Sensorli,
elektromagnitli,
ultratovushli
va
infraqizil
texnologiyalar asosida yaratilgan interfaol
daskalar kompyuterga va
ozuqa manbalariga elektr simlari orqali ulanadi.
Elektromagnitli
va
mikronuqtali
texnologiyalar
asosida
yaratilgan elektron interfaol doskalarda faqat maxsus stiluslar bilan
ishlash mumkin.
Sensorli, ultratovushli va infraqizil
texnologiyalar asosida
yaratilgan interfaol doskalarda esa maxsus stilus bilan bir qatorda
boshqa
predmetlar, masalan qo‘l barmoqlari bilan ham ishlash
imkoniyatlari mavjud.
Interfaol qurilmalar
Interfaol
qurilmalar
shunday
uskunaki,
ular yordamida xohlagan
doskani yoki boshqa tekis yuzani
interfaol proeksion
ekranga aylantirish
mumkin.
Buning
uchun
mazkur
qurilmani doska chetiga mustahkamlab
kompyuter va proektorni ishga tushirish zarur bo‘ladi.