“Yumshoq” EIDlarda maxsus stilus yoki qo‘l barmoqlari
yordamida
ishlash mumkin;
“Qattiq” EIDlar esa faqatgina elektron stiluslar yordamida
ishlaydi.
Ishlab chiqarish (tayyorlanish) texnolgiyalariga ko‘ra EIDlar
quyidagi turlarga ajratiladi:
sensorli, ultratovushli, infraqizil,
elektromagnitli, mikronuqtali.
Sensorli interfaol doskalar
Sensorli interfaol doskalarda rezistiv matritsa – ya’ni
interfaol
doskaning plastik yuzasiga montaj qilingan, juda ham ingichka
simlardan to‘qilgan va qatlamlari orasida havo bo‘shlig‘i
mavjud
bo‘lgan ikki qatlamli sim to‘r ishlatiladi. Doska yuzasiga tushirilgan
bosim oqibatida birinchi qatlam to‘r simlari ikkinchi qatlam to‘r
simlari bilan to‘qnashadi. Sensorli texnologiyaga asoslangan
interfaol doskalar, kompyuter sichqonchasining
tugmasini bosish
orqali ta’sir ko‘rsatilgani kabi qo‘l barmoqlari (yoki har qanday
boshqa predmet) bilan doska yuzasiga tegish orqali ta’sir ko‘rsatish
amallariga javoban tegishli munosabat bildiradi.
Ushbu texnologiya maxsus elektron markerlardan foylanishni
talab
qilmaydi, ish jarayonida hech qanday nurlanishlardan
foydalanilmaydi
va
tashqi
to‘siqlarga
chidamli.
Mazkur
texnologiyaning kamchiliklariga quyidagilar kiradi – doska yuzasida
barmoq yoki marker bilan tez harakat qilinganda rezistiv
matritsaning reaksiyasi biroz kechikadi, shuningdek, doska yuzasiga
osonlik bilan zarar yetkazilishi mumkin.