shuhratini dunyoga yoygan binolardan biri “Ixlosiya” madrasasini
qurdirdi. Shu madrasa janubida “Xalosiya”
nomli katta xonaqoh
barpo etdi. Madrasaning g‘arbida “Shifoiya” nomli bino qurilib, u
yerda mashhur tabiblarni to‘pladi. Masjidi jome’ yonida “Dorul-
huffoz” (“Qorilar uyi”) gumbazi qad rostladi. Bulardan tashqari,
Navoiy Hirotning ichida “Nizomiya”, Marvda “Xusraviya”
nomli
madrasalar qurdirgan. Hirot va boshqa shaharlarda 10dan ortiq
xonaqoh, 20dan ortiq masjid qurilgan. Navoiyning qurilish ishlari
butun Xuroson va uning shaharlarida olib boriladi.
Navoiyning
ixtiyoridagi mablag‘lar hisobiga qurilgan binolarning soni ba’zi
manbalarda uch yuzdan ortiq, deb ko‘rsatiladi.
Navoiy asarlarining yaratilishi haqida umumiy ma’lumot
Alisher Navoiy, eng avvalo, ulug‘ lirik shoir.
U bolaligidan
umrining oxirigacha lirik she’rlar bitdi, o‘zidan boy lirik meros
qoldirdi.
Alisher Navoiy adabiy merosi o‘z ichiga lirik,
epik va ilmiy
nasriy asarlarni oladi. 1465 yili Navoiy muxlislari uning she’rlarini
jamlab, devon tuzadilar. U fanda “Ilk devon” nomini olgan. 1470-
1476-yillar orasida shoir “Badoe’ ul-bidoya" (“Badiiylik ibtidosi")
devonini tuzdi. “Badoyiul-bidoya" 842 she’rdan tashkil topgan. Unda
585 g‘azal, 3 mustazod, 4 muxammas, 2 musaddas, 3 tarkibband, 46
fard mavjud. 1476 – 1483-yillar oralig‘ida shoir faqat g‘azallardan
tartiblangan ikkinchi devoni “Navodir un-nihoya" (“Behad
nodirliklar")ni tuzdi. Navoiy 1491 – 1498-yillar mobaynida maxsus
to‘rt devondan tashkil topgan lirik kulliyot - "Xazoyinul-maoniy"
(“Ma’nolar xazinasi") ni tartibladi.
Navoiy buyuk epik shoir-dostonnavis ham. Lirikada katta ijodiy
tajriba to‘plagan shoir qisqa muddat ichida – 1483 – 1485 -yillari 51
misradan ortiq besh dostonni yaratdi. Ular “Xamsa” tarkibidagi besh
doston: “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin", “Layli va Majnun",
“Sab’ai Sayyor" va “Saddi Iskandariy"dir. 1501 yili “Lison ut-tayr”
dostoni yozildi shoirning o‘ndan ortiq ilmiy-nasriy asarlari mavjud.
Navoiyning o‘ndan ortiq nasriy va ilmiy-nasriy asarlari katta
shuhrat topdi. Ular: Navoiyning memuar-biografik
xarakterdagi
asarlari – “Holoti Sayyid Hasan Ardasher”, “Holoti Pahlavon
Muhammad”,
“Xamsat
ul-mutahayyirin”;
ilmiy-filologik
xarakterdagi asarlar – “Majolis un-nafois”, “Mezon ul-avzon”,
“Mufradot”, “Muhokamat ul-lug‘atayn”; tarixiy va diniy-falsafiy
200
mavzuda bitilgan asarlar – “Tarixi muluki Ajam”, “Nasoyim ul-
muhabbat”, “Tarixi anbiyo va hukamo”, “Vaqfiya”
epistolyar
xarakterdagi “Munshaot” asarlaridir.