozuv
va izohlar tushirish imkonini beradi.
Interaktiv doska nafaqat taqdimot ko‘rinishidagi ma’lumotlarni,
balki barcha turdagi ma’lumotlarni berish bilan birga odatiy matn
yozish (konspekt qilish)ni bartaraf etib,
vaqtdan unumli foydalanish
imkoniyatini beradi. Tinglovchilar dars yakunida dars jarayonida
keltirilgan barcha ma’lumotlar va yozuvlarni fayl ko‘rinishida yozib
olish va undan keyinchalik ham foydalanish imkoniyatiga ega
bo‘lishadi. Interaktiv doskalar ma’lumot
olish samaradorligini
oshiradi.
Interaktiv doskani keng tatbiq etish borasida hal etilishi zarur
bo‘lgan muammolardan biri o‘qituvchilarni bu qurilma bilan
samarali ishlashga o‘rgatishdir. O‘quv
materiallarining elektron
variantlarini tayyorlash uchun o‘qituvchilardan axborot fazolarini
loyihalash tajribasiga ega bo‘lish va axborotlarni samarali
strukturalarini yaratishda interfeyslardan foydalana
bilish tajribasiga
ega bo‘lish talab qilinadi.
Nizomiy nomidagi TDPU mutaxassislari tomonidan “Ta’lim
jarayonida starboard interaktiv doskadan foydalanish” bo‘yicha
uslubiy qo‘llanmada StarBoard interaktiv doskani ishga tushirish,
sozlash va undan samarali foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar
keltirilgan.
I.N.Tillaboyevning «Interaktiv elektron doska(IED)ning vazifasi
va imkoniyatlari» maqolasida matematikani o‘qitish jarayonida
interaktiv doskalardan foydalanishning
imkoniyatlari haqida bayon
qilingan
2
.
1
Таълим жараёнида starboard интерактив доскадан фойдаланиш. –
Тошкент: Низомий номидаги ТДПУ 2010.
2
Qarang: http://library.ziyonet.uz/ru/book/16018
205
Interaktiv elektron doska oddiy doskalardan farq qilib, unda
bajarilgan har bir ish shu zahoti kompyuter ekranida paydo bo‘ladi.
Doskada yozilgan axborotni fayl ko‘rinishida kompyuter xotirasida
saqlash, zarurat bo‘lsa printer
yordamida bosmaga chiqarish
mumkin. Matnlarni va grafik tasvirlarni rangli marker (qalam)lar
bilan bezash mumkin.
Interaktiv elektron doskaning eng asosiy afzalliklaridan biri unda
animatsiyadan foydalanish imkoniyati mavjudligidir. Unda tayyor
rasmlarni ko‘rish, mashg‘ulotni videotasvir ko‘rinishda yozib borish
yoki
video
tasvirlarni
namoyish
etish
mumkin.
Agar
TRACERecorder.exe dasturidan foydalanilsa, doskada bajarilgan har
bir harakat, butun dars jarayoni tasvirga olinadi.
6.1.-rasm.