3.
Kolonkalar va mikrofonlar.
Kolonkalar ovozni eshitish
uchun mo‘ljallanib, stereo kolonkalardan foydalaniladi. Kolonkalar
quvvati xona kengligiga qarab tanlanadi. Mikrofonlar sifatida yuqori
sifatli yakka va tarmoqqa ulangan mikrofonlardan foydalaniladi.
Tarmoqqa ulangan mikrofonlar ketma-ketligi
umumiy va alohida
boshqaruvga ega.
4.
Modemlar.
Modemlar ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish
vositasi
sifatida
foydalaniladi.
Rad,
Linksys,
UsRobotics
kompaniyalaring IDSL modemlaridan keng foydalaniladi. Modemlar
juft holatda maxsus ajratilgan tarmoq orqali aloqani ta’minlaydi.
5.
Multimediali proektorlar va monitorlar.
Bu qurilmalar
tasvirni kattalashgan holatda ko‘rish imkonini beradi.
Bir vaqtda
multimediali proektor va monitorlarga oddiy kompyuter monitorini
ulashimiz mumkin. Asosan 27 yoki 29 dyuymli monitorlardan
foydalaniladi.
Videokonferensiya tizimini texnik qurilmalar
va dasturiy vosita
bilan ta’minlovchi VCON, Polycom, RADVision, Avaya
kompaniyalari mahsulotlaridan foydalaniladi.
Videokonferensiya respublikamizda tashkil etilganmi?
Toshkent davlat
peagogika universiteti VCON, Sanon,
RADVision
kompaniyalari
tomonidan
ishlab
chiqilgan
videokonferensiya qurilmalari va UZNET provayderi aloqa
kanalidan foydalangan holda, respublikamizning bir qancha OTMlari
bilan videokonferensiya aloqasini amalga oshirmoqda. Jumladan,
Toshkent
axborot texnologiyalari, Moskva davlat universitetining
Toshkent shahridagi filiali,
Guliston Davlat universiteti, Buxoro
oziq-ovqat va yengil sanoat instituti,
Navoiy davlat konchilik
instituti, Toshkent Davlat yuridik instituti kabi OTMlarni misol
keltirishimiz mumkin.