Interfaol qurilmalar
shunday uskunaki, ular yordamida
hohlagan doskani yoki boshqa tekis yuzani interfaol proektsion
ekranga aylantirish mumkin.
Interfaol LCD-displeylar
o‘zida suyuq kristalli panel va
axborotlarni kiritish qurilmasini mujassam etgan bo‘lib, butun
jarayonni maksimal tezkor boshqarish uchun yaratilgan.
Interaktiv o‘quv kurslari
– o‘zaro muloqot asosiga qurilgan
vositalardan foydalanib tuzilgan kurslar.
”Jadid”
– so‘zi arabcha so‘z bo‘lib, ”yangi” degan ma’noni
bildiradi.
Jadid adabiyoti –
XX asr boshlarida o‘zbek adabiyotida paydo
bo‘lgan yangi yo‘nalish. Jadid adabiyotining bosh g‘oyasi millatni
ma’rifat orqali ozodlikka chaqirish bo‘lgan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Begimqulov U.Sh. Pedagogik ta’limda zamonaviy axborot
texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari. – T. Fan.
2007. – 159 b.
2.
Eduportal.Uz(
http://eduportal.uz)//URL
//
http://eduportal.uz/uzb/article1533.html
3.
Naim Karimov. XX asr o‘zbek adabiyoti manzaralari.
Toshkent. O‘zbekiston. 2008.532 b.
213
18- MODUL:
ISTIQLOL DAVRI ADABIYOTIGA
BAG‘ISHLANGAN VIDEOKONFERENSIYA
Elektron konferensiyalarning uch turi mavjud. Bular:
1.
Videokonferensiya
2.
Telekonferensiya
3.
Audeokonferensiya
Videokonferensiya.
Ta’lim tizimini isloh qilishdagi asosiy
vazifalardan
biri
Kadrlar
tayorlash
milliy
dasturida
ham
ta’kidlanganidek,
ta’lim
tizimini
zamonaviy
axborot
va
kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlashga katta e’tibor
qaratilgan; ta’lim tizimining barcha darajalarini to‘liq miqiyosida
kompyuterlashtirish;
ta’lim
maskanlarida
lokal
hisoblash
tarmoqlarini tashkil qilish va global tarmoqqa ulash va hokazo. 1998-
yilda ishga tushirilgan Trans-Osiyo-Yevropa optik tolali magistrali
yordamida, bizning mamlakat ham oxirgi vaqtlarda yuzaga kelgan
axborot vaakumidan chiqishga erishdi. Bu optik tolali magistral
jahon
axborot
tizimiga
bog‘lanish
imkonini
yaratdi.
Bu
Respublikamizning shu jumladan, Markaziy Osiyoning ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishidagi muhim omillardan hisoblanadi. Ta’lim
tizimini
isloh
qilishda,
rivojlangan
mamlakatlarning
yirik
univesitetlari bilan aloqani mustahkamlash kerak bo‘ladi. O‘quv
jarayonini boshqarish va tashkil etishda ularning ish tajribalarini
o‘rganish va bu yo‘nalishda ilg‘or texnologiyalardan foydalanish
zarur. Bizning respublikamizda dunyoning yetakchi universitetlari
professor-o‘qituvchilarining ma’ruzalarini eshitishni hohlovchi
iste’dodli yoshlar juda ko‘pchilikni tashkil etadi. Bunda ularga bu
imkoniyatni yaratib berish, yetakchi universitet va ilmiy markazlarga
o‘qitishga, tajriba oshirishga yuborish moliyaviy jihatdan juda katta
muammo hisoblanadi. Bunda masofadan o‘qitish tizimi muammoni
hal qilishda katta yordam beradi va moliyaviy xarajatlarni
kamaytiradi. Shunga ko‘ra, Respublikamizda masofaviy o‘qitishni
videokonferensiya ko‘rinishda va boshqa metodlar yordamida
o‘tkazishning kelajagi porloq. 1999 – 2003 yillarda Toshkent davlat
texnika universiteti va Navoiy davlat konchilik institutida Yevropa
ittifoqining TEMPUS-Tacis dasturi doirasida “O‘zbekistonda
masofaviy o‘qitish” xalqaro ta’lim loyihasi muvaffaqiyatli bajarildi.
Ushbu loyihada Yevropa ittifoqidan Gamburg-Xarburg texnika
214
universiteti (Germaniya), Tventi univesiteti (Gollandiya) va Alborg
univesitetlari (Daniya) ishtirok etishdi. O‘zbekiston va Yevropa
ittifoqi davlatlari universitetlari hamkorligidagi masofaviy o‘qitish
loyihasi quyidagi maqsad va vazifalarni bajarishni o‘z oldilariga
qo‘ygan edi:
• Yevropa ittifoqi davlatlari universitetlarining yirik olimlari va
mutaxassislari oliy ta’lim muammolari haqidagi ma’ruzalarini tashkil
qilish
• Yevropa ittifoqi universitetlari yirik olimlari va mutaxassislari
ishtirokida
ilmiy
va
texnik
muaommolar
haqidagi
videokonferetsiyalarni tashkil qilish;
• Seminar darslarini o‘tkazish;
• Yig‘ilishlar va konferensiyalar o‘tkazish;
• Yangi texnologiyalar va texnik vositalarning taqdimotini va
namoyishini o‘tkazish;
• Yevropa ittifoqi davlatlari va Respublika OO‘Yu ilmiy-tadqiqot
muammolariga bag‘ishlangan hisobotlar va montoringlar o‘tkazish;
• Innovatsion texnik muammolarni hal qilishda birgalikda
ishlash;
Bu loyiha doirasida quyidagi uchta yo‘nalish bo‘yicha yuqori
malakali kadrlarni tayorlash ham ko‘zda tutilgan:
• Telematika (axborot-kommunikatsiya texnologiyalari)
• O‘lchov texnikasi
• Kimyo texnologiyalari (gaz va neft mahsulotlarini qayta
ishlash)
Bu loyihani ishga tushirish oliy ta’limni isloh qilishga
ko‘maklashishiga yo‘naltirilgan va bu quyidagi muhim ilmiy-amaliy
vazifalarni yechishga imkoniyat yaratib berdi:
• Ochiq ta’lim kontsepsiyasini qo‘llash va ta’lim jarayoni uchun
zamonaviy texnologiyalarni sinash va ularni rivojlantirish;
• O‘quv jarayoniga innovatsiya texnologiyalarini qo‘llash;
• Yangi axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan
foydalanilgan holda masofaviy o‘qitish tizimini takomilashtirish;
Masofadan videokonferensiya tizimini qo‘llash yordamida
interaktiv o‘quv darslarini olib borish imkoniyati yaratildi, ya’ni
interfaol usulda ma’ruzalarni o‘qish, seminarlar tashkil etish,
savollarga javoblar va hokazo.
215
Interfaol forma – masofadan videokonferensiya o‘qitish tizimi,
masofadan turib Internet yoki lokal tarmoq orqali o‘qitishdan farq
qiladi, xuddi radiodan va televideniyadan ma’ruza o‘qish kabi.
Masofadan videokonferensiya tizimi – matnli axborotlar almashish,
fayllar almashish imkonini beradi. Tashqi elektron doska qo‘llashda
o‘qituvchi doskaga yozadi va bu videokonferentsaloqa ko‘magida
boshqa auditoriya tinglovchilariga ko‘rsatiladi. Elektron doskadan
masofadan o‘qitish tizimi foydalanuvchilari bir xil foydalanishlari
mumkin, ya’ni bir doskaga chizilgan rasm boshqa auditoriyadagi
doskalarda ko‘rsatiladi. Dars olib borish jarayonida videokamera
avtomat tarzda ma’ruza o‘qiyotgan proffessor, talaba yoki savol
beruvchi tomonga buriladi.
Darslarni masofaviy o‘qitishning videokonferensiya tizimidan
foydalanish alohida talablar asosida tashkil etiladi. Birinchidan,
o‘quvchilar uchun ham o‘qituvchi uchun ham alohidagi talablar
qo‘yiladi. Efir vaqtini tejash maqsadida, o‘qituvchi avvaldan
o‘tadigan mavzularini taqdimot materiallar ko‘rinishida tayyorlab
olishi talab etiladi. Masofaviy o‘qitishning videokonferensiya
tizimida o‘qituvchi o‘zini xuddi sahnadagi aktyor kabi his etishi va
tinglovchilar ham oldindan darsni o‘zlashtirish jarayoniga tayyor
turishlari talab etiladi. Tinglovchilarga ma’ruza bilan oldindan
tanishib chiqish tavsiya etiladi. Ikkinchidan, masofadan o‘qitishning
videokonferensiya tizimi o‘rnatilgan auditoriya maxsus jihozlangan
bo‘lishi kerak: qorong‘ulashgan xona, oval formadagi tinglovchilar
stoli va terminal kamera qurilmasi to‘liq xonani va elektron doskani
ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
Masofadan o‘qitishning videokonferensiya tizimidan foydalanish
ishtirokchilar uchun axborot almashishda qulaylik yaratadi va
ortiqcha xarajatlarni qisqartiradi.
|