a) videokonferensiyani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan
kompyuter (texnik) qurilmalari;
b) videokonferensiyani o‘tkazish talabiga javob beruvchi aloqa
kanallaridan
foydalangan holda, muloqotga chiquvchilar bilan
bog‘lanish.
Videokonferensiya nima uchun kerak?-
degan savolga quyidagi
sabablarni ko‘rsatish mumkin. Insonlar kundalik hayotida olayotgan
ma’lumotlarni 80-85%ni ko‘rish orqali oladi. Shuningdek, boshqaruv
ishlari, meditsina, masofaviy ta’lim
va boshqa jabhalarda
videokonferensiyani ahamiyati juda muhim. Minglab kilometr
masofadagi shaxslarni real vaqtda
muloqotini oshirish ham vaqt, ham
iqtisodiy tejamkorlikka olib keladi.
Videokonferensiyani tashkil etish uchun qanday qurilmalar
kerak?
Videokonferensiyani
amalga oshirishda ISDN, V.35, E1/T1
aloqa kanallaridan va IP tarmoqdan foydalaniladi. ISDN aloqa kanali
256 – 512 kbit/s, IP tarmoq 512 – 1024 kbit/s tezlikka ega bo‘lishi
tavsiya etiladi. 200 – 300 kbit/s tezlikda tasvir tiniqligi va almashish
o‘rtacha holatda bo‘ladi. Tasvir va ovozni almashish uchun maxsus
videokodeklardan
foydalaniladi.
Bu
qurilmalardan
tashqari
videokonferensiyani tashkil etishda quyidagi qurilmalar lozim
bo‘ladi:
1.
Ko‘ptugunli videoserverlar
(
MCU
,
Multipoint Control
Unit). Videoserverlar bir vaqtni o‘zida bir necha tugunlarni o‘zaro
bir-biri bilan bog‘lab, tasvir va ovozlarni tez uzatishda qo‘llaniladi.
Videoserverlar asosan ikki holatda ishlaydi: a) ovoz aktivligi
bo‘yicha - bunda barcha ishtirokchilar bir vaqtda faqat gapirayotgan
tomon bilan muloqotda bo‘la oladi; b) ekran mayda bo‘laklarga
bo‘lingan holda barcha ishtirokchilar
bir-birlari bilan muloqotda
bo‘ladi.
2.