Navoiy asarlari uning biografiyasini tiklashda muhim manba
sifatida
Alisher Navoiy biografiyasini tiklashda zamondoshlari xotiralari,
tarixchilar, tazkiranavislar bilan birga shoirning o‘z asarlari ham
muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Bu borada shoirning ilmiy-nasriy
asarlarining o‘rnini alohida e’tirof etish mumkin.
Jumladan, Navoiy
“Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida o‘z asarlarini
qisqa-qisqa tasnif
etadi. “Majolis un-nafois”da o‘zining adabiyot olamiga kirib kelishi,
shoirlar bilan muloqoti va ayrim she’rlarining yozilish tarixi va
boshqa masalalar xususida so‘zlaydi. “Xamsat ul-mutahayyirin”,
“Holoti Pahlavon Muhammad”, “Holoti Sayyid Hasan Ardasher”
asarlarida Navoiy o‘z yaqinlari, ular bilan birga kechgan voqealar va
albatta, o‘zi haqida so‘zlaydi. “Munshaot”dagi
maktublar yana,
Navoiy faoliyati,
u muloqot qilgan kishilar, davr hamda shoirning
shaxsiy muammolari haqida ham ma’lumot beradi.
Navoiyning
“Xamsa”si yoki devonlari debochasida ham biografik asosga ega
ma’lumotlar anchagina.