faoliyati xususida qimmatli ma’lumotlar, ma’rifatlar berilgan boshqa
bir qator mualliflarning kitoblarini kiritish mumkin.
Shular orqali,
biz Navoiy hayoti va faoliyatini uning hayotga, insonga, vatanga va
uning ona-tabiatga bo‘lgan, shuningdek, so‘z san’atiga, badiiy ijodga
bo‘lgan qaynoq muhabbatini, umuman, shaklu shamoilini to‘la
tasavvur etamiz.
Navoiyning bolalik va o‘smirlik yillari, Navoiy Samarqandda
Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Hirot shahrida tug‘ildi.
Uning otasi G‘iyosiddin kichkina va bir necha qarindoshlari
temuriylar saroyiga yaqin amaldorlardan edi. Alisher go‘dakligidan
temuriy shahzodalar bilan birga tarbiyalandi. 1447- yili, ya’ni
Shohruh Mirzo vafotidan keyin vaziyat
nihoyatda keskinlashib
ketadi. Natijada ko‘plab hirotliklar tinch o‘lkalarga bosh olib
ketishga majbur bo‘ladilar. Alisherlar xonadoni ham Iroqqa ko‘chib,
Taft shahrida yashay boshlaydi. U yerda yosh Alisher mashhur
tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashadi. Oradan 2-3 yil
o‘tib, Navoiy Hirotda o‘qishini davom ettiradi. Davrining mashhur
musiqa ustasi Xoja Yusuf Burxondan musiqa ilmini o‘rganadi, tarix,
adabiyot, husnixat va boshqa sohalar bilan jiddiy shug‘ullana
boshladi. 12 – 13 yoshlaridayoq o‘zi ham yaxshi she’rlar yozardi...
Navoiy taxminan 18 – 19 yoshlarida
Abdurahmon Jomiy bilan
tanishadi. Abusaid zamonida shoir "Hirotdin Samarqandga ixroj
(surgun) qildi" (Bobur. “Boburnoma"). Samarqandda shoir ilm
tahsiliga kirishdi. Samarqand madrasalariga qatnay boshlagan
Navoiy ilm-fan, san’at va madaniyat ahli bilan yaqinlashdi va bilim
saviyasi, is’tedodu qobiliyat, xulqu odobi bilan tez orada Samarqand
ahlining e’tiborini qozondi. Favoiy taxallusi bilan she’rlar bitgan
Samarqand hokimi, ma’rifatparvar
Ahmad Xojibek, Samarqand
Akobirlaridan Fazlulloh Abullays va boshqalar Navoiyga homiylik
qila boshladilar. Fayzulloh Abulays Navoiyga mudarrislik qiladi va
uni o‘ziga farzand deb hisoblaydi. Samarqand
markaziy Osiyoning
yirik madaniy shaharlaridan edi. Shoir bu yerda o‘z bilimini boyitdi,
ko‘plab iste’dodli shoir va olimlar bilan muloqotda bo‘ldi.
1469-yili Husayn Boyqaro taxtga o‘tirgach, uning taklifi bilan
Hirotga qaytdi.